|
Topshiriq: Bank ushbu tekshiruv dalolatnomasini auditorlik xulosasi sifatida qabul qilishga haqlimi?
3-masala
|
bet | 130/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Topshiriq: Bank ushbu tekshiruv dalolatnomasini auditorlik xulosasi sifatida qabul qilishga haqlimi?
3-masala. Auditorlik firmasida mijoz korxonaning quyidagi buxgalterlik, iqtisodiy va huquqiy xujjatlari mavjud:
Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, pul mablag’larining xarakati va xususiy kapital to’g’risidagi hisobotlar, balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va xo’jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali, xujjat aylanish grafigi, o’tgan yilgi auditorlik tekshiruvi xulosasi.
Aniqlang: 1.Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi xujjatlarni to’plash kerak va tekshirish o’tkazishning qaysi usullaridan foydalanishni rejalashtiradi.
4-masala. Auditor buyurtmachilaridan birining hali e’lon qilinmagan balansini auditorlik firmaning boshlig’i boshqa xodimlari bilan muhokama qilmoqda.
Aniqlang: Bu holatda sir saqlash majburiyati buzilganmi? Holatlarni tahlil qiling.
5-masala. Yillik hisobotni tekshirish jarayonida auditor buyurtmachi tomonidan raqobatbardosh korxona sotib olinayotganligini aniqladi. Agar bu ma’lumotlar ma’lum bo’lsa, raqobatbardosh korxona aktsiyalari kursi oshadi. Auditor vositachi tomonidan korxona aktsiyalarini sotib olishga qarshi emas va shu tarzda u ko’proq foyda olish imkoniyatini qidirmoqda.
Aniqlang: Bunday holatda u o’zining professionallik majburiyatini buzmayaptimi? Holatlarni tahlil qiling.
6-masala. Audit o’tkazish jarayonida bosh auditor oddiy auditorga audit o’tkazilayotgan korxonaning soliqlar bo’yicha hisob-kitoblarini O’zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga asosan tekshirib chiqish yuzasidan topshiriq berdi. Tekshirish tugagach, oddiy auditor soliqlar bo’yicha hisob-kitoblarda hech qanday xato aniqlanmaganligini ma’lum qildi. Audit jarayonida bir haftadan so’ng hisobot tayyorlandi. Ikki oy o’tgandan so’ng soliq inspektsiyasi tomonidan tekshirish o’tkazilib, soliq hisob-kitoblari bo’yicha bir qator kamchiliklarni aniqladi. Shunga ko’ra, korxona, hisoblangan soliqlarni va jarimalarni to’lashi zarur bo’ldi. Mijoz qonuniy asosda auditorlik tashkilotiga nima sababdan bu xato-kamchiliklar tekshirish paytida aniqlanmaganligi haqida murojaat qildi.
|
| |