|
Quyidagi atamalarga izoh bering
|
bet | 167/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Quyidagi atamalarga izoh bering: Kassa kirim va chiqim orderlari, kassa kitobi, kassir hisoboti, to’lov talabnomasi va topshiriqnomasi, bank ko’chirmasi, inkasso talabnomasi, kartoteka, akkreditivlar, chek daftarchalari, chet el valyutasi, valyuta kurslaridan farqlar.
NAZORAT SAVOLLARI
O’zbekiston respublikasida kassa muomalalarini yuritish tartibi qaysi me’yoriy hujjatlarga muvofiq tartibga solinib turiladi?
Kassa muomalalarini tekshirishning vazifalari va ketma-ketligi nimalardan iborat?
Kassa muomalalarini tekshirishning qanday usullari qo’llaniladi?
Kassa qoidalariga rioya qilinishini tekshirishga nimalar kiradi?
Kassadagi naqd pullar va qimmatli qog’ozlarni to’g’ri saqlanishini qanday tekshiriladi?
Bank muomalalarini tekshirishning vazifalari va ketma-ketligi nimalardan iborat?
Bankdagi schetlar bo’yicha muomalalarni ishonchliligini va maqsadga muvofiqligini tekshirishda qanday auditorlik protseduralaridan foydalaniladi?
Kassa va Bank muomalalarini audit qilish uchun qaysi hujjatlar va buxgalteriya schetlari tekshirish manbalari bo’lib hisoblanadi?
Yuridik va jismoniy shaxslarga naqd pulga mahsulotlar realizatsiya qilishni tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Hisobdor shaxslarga berilgan naqd pullarni tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Kassa muomalalarini rasmiylashtirish tartibini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Kassadan beriladigan naqd pullarni nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?
Kassa davtarini yuritishtartibi va naqd pullarni saqlashni to’g’riligini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?
Xorijiy valyutadagi pullarni qabul qilish va tarqatishni nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?
O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni qaysi me’yoriy hujjatlarga muvofiq tartibga solinib turiladi?
1-masala. 10 fevralda savdo tashkiloti bosh kassasi inventarizatsiya qilindi. Bosh kassir auditorlar komissiyasiga naqd 125000 so’m borligini e’lon qildi. Kassa hisoboti ma’lumoti bo’yicha shu kun boshiga naqd pul qoldig’i 25600 so’m bo’lgan. 10 fevral kuni №151 kassa kirim orderi bo’yicha 1-kassaga 30000 so’m pul tushgan va shu summa kirim qilingan. Shuningdek 2-kassaga tushgan 27000 so’m № 152 kassa kirim orderi bo’yicha kirim qilingan. 10 fevraldagi №137 kassa chiqim orderi bo’yicha bankka 44800 so’m topshirilgan.
Bosh kassir quyidagi shaxslarga maoshgacha pul berganligini tushuntirish xatida ko’rsatib o’tgan:
Sotuvchi Hamidova S.G.ga 55000 so’m.
Ishchi Axmedova A.Sh.ga 40000 so’m.
Kassir Abdullaeva L.A. 35000 so’m
Kassir fikri bo’yicha bu summalar ish haqi beriladigan kun yuqoridagi shaxslardan ushlab qolinadi.
|
| |