• Talab qilinadi
  • Buxgalteriya hisobi va audit




    Download 3,45 Mb.
    bet156/303
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,45 Mb.
    #118994
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   303
    Bog'liq
    Аудит УМК 2023-2024 (3)

    Auditning maqsadi. Moliyaviy qo’yilmalar to’g’risidagi buxgalteriya hisobotini haqqoniyligini va uning samaradorligini tasdiqlash.


    Auditning asosiy vazifalari:

    1. Uzoq muddatli va qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar, aktivlar to’g’risida ma’lumotlarni olish.

    2. Moliyaviy qo’yilmalarni yuridik jihatdan haqqoniyligini aniqlash.

    3. Qimmatbaho qog’ozlar muomalalarini buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishini va qonuniyligini tekshirish.

    4. Qimmatbaho qog’ozlar muomalalari bo’yicha hisob-kitoblarni soliq qonunchiligiga amal qilinishini tekshirish.

    5. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan dividendlarning to’lash bo’yicha muomalalarini tekshirish.

    1-masala. O’tgan yili «XXX» kompaniyasi 50000 so’mlik vekselni 2500 so’m diskont bilan sotib oldi. Vekselni amal qilish muddati 1,5 yil. Buxgalteriya hisobida veksel sotib olish qiymatida kirim qilingan, so’ngra vekseldan suv ta’minoti bo’yicha to’lovni amalga oshirish uchun foydalanildi.
    Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshiring va holatga baho bering.


    2-masala. Iyun oyida №138 guvoxnomaga asosan tashkilotning boshqa tashkilotga qarashli bo’lgan aktsiyalari tovar-fond birjasida sotildi.
    Guvohnomada ko’rsatilishicha:
    Aktsiyani sotish qiymati - 8000
    Auktsionda xizmatlar uchun to’lov - 1600
    Buxgalteriya hisobi ma’lumoti bo’yicha aktsiya qiymati - 1800
    Tashkilot buxgalteriya hisobida quyidagicha buxgalteriya yozuvlari qilingan:
    D-t 5010 K-t 0610 - 6400
    D-t 0610 K-t 9320 - 4600
    Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshiring va holatga baho bering.


    3-masala. Korxona qimmatli qog’ozlar sotib olish maqsadida uch oyga yillik stavkasi 55% 300000 so’m kredit oldi. Remoliyalashtirish stavkasi 60%.
    To’lanishi shart bo’lgan kreditdan foydalanish foiz summasi quyidagicha hisoblangan.
    300000 55% / 12x3=41250
    Qimmatli qog’ozlar 300000 so’mga sotib olingan buxgalteriyada quyidagicha provodkalar berilgan.
    D-t 5110 K-t 6810 300000 Olingan kredit summasiga
    D-t 0610 K-t 5110 300000 Kirimga olingan aktsiyalarga to’langan summa
    D-t 9439 K-t 6810 41250 Kredit foizi hisoblangan
    D-t 6810 K-t 5110 41250 Kredit foizi to’lab berilgan

    Download 3,45 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   303




    Download 3,45 Mb.