|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 127/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)NAZORAT SAVOLLARI
Moliyaviy natijalarni audit qilishda foydalaniladigan asosiy me’yoriy hujjatlarni keltiring?
Xarajatlarni audit qilish qanday tashkil etiladi?
Ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulotlar (ish, xizmatlar) tannarxiga kirtiladigan xarajatlarni to’g’ri aniqlashni qanday tekshiriladi?
Operatsion daromadlar va xarajatlarni shakllantirishni to’g’ri tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Realitsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni tartibini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Korxonalar faoliyati moliyaviy natijalarni shakllantirish va foydaning ishlatilishi qanday tekshiriladi?
Xarajatlar, Tushumilar va realizatsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni audit qilishda qaysi hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo’lib hisoblanadi?
Xarajatlar schyotining analitik amalga oshiriladi?
9000, 9600 "Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlar" va "Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar" schyotlarining analitik hisobini tekshirish tartibini qanday amalga oshiriladi?
_________________________________
AMALIY MASHG’ULOTLAR MATERIALLARI
_________________________________
1-MAVZU: «AUDITGA UMUMIZ TAVSIF
Quyidagi atamalarga izoh bering: Audit, tadbirkorlik faoliyati, mustaqil nazorat, buxgalteriya hisoboti, xo’jalik yurituvchi sub’ekt, moliyaviy majburiyat va moliyaviy talablar, auditorlik xizmati, buxgalteriya hisobotini tuzish bo’yicha tamoyillar, taftish, ixtiyoriy va majburiy audit, tashqi audit, ichki audit, auditorlik xizmatlari bozori.
NAZORAT SAVOLLARI
Audit deganda nimani tushunasiz?
Audit dastlab qachon va qaerda paydo bo’lgan? O’zbekistonda qachondan boshlab faoliyat yuritilmoqda, bunga sabab nima bo’lgan?
Auditning ahamiyati nimada?
Auditning oldiga qanday maqsad va vazifalar qo’yilgan?
Audit nechta shakl va turga bo’linadi?
Auditning taftishdan farqi nimada?
Auditning iqtisodiy tahlil fanidan qanday farqli va unga o’xshash tomonlari mavjud?
Agar davlat soliq inspektsiyasi mavjud bo’lsa, audit kerakmi.
Ichki audit bo’limini ishini samarali deb hisoblash mumkinmi, agar u bo’lim bosh buxgalterga bo’ysinsa?
Agar audit nazoratni samarali shakli bo’lsa, barcha korxonalarda uni o’tkazish majburiyatini olishi lozimmi?
Nima sababdan auditorlik tashkiloti ochiq aktsionerlik jamiyati sifatida tashkil etilishi mumkin emas?
Agar auditorlik faoliyati bekor qilinsa mamlakatda nima sodir bo’ladi?
Ichki audit xizmati samarali ishlayotgan bo’lsa, ochiq aktsionerlik jamiyatlarida auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish lozimmi?
Qaysi nuqtai nazar aktsioner uchun to’g’riroq: nazorat shaklini ixtiyoriy tanlash xuquqiga egaligi, yoki bu xuquqdan maxrumligimi.
Audit nazariyasi auditorlik tekshiruvi o’tkazishga tayyorlanishda qanday ta’sir ko’rsatadi?
1-masala. «A» xususiy firmasi 2010 yildan boshlab aktsiyadorlik jamiyati bo’lib qayta ro’yxatdan o’tdi. 2010 yilda jamiyatning bajarilgan ishlari xajmi 25000000 so’mni yillik ish xaki fondi 2,5 mln so’mni va jami byudjetga to’lovlari 3 mln 200 ming so’mni tashkil etdi.
|
| |