|
Savol: Ushbu asosiy vostialarni baholang va buxgalteriya provodkalarini bering.
Yechilishi
|
bet | 151/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Savol: Ushbu asosiy vostialarni baholang va buxgalteriya provodkalarini bering.
Yechilishi:
1). 24 667+ (28 333*11) = 24 667 + 311 663 = 336 330 (kompyuter texnikasining yillik haqiqiy eskirishi summasi)
Kompyuter eskirishini qayta baholash: 336 330*1,01 = 339 693,3
Kompyuter boshlang’ich qiymatini qayta baholash: 1 700 000*1,01 = 1 717 000
01.01.2015 yilga kompyuterning qoldiq qiymati: 1 717 000 – 339 693,3 = 1 377 306,7 yoki
1 700 000 – 336 330 = 1 363 670*1,01 = 1 377 306,7
2). 102 000 000*0,15 = 15 300 000/12 = 1 275 000 * 11= 14 025 000 (yuk mashinasining yillik haqiqiy eskirishi summasi)
a) Yuk mashinasi eskirishini qayta baholash: 14 025 000*1,1 =
= 15 427 500
b) Yuk mashinasi boshlang’ich qiymatini qayta baholash: 102 000 000*1,1= 112 200 000
c) 01.01.2015 yilga yuk mashinasining qoldiq qiymati:
112 200 000 - 15 427 500 = 96 772 500 yoki
102 000 000- 14 025 000 = 87 975 000*1,1 = 96 772 500
10-MAVZU: NOMODDIY AKTIVLAR AUDITI
Quyidagi atamalarga izoh bering: nomoddiy aktivlar, ularni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish dasturi, auditning ma’lumot manbalari, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning to’g’riligini tekshirish, nomoddiy aktivlar sintetik hisobi va soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish, nomoddiy aktivlar auditi natijalarini baholash
NAZORAT SAVOLLARI
Nomoddiy aktivlar hisobi qaysi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinib turiladi?
Nomoddiy aktivlar baholanishining to’g’riligi qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlar realligini tekshirishda qanday auditorlik protseduralar qqllaniladi?
Nomoddiy aktivlarni hujjatlarda rasmiylashtirishni va kirimga olinishini to’g’riligini qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlarni analitik hisobini tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlarni audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishni manbalari bo’lib xizmat qiladi?
|
| |