Muhimlilik darajasi va auditorlik tavakkalchiligi tushunchalarining o’zaro bog’liqligi




Download 3,45 Mb.
bet43/303
Sana14.12.2023
Hajmi3,45 Mb.
#118994
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   303
Bog'liq
Аудит УМК 2023-2024 (3)

6. Muhimlilik darajasi va auditorlik tavakkalchiligi tushunchalarining o’zaro bog’liqligi.

Auditor auditni rejalashtirishda moliyaviy hisobotda jiddiy chalkashliklarga olib keladigan faktlarni hisobga olishi lozim. U jiddiylik darajasining qanday ko’rsatkichini qabul qilishini va buxgalteriya schetlaridagi qoldiqlar hamda oborotlarning hususiyatlarini tahlil qilish asosida moliyaviy hisobotning qaysi moddalarini maxsus e’tibor bilan o’rganishini va qanday hollarda auditorlik tanlash (tanlab tekshirish) usullari hamda tahliliy amallarni qo’l-lagan holda umumiy auditorlik riskini maqbul bo’lgan dara-jagacha pasaytirishni hal etishi lozim.


Auditor tanlagan jiddiylik darajasi va auditorlik riski (auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdagi tavakkalchilik xavf-xatari-D.R.) o’rtasida teskari bog’liqlik mavjudligini e’tiborga olishi lozim. Auditorlik tekshiruvlar haj-mi va muddatlarini aniqlashda ushbu teskari bog’liqlik inobatga olinishi kerak. Demak, auditor jiddiylik darajasini pasaytirishni lozim topsa, uning auditorlik riski (tavakkalchilik xavf-xatari) oshadi va aksincha. Bu bog’liqlikni batafsilroq quyidagicha bayon qilish mumkin:
a) jiddiylik darajasi qancha yuqori bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha past bo’ladi;
b) jiddiylik darajasi qancha past bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha yuqori bo’ladi.
Agar auditor auditorlik tekshiruvi chog’ida jiddiylik darajasining pastroq ko’rsatkichini qo’llashga qaror qilsa, bu holda u auditorlik riskini pasaytirishga doir chora-tad-birlarni kuchaytirishi lozim. Buning uchun u nazorat vositalari riski va aniq-lanmaslik riskini quyidagi tarzda aniqlashi lozim:
a) nazorat vositalari riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun tekshiruv chog’ida nazorat vositalarini qo’shimcha test sinovidan o’tkazish zarur;
b) aniqlanmaslik riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun auditor quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
qo’llaniladigan auditorlik amallarini, ularning sonini ko’paytirish va mazmunini o’zgartirishni nazarda tutgan holda modifikatsiyalash (boshqacha shaklga keltirish, o’zgartirish);
tekshiruv uchun sarflanadigan vaqtni ko’paytirish;
auditorlik tanlash hajmini oshirish.
Bunda ichki xo’jalik riski ko’rsatkichining o’zgarmasligi va tekshiruvning umumiy rejasini tayyorlash paytida hisobga olinmagan, ammo haqiqatda mavjud faktlar tekshiruv chog’ida aniqlangan holdagina o’zgarishi mumkinligini e’tiborda tutishi zarur.
Jiddiylik va risk darajasini baholash auditorlik tekshiruvining muhim bosqichlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Uning malakali amalga oshirilishi nafaqat sifatli auditorlik hisoboti va xulosasi tuzish, balki auditorlik tashkiloti kabi, mijoz-tashkilotning ham barqaror rivoj-lanishiga zamin yaratadi. Auditorlik tekshiruv muvaffa-qiyatli yakunlanib, soliq organlari tomonidan mijoz-kor-xonaga e’tirozlar bildirilmasa, auditorlik tashkiloti na-faqat daromad oladi, uning obro’-e’tibori ham oshadi. Natijada, auditorlik tashkiloti o’z mijozlarini saqlab qo-lishga va yangilarini orttirishga, hamda auditorlik xizmati bozorida yuqori reytingga muvaffaq bo’ladi.


Xulosa
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o’tkazish muddati o’n ish kunidan oshmasligi kerak.
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati tavakkalchilik-tahlili natijasi va auditorlik tashkiloti tomonidan “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonun talablarining buzilishlarini sodir etish tavakkalchiligi darajasini baholash yakunlari bo’yicha o’tkaziladi.
Tavakkalchilik darajasi uch toifaga ajratiladi:

  • qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi yuqori bo’lgan auditorlik tashkilotlari;

  • qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi o’rtacha bo’lgan auditorlik tashkilotlari;

  • qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi past bo’lgan auditorlik tashkilotlari.

Tavakkalchilik darajasini tahlil qilish vakolatli davlat organi tomonidan har yili 1 fevralga qadar amalga oshiriladi, bundan auditorlik tashkiloti yoki auditorning harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan hollar mustasno.
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o’tkazishda auditorlik tashkilotining moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi.
Vakolatli davlat organida va auditorlarning respublika jamoat birlashmalarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar, shuningdek auditorlik tashkilotining hamda auditorlarning ishchanlik obro’si to’g’risidagi axborot asosida quyidagi holatlar bo’yicha tavakkalchilik darajasining tahlili amalga oshiriladi:

  • auditorlik tashkiloti tomonidan “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonunning 27 (Auditorlik tashkiloti) va 29 (Auditorlik tashkilotining majburiyatlari)-moddalari talablariga rioya etilishi;

  • auditorlik tashkilotining ushbu Qonun talablarini buzadigan harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari mavjudligi;

  • auditorlik tashkilotining muassislari (ishtirokchilari) tarkibida ilgari auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunchilikni buzganlik uchun faoliyati tugatilgan auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo’lgan jismoniy shaxslarning mavjudligi;

  • auditorlik tashkiloti ishi sifatining avvalgi tashqi nazorati yakunlari bo’yicha past baho olganligi.




Download 3,45 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   303




Download 3,45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhimlilik darajasi va auditorlik tavakkalchiligi tushunchalarining o’zaro bog’liqligi

Download 3,45 Mb.