• NAZORAT SAVOLLARI
  • a) birinchi toifa xatarlar -




    Download 3,45 Mb.
    bet62/303
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,45 Mb.
    #118994
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   303
    Bog'liq
    Аудит УМК 2023-2024 (3)

    a) birinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari;
    b) ikkinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar mavjud bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari.
    Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalari tahlilini auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirishi shart.


    Xulosa
    “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonunga8 muvofiq Audit qo’mitasi — xo’jalik yurituvchi sub’yektning kuzatuv kengashi a’zolaridan iborat bo’lgan, qoida tariqasida, kamida bir nafar mustaqil a’zoni o’z ichiga oladigan, moliyaviy hisobotni tuzishning to’g’riligi ustidan nazorat o’rnatilishi, mustaqil auditorlik tashkilotining tanlanishi, auditorlik tekshiruvi o’tkazilishi jarayonlarini kuzatish, shuningdek ichki va tashqi auditorlik tekshiruvlari natijalarini olish hamda o’rganish uchun mas’ul bo’lgan qo’mita.
    Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvini o’tkazish shakllari va usullarini mustaqil tarzda belgilashga haqli. Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok etish uchun boshqa mutaxassislarni ekspert sifatida jalb etishga haqli.
    Auditorlik tashkiloti auditorlar ishi sifatining ichki nazorat tizimini o’rnatishi va unga rioya etishi majburiydir. Auditorlar ishi sifatining ichki nazorati auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik faoliyati standartlariga binoan amalga oshiriladi va u auditorlik xizmatlari ko’rsatish chog’idagi majburiy shartdir. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri bu auditorlik tashkilotida ichki nazoratning tizimi mavjudligidadir.


    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Ichki nazorat tizimi deganda nima tushunasiz?

    2. Buxgalteriya hisobi tizimi deganda nima tushunasiz?

    3. Auditorlik tekshiruvida ichki nazorat tizimini ahamiyati nimalardan iborat?

    4. Korxonalarda INT va BXT elementlari nimalardan iborat?

    5. Auditor korxona ichki nazorat tizimini qanday baholaydi?

    6. Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini qanday o’rganish mumkin?

    7. Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish qanday amalga oshiriladi?

    8. Korxona buxgalteriyasining tashkiliy tuzilmasi, tashkiliy tuzilmada ko’rsatilgan har bir xodimning vazifalari va mas’uliyatlarining bayoni qanday o’rganiladi?

    9. Hisob tsiklining muhim uchastkalari bo’yicha hujjatlar aylanish reja-grafigini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

    10. Korxona hisob siyosatini o’rganish qanday amalga oshiriladi?

    11. Ichki nazorat tizimini o’rganish qanday amalga oshiriladi?

    12. Nazorat muhiti deganda nimalarni tushunasiz?




    Download 3,45 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   303




    Download 3,45 Mb.