Buxgalteriya hisobi va audit




Download 3,45 Mb.
bet140/303
Sana14.12.2023
Hajmi3,45 Mb.
#118994
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   303
Bog'liq
Аудит УМК 2023-2024 (3)

Talab qilinadi: Yuqorida bajarilgan auditorlik amallarining qaysi biri korxonaning transport vositalariga egalik qilish huquqini isbotlab beradi?


6-masala. Quyida keltirilgan dalillarni manbasi (to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot, tashqi yoki boshqa shu kabilar)ga ko’ra turkumlang va ularni muhimliligi va ishonchliligiga ko’ra tartib bilan qo’yib chiqing:
A) Kreditorlarning oylik hisobotida ko’rsatilgan summalar;
B) Tasdiqlangan xujjatlarni ro’yxatga olish jurnalining «Schyotlar bo’yicha to’lovlar» bo’limida ko’rsatilgan summalar;
V) Auditorga to’g’ridan-to’g’ri yo’llangan kreditorlar xatidagi ko’rsatilgan summalar;
G) Direktorlar Kengashi majlisidan ko’chirmada ko’rsatilgan summalar.


7-masala. Auditorlik dalillar bo’yicha ishchi standart talabiga ko’ra, auditor muhimlilikka ko’ra test o’tkazishning quyidagi keltirilganlarning biridan foydalanishi mumkin a) Xo’jalik operatsiyalari bo’yicha testlar o’tkazish; b) qoldiqlar bo’yicha testlar o’tkazish; v) analitik protseduralar.
Quyida esa alohida auditorlik protseduralari sanab o’tilgan va siz ularni yuqorida aytib o’tilgan muhimlilikka ko’ra test o’tkazishning qaysi turiga kirishini jadval asosida keltirib o’ting:
1. Haqiqiy natijalar bilan rejadagi ko’rsatkichlarni solishtirish.
2. Cheklar reestrida qayd etilgan «To’langan» cheklar bo’yicha provodkalarni topshirish.
3. To’lashga doir hisoblangan foizlarni qayta hisob-kitobini o’tkazish.
4. Zahiralar aylanuvchanlik koeffitsentini hisoblash va tarmoq bo’yicha taqqoslash.
5. Yil oxiriga bank schyotlarini tekshirish.
6. Realizatsiya jurnali provodkalari bilan schyot-fakturalar hisobini solishtirib tekshirish.
7. Yil oxiriga mavjud korxona kantselyariya zahiralarini inventarizatsiyadan o’tkazish.


8-masala. Auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilayotgan tekshiruv vaqtida ushbu korxonada chet eldan asbob-uskunalar olinganligi ma’lum bo’ldi. Auditor chet el asbob uskunalarini qabul qilish, ularning bahosini to’g’ri aniqlash bo’yicha ma’lum qiyinchiliklarga uchradi. Shu sababli, bojxona xodimini xujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini, boj va soliqlarning to’g’ri to’langanligini aniqlab berish uchun ekpert sifatida taklif qildi.

Download 3,45 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   303




Download 3,45 Mb.