• Talab qilinadi
  • Buxgalteriya hisobi va audit




    Download 3,45 Mb.
    bet147/303
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,45 Mb.
    #118994
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   303
    Bog'liq
    Аудит УМК 2023-2024 (3)

    Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo’yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.
    5-masala. Korxona tomonidan joriy yilda binoning rekonstruktsiyasi uchun 3 yil muddatga xorijiy valyutada kredit olingan. Loyiha bo’yicha o’tgan yilning dekabr oyida ishlar tugatilgan va ob’ekt ishga tushirilgan. Hisobot yilida mazkur shartnoma bo’yicha bank xizmati uchun va uning foizi uchun to’lovlarni amalga oshirgan. Lekin o’tgan yillarda olingan kreditor qarzlar o’z vaqtida to’lab berilmagan. Buxgalteriya hisobida valyuta bo’yicha kreditlar quyidagicha aks ettirilgan:
    D-t 2010 schyot - 132000 so’m.
    k-t 5210 schyot - 132000 so’m.
    (Shu jumladan 120000 so’m - kredit uchun foiz 12000 so’m - bank xizmati).
    Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’liq va to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo’yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.


    6-masala. Korxonada asosiy vositalarni tanlov asosida inventarizatsiya qilishda dastlabki narxi 800000 so’m, amortizatsiyasi 300000 so’mlik ob’ekt etishmasligi aniqlandi.
    Hisobot yilining dekabr oyida bu ob’ekt shartnomaga ko’ra uning narxi 156000 so’m inventarizatsiya o’tkazish paytida auditorga shartnoma va qabul topshirish akti taqdim etilgan. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona asosiy vositalaridan bir qismini sotib yuborganligi va bu muomalalar buxgalter tomonidan o’z vaqtida hisobga olinmaganligi aniqlandi. Shuningdek, ushbu xo’jalik muomalalari hisobot yilining 31 dekabrigacha bo’lgan holati bo’yicha buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilmaganligi tekshiruv jarayonida ma’lum bo’ldi.
    Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’liq va to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo’yicha auditorlik dalolatnomasini rasmiylashtiring.


    Misol 1.

    “AVS” korxonasi ma’lum bir turdagi asosiy vositani sotib oldi. asosiy vositani otib olish bahosi 100000 so’m. (QQS bilan birga) Asosiy vositani sotib olish bilan birga quyidagicha xarajatlar qilingan, ya’ni



    • Asosiy vositani olib kelish xarajatlari - 10000 so’m

    • O’rnatish xarajatlari – 2000 so’m

    • Byudjetdan tashqari fondlarga ajratma – 100 so’m

    Shunda buxgalter quyidagicha o’tkazmalar bajargan:


    1) Dt 0820 100000 2) Dt 4410 20000
    Kt 6010 100000 Kt 6010 20000
    3) Dt 0820 10000 4) Dt 0820 2000
    Kt 6010 10000 Kt 6710 2000
    5) Dt 0100 112000
    Kt 0820 112000

    Korxona buxgalteri yo’l qo’ygan xatoni va bu yo’l qo’yilgan xato qanday oqibatlarga olib kelishini aniqlang.




    Misol 2

    Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor 3640 ming so’mlik asosiy vosita sotilganligini aniqladi. Bu muomalalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks etgan:


    Asosiy vositaning balans qiymatiga:
    Dt 9210 Kt 0130 3640 ming so’m
    Asosiy vositaning eskirish summasiga:
    Dt 0260 Kt 9210 1500 ming so’m
    asosiy vosita uchun pul kelib tushgan:
    Dt 5110 Kt9210 3640 ming so’m
    Asosiy vositani sotishdan moliyaviy natija aniqlangan:
    Dt 9430 Kt9210 3560

    Yo’l qo’yilgan xatoni aniqlab, to’g’ri buxgalteriya provodkalarini bering. Auditorlik hisobotining asosiy vositalar bo’limi uchun ma’lumot tayyorlang.




    Misol 3
    Korxonada asosiy vositalarni tanlov asosida inventarizatsiya qilishda dastlabki narxi 750000 so’m, amortizatsiya 250000 so’mlik ob’ekt etishmasligi aniqlandi.
    Hisobot yilining dekabr oyida bu ob’ekt shartnomaga ko’ra uning narxi 166000 so’m amortizatsiya o’tkazish paytida auditorga shartnoma va qabul topshirish akti taqdim etilgan. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona asosiy vositalaridan bir qismini sotib yuborganligi va bu muomalalar buxgalter tomonidan o’z vaqtida hisobga olingmaganligi aniqlandi. Shuningdek, ushbu xo’jalik muomalalari hisobot yilining 31 dekabrigacha bo’lgan holati bo’yicha buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilmaganligi tekshiruv jarayonida ma’lum bo’ldi.
    Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’liq va to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo’yicha auditorlik dalolatnomasini rasmiylashtiring.
    Misol 4
    “DShS” korxonasi mebel ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Korxona 2005-yilda tashkil topgan. 2005-yilda mebellarni obshivka qilishga moslashgan uskuna sotib olgan va hisob siyosatiga muvofiq tezlashgan amortizatsiya usulidan foydalanadi.
    Uskunani 2005-yildagi sotib olish bahosi 1000000 so’m bo’lgan. foydali xizmat muddati 5 yil. tugatish qiymati 100000 so’m.
    1 yil 1000000-40 %
    2 yil 600000-40 %
    3 yil 360000-40%
    4 yil 216000-40%
    5 yil qoldiq-29600
    Shu yilda amortizatsiya hisoblanishi kerak edi. Lekin xarajatlarni kamaytirish maqsadida buxgalter yillar yig’indisi usulini tanlagan.
    Talab qilinadi: Yo’l qo’yilgan xatolik va shu xatoliklarning korxonaga ta’sirini aniqlang?

    Download 3,45 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   303




    Download 3,45 Mb.