Buxgalteriya hisobi va audit




Download 3,45 Mb.
bet148/303
Sana14.12.2023
Hajmi3,45 Mb.
#118994
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   303
Bog'liq
Аудит УМК 2023-2024 (3)

Misol 5
Buxgalteriya hisobini tiklab berish yuzasidan xizmat ko’rsatayotgan vaqtida auditor quyidagi holatni aniqladi:
Korxonada ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan asosiy vosita sotib olingan bo’lib, uning qiymati QQS bilan birgalikda 13 million so’mni tashkil etadi.
Asosiy vositani montaj qilish uchun montaj tashkilotiga QQS bilan birga 1300 ming so’m to’lagan. asosiy vosita uchun amortizatsiya me’yori 15%. Auditordan asosiy vositani kirimga olish, uch oylik amortizatsiya hisoblash va 3 koeffitsent asosida asosiy vositaning qiymatini oshirish (qayta baholash) talab qilinadi.
Talab qilingan ushbu muomalalarni amalga oshiring buxgalteriya schetlarida aks ettiring. Asosiy vositalarni qabul qilishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoliklarni aniqlang.


Misol 6
Korxona tomonidan joriy yilda binoning rekonstruktsiyasi uchun 2 yil muddatga xorijiy valyutada kredit olingan. Loyiha bo’yicha o’tgan yilning dekabr oyida ishlar tugatilgan va ob’ekt ishga tushirilgan. Hisobot yilida mazkur shartnoma bo’yicha bank xizmati uchun va uning foizi uchun to’lovlarni amalga oshirgan. Lekin o’tgan yillarda olingan kreditor qarzlar o’z vaqtida to’lab berilmagan. Buxgalteriya hisobida valyuta bo’yicha kreditlar quyidagicha aks ettirilgan:
Dt 2010 146000 so’m
Kt 5210 146000 so’m
(Shu jumladan, 134000 so’m-kredit uchun foiz, 34000 so’m – bank xizmati uchun)

Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’liq va to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo’yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.




Misol 7
Korxonadan muddatidan avval eskirish oqibatida ikkita boshlang’ich qiymati 145000 so’mdan bo’lgan muzlatkich hisobdan chiqarilgan. muzlatkichlardan birining amortizatsiya ajratmalari 115000 so’mni, ikkinchisiniki esa 110000 so’mni tashkil qilgan. Tugatish dalolatnomasida amortizatsiya to’liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yoqilg’i deb ko’rsatilgan. Muzlatkichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj uchun 5650 so’m ish haqi hisoblangan, 6000 so’m metallom hamda 11000 so’mlik ehtiyot qismlar korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatkichlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan moliyaviy natijani 45000 so’m deb baholab, uni 9590 schetga hisobdan chiqarilgan.
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.


Misol 8
Ta’sis hujjatlariga ko’ra ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitali – 15000 ming so’m. Jamiyat ta’sischi jismoniy shaxs bo’lib, u ulush sifatida texnologik uskunani kiritdi. Uskunani etkazib berish bo’yicha xarajatlar QQS bilan birga 245000 so’mni tashkil etdi.
Uskuna – ulushning boshlang’ich qiymati 1625 ming so’m, uning korxona tomonidan kirim qilinishi quyidagi buxgalteriya o’tkazmalarida aks ettirilgan:
1) Dt 4610 1500 2) Dt 0820 1625
Kt 8330 1500 Kt 4610 1625

3) Dt 0820 245000 4) Dt 0120 1500


Kt 2310 245000 Kt 0820 1500

Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlang.




Misol 9
Korxona uskuna sotib oldi. Oldi-sotdi shartnomasida uskunaning narxi AQSh dollarida ko’rsatilgan - 15000 $/. Shartnomaga ko’ra to’lov (100%) Markaziy bankning to’lov sanasidagi kurs bo’yicha so’mda amalga oshiriladi. To’lov 5-sentyabrda amalga oshirildi, uskuna esa 18-sentyabrda olindi. AQSh dollarning so’mga nisbatan kursi quyidagicha bo’lgan:
5-sentyabrda – 1 AQSh dollari 1422.6 so’m
18 sentyabrda – 1 AQSh dollari 1426.24 so’m
Uskunaning boshlang’ich qiymati – 2139360 so’mni tashkil qiladi.

Talab qilinadi: Ushbu muomalalarnii buxgalteriya hisobida aks ettiring.



Download 3,45 Mb.
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   303




Download 3,45 Mb.