Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, audit hisobotini tuzing.
3-masala. Tashkilot tovar belgisi ishlab chiqadi. Reklama agentligiga tovar belgisi ishlab chiqish yuzasidan firma xarajatlari 100000 so’m shu jumladan QQS-20000 so’m. Tovar belgisini ro’yxatga olish xarajatlari 18000 so’m. Hisob registrlarida quyidagiga buxgalteriya yozuvlari qilingan.
D-t 6010 K-t 5110 120000
D-t 0830 K-t 6010 100000
D-t 6410 K-t 6010 20000
D-t 6990 K-t 5110 18000
D-t 9429 K-t 6990 18000
D-t 0410 K-t 0830 100000
D-t 6010 K-t 5110 20000
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, audit hisobotini tuzing.
4-masala. Korxona tovar belgisidan foydalanish huquqini 5-yilga 100000 so’mga QQS summasi 20000 so’mga sotib oldi. Buxgalteriya hisobida berilgan Xo’jalik muomalalari quyidagicha aks etdi:
D-t 6010 K-t 5110 120000
D-t 0420 K-t 6010 120000
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, audit hisobotini tuzing.
3-masala “Coca-cola”firmasida 2006 yili 1 dekabrda 10 000$ qiymatli shartnoma imzolandi “Pepsi” firmasi yaxna ichimliklar savdosi bilan Pepsi firmasi 10 dekabrda 10000$ summani “Coca-cola” firmasiga to’lab bergan.Ammo Coca-cola ichimliklari 2010 yilda etkazib berilishi kelishilgan Coca-cola firmasi bosh buxgalteri 10000$ summasini 9010 schyotiga kirim qilgan 2006 yilda firmaning soliqqa tortilguncha foydasi 300 000$ .Soliq stavkasi 20% tashkil etadi.
TOPShIRIQ. Siz auditor sifatida bajarilgan buxgalteriya hisob-kitoblarini tekshiring va auditorlik dalolatnomasini tuzing
Masala №1
Korxona o’z kuchi bilan nomoddiy aktiv ishlab chiqgan. Ishlab chiqarish natijalari: xodimlarga ish xaqi hisoblandi-100000, Nomoddiy aktivni ishlab chiqarishda foydalanilgan kompyuterlarga hisoblangan amortizatsiya – 250000, sarflangan materiallar-250000 so’m. Nomoddiy aktivni buxgalteriyaga qabul qilish bo’yicha quyidagi provodkalar berilgan.
Dt 0890-500000 Dt 0430-500000
Kt 1010-250000
Kt 0230-250000
Nomoddiy aktivga qilingan haqiqiy xarajatlarni aniqlang.
Masala №2
Korxona “Grant” ma’lumotlar bazasi Mutloq huquqi egasi. Huquqning bosh qiymati -200000, amortizatsiya summasi-100000. Tayyorlovchi firmaning narxlar to’g’risidagi ma’lumotiga ko’ra xuddi shunday nomoddiy aktivlar qiymati-300000 so’mga teng. Ya’ni 1,5 koeffitsentga oshgan.
300000/200000=1,5 2) 200000*1,5=300000
300000/10000=3 10000*3=30000
Dt 8510-20000 Dt0410-100000
Kt 0510-20000 Kt8510-100000
Qayta baxolashning to’g’ri hisoblanganligini tekshiring.
Masala №3
“Dilnoza” korxonasi o’z Nomoddiy aktivni boshqa tashkilotga sotdi. Nomoddiy aktivning boshlang’ich qiymati-700000, amortizatsiya 350000, shartnoma qiymati (QQS bilan) 950000. nomoddiy aktivdan voz kechish shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish uchun boj 100000 so’m.
QQS ni hisoblash:
[950000-(700000-350000)]*20%/120=100000
Moliyaviy natija:
950000-100000-350000-100000=400000
buxgalter tomonidan quyidagi pravodkalar berilgan.
1) Dt 4010-950000 2) Dt 9220-100000
Kt 9220 - 950000 Kt 6990-100000
3) Dt 6990-100000 4) Dt 9220-100000
Kt 5110 - 100000 Kt 9320-400000
5) Dt 5110-950000
Kt 4010- 950000
|