|
Topshiriq: Auditorning tutadigan yo’lini aniqlang?
3-masala
|
bet | 132/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Topshiriq: Auditorning tutadigan yo’lini aniqlang?
3-masala. Siz «XXX» firmasini tekshirayotgan auditorsiz. Sizning auditorlik firmangizga ofis uchun ijaraga bino kerak. «XXX» firmasi Sizga o’zining mulki hisoblangan binoni ijaraga olishni taklif qildi.
Topshiriq: Bu taklif qabul qilinsa auditorlik firmasining mustaqqilligi yo’qoladimi? Holatlarni tahlil qiling.
4-masala. "XXX" auditorlik tashkiloti 3 yil oldin tashkil etilgan. U hozirgi kunga qadar kattalashib ketgan va o’z filliallariga ega. Firma auditorlik xizmati ko’rsatadi va qo’shimcha ravishda Soliq Qonunchiligi masalalari bo’yicha maslahatlar beradi.
Topshiriq: Bu maslahatlar auditorlik xizmatiga kanday ta’sir kqrsatadi.
5-masala. "XXX" auditorlik firmasining auditori Axmedov A.I. o’zining malakaviy xizmati to’g’risida matbuotda va radioda reklama qilib, mahoratlilik darajasi va boshqa auditorlarga nisbatan yuqori malakali ekanligini e’lon qildi. Shuning bilan birgalikda xizmati uchun to’lanadigan summani ham oshkor qildi.
Aniqlang: Auditor Axmedov A.I.ga kasbiy etik me’yorlariga rioya qilgan holda qanday bo’lishi haqida maslahat bergan bo’lar edingiz?
6-masala. «XXX» auditorlik firmasining 3 kishidan iborat auditorlari «YYY» sug’urta kompaniyasini auditdan o’tkazmoqda. Auditorlardan biri korxona bosh direktori muoviniga yaqin qarindoshchiligi borligi aniqlandi.
Topshiriq: Bunday holda auditning etik me’yorlariga zid bo’ladimi?
7-masala. «XXX» korxonasida audit o’tkazildi. Auditorlar tomonidan kamchiliklar aniqlanmadi. Korxona rahbarlari tomonidan auditorlarga qimmatbaho sovg’alar berildi.
Topshiriq: Auditorlar bunga qanday qarashlari lozim?
8-masala. «XXX» xususiy korxonasida audit qilish natijasida soliqlardan kam to’langanligi ma’lum bo’ldi. Uni yashirish maqsadida korxona direktori har bir auditorga dam olish uchun yo’llanmalar taklif qildi va ulardan ijobiy auditorlik xulosa berishlarini iltimos qildi.
|
| |