|
Topshiriq: Bunday holatda auditorlar qanday harakat qilishlari lozim?
9-masala
|
bet | 133/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Topshiriq: Bunday holatda auditorlar qanday harakat qilishlari lozim?
9-masala. Tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik firmasi bilan tuzilgan shartnomada ko’rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi va auditorlik firmasi o’rtasida o’zaro nizo kelib chiqdi. Shu sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik firmasi bilan amaldagi shartnomani buzib, sizning auditorlik firmangiz bilan shartnoma tuzmoqchi.
Topshiriq: Bu holatda sizning auditorlik firmangiz qanday yo’l tutishi lozim?
4-MAVZU: AUDITDA MUHIMLIK TUSHUNCHASI VA AUDITORLIK TAVAKKALCHILIGI
Quyidagi atamalarga izoh bering: Moliyaviy hisobotning asosiy elementlari, muhimlik tushunchasi va uni aniqlash, uni darajalari, tekshiruvda muhimlik darajasidan foydalanish, auditorlik tavakkalchiligi, unga ta’sir etuvchi omillar, risklarning maqbul to’plami va uning elementlari.
NAZORAT SAVOLLARI:
Auditorlik tavakkalchiligi ning korxona faoliyatiga ta’siri qanday
Auditda muhimlik deganda nimani tushunasiz
Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishda nimaga audit riski va muhimlik darajalari miqdori ko’rsatilishi talab etiladi
Korxonaning faoliyatini tavsiflash va ichki nazorat tizimiga baho berishda qaysi audit riskidan foydalaniladi
Auditorda tavakkalchiligi va muhimlik darajasini aniqlashga misol keltiring
Auditda muximlik va risklilik darajalari qanday bog’langan?
Buxgalteriya hisobot moddalarida nima sababdan risklar vujudga keladi?
Jiddiylik darajasini auditda qo’llash tartibi qanday amalga oshiriladi?
Auditorlik riski tushunchasi qanday ta’riflanadi?
Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga oshiriladi?
Jiddiylik darajasi, uni aniqlashda qanday asosiy ko’rsatkichlar tizimiga baho beriladi?
1-masala. Auditorlik firmasi mijozining 3ta katta magazinlari mavjud. Uning har birida bir nechta bo’limlari bo’lib, ular kamida 5 yilda bir marta xujjatli tekshirishdan o’tishi kerak. Auditor oldiga risk yuqori bo’lgan bo’limlarni mukammal tekshirish vazifasi qo’yilgan. Magazinlarning har birida ichki nazorat bo’limi mavjud. O’tgan yili magazinlarda auditorlik tekshiruvi o’tkazilgan.
|
| |