|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 65/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Boshqa amallar bilan talab qilsih va tasdiqlash. Auditor ehtimol ayrim audit dalillarni olish uchun menejmentdan talab etsa, menejment aytgan qo'shimcha dalillarni auditor tasdiqlashi muhim ahamiyatga ega bo’lib, masalan hujjatlarni tekshirish yoki kuzatish
Auditor audit standartlariga muvofiq audit rejalashtirgan va amalga oshirganini dalillar asosida audit hujjatlarini tayyorlash kerak. Ish qog'ozlari yoki ishchi qog’ozlar atamalari ba'zan audit hujjatlariga murojaat qilinganda ishlatiladi. Auditor audit amallairni hujjatlar asosida amalga oshirib, audit dalillar tekshiriladi va moliyaviy hisobotlarga tegishli hulosalashitiriladi. Audit standartlari bu audit hujjatlaridan boshqa maqsadlarga xizmat qiladi, jumladan:
Auditni rejalashtirish va amalga oshirishda ishchi guruhga ko'maklashish
Audit ishida ishchi gurush a’zolari ma’sul bo’lgan nazorat va kuzatish uchun ko'maklashish
Shu kabi tashkilotning kelajakdagi auditi davomida ahamiyatga molik masalalarni qayd qilish
To’lig’incha auditda ichki yoki tashqi tekshiruvlarni o’tkazish
Joriy ishlarni bajarish va rejalashitish kabi oldingi yildagi bajarilgan ishlarni tushinishda auditorga ko’maklashish
Audit hujjatlariga misollar quydagilar:
Audit dasturlari
Mijoz yoki auditorl tomonidan tayyorlangan tahlillar
Memorandumlar
Muhim topilmalar yoki masalalarni qisqacha bayoni
Tasdiqlash va bayonli yozuvlar
Nazorat qog’ozi
Muhim topilmalar yoki masalalariga doir (shu jumladan e-mail) yozishmalar
Yozishmalar
Xulosa
Audit bo’yicha dastlabki kelishuvda auditor bunday boshlang’ich qoldiqlarni tasdiqlovchi avval olingan auditorlik dalillarga ega bo’lmaydi.
Auditorlik dalillarni yig’ish va baholash – dalillar bu son ko’rsatkichlari bilan ifodalangan ma’lumotni belgilangan mezonlarga mosligini aniqlash uchun auditor foydalanadigan manbalardir. Dalillar turli shaklda bo’lishi mumkin, jumladan mijozlarning og’zaki javoblari, kontraktlar, auditorning shaxsiy kuzatishlari. Muhimi audit oldidagi maqsadga erishish uchun dalillar sifatli va yetarli darajada to’planishi shart bo’lib, bu auditning asosiy qismlardan hisoblanadi.
Etarli bilimga ega vakolatli shaxs – auditor belgilangan mezonlarni to’g’ri tushunishi uchun yetarli bilimga ega, dalillarning shakli va miqdorini bilish uchun vakolatli mas’ul shaxs bo’lishi kerak. SHu bilan birga auditor mustaqil bo’lmog’i darkor.
Dalillarni baholashda quyidagilarni aniqlash zarur: manbaning mustaqilligi, olingan faktlar va boshqa ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish mumkinligi (ya’ni buning qonunga zid emasligi); mazkur dalilning tekshiriladigan ob’ektga taalluqliligi; tanlash hajmi va metodologiyasi. Shuningdek, mazkur dalilning ob’ekt bo’yicha to’plangan boshqa dalillar bilan aloqadorligi; ushbu aloqadorlikning ko’lami va tavsifi; olingan dalillarning keyingi audit jarayonida ko’llanilish imkoniyatlari; aniqlangan tafovutlarning jiddiylik darajasi; olingan dalillar to’plamining qaror qabul qilish uchun yetarliligini ham aniqlash zarur.
Xulosa qilib aytganda, auditor moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasi bo’yicha jiddiy xatolar yo’qligi haqida ishonch hosil qilishi lozim. Bayon qilinganlarni umumlashtirish asosida ta’kidlash zarurki, auditorlik tekshiruvlarining samaradorligi ma’lum darajada auditorlik dalillarni to’plashda qo’llaniladigan usullarni qanday mahorat bilan qo’llashga ham bog’liq.
Biznes to’g’risida bilish auditorga malakaviy fikr-mulohaza bildirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Mijoz biznesini bilish va ma’lumotni tegishli ravishda qo’llash auditorga quyidagilarni bajarishga yordam beradi:
auditorlik dalillarga baho berishga;
muvofiqligini aniqlash uchun auditorlik dalillarga baho berish hamda moliyaviy hisobotning tegishli tasdiqlar amalda to’g’riligiga baho berish;
Boshlang’ich qoldiq yuzasidan auditor olishi lozim bo’lgan auditorlik dalillarning yetarliligi va tegishliligi quyidagilarga bog’liq:
sub’yekt rioya qilayotgan hisob siyosatiga;
oldingi davrda moliyaviy hisobot yuzasidan audit o’tkazilganligiga;
joriy davrning schetlar tavsifi va moliyaviy hisobot noto’g’ri aks etilishining tavakkalchiligiga;
joriy davr moliyaviy hisoboti bo’yicha boshlang’ich qoldiqlarning muhimligiga.
Auditor boshlang’ich qoldiqlar hisob siyosati qo’llanishini aks etishligi va ushbu siyosat joriy yilning moliyaviy hisobotiga nisbatan to’g’ri qo’llanishini ko’rib chiqishi lozim. Hisob siyosatida va uni qo’llashda qandaydir o’zgarishlar sodir etilgan taqdirda, auditor ular tegishli ravishda va lozim bo’lganda hisobga olinganligi va mos yoritilganligini ko’rib chiqishi lozim.
Oldingi davrning moliyaviy hisoboti boshqa auditor tomonidan o’tkazilgan taqdirda, amalda harakat qilayotgan auditor oldingi auditorning ishchi hujjatlarini sharhlash yo’li bilan schetlarning boshlang’ich qoldig’i yuzasidan yetarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunday vaziyatlarda amalda harakatda bo’lgan auditor, shuningdek, oldingi auditorning kasbiy xabardorligi va mustaqilligini ko’rib chiqishi lozim. Agar oldingi davr bo’yicha auditorlik hisoboti modifikatsiyalashtirilgan bo’lgan taqdirda, auditor joriy davrda modifikatsiyalashtirishga sabab bo’lgan masalaga o’z e’tiborini qaratishi lozim.
Joriy aktivlar va majburiyatlar yuzasidan ayrim auditorlik dalillar odatda joriy davr auditorlik muolajalarining bir qismi tariqasida olinishi mumkin. Masalan, joriy davr mobaynida davr boshiga taalluqli debitorlik qarzini (kreditorlik qarzini) qoplanishi (to’lanishi) davr boshiga ularning mavjudligi, huquqlar va majburiyatlar, to’liqlik va baholash bo’yicha ayrim auditorlik isbotlarni taqdim etadi. Biroq tovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq bo’lgan holatlarda auditorga tovar-moddiy zahiralarning davr boshiga mavjudligini aniqlashda qiyinroq. SHuning uchun, odatda, tovar-moddiy zahiralarning joriy inventarizatsiyani o’tkazish yuzasidan kuzatish, davr boshiga tovar-moddiy zahiralar birligiga berilgan bahoni testlash hamda yalpi daromad va davr bo’yicha taqsimotini testlash kabi qo’shimcha muolajalar lozim bo’ladi. Ushbu muolajalarning quramasi yetarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarni taqdim etishi mumkin.
Asosiy vositalar, investitsiyalar, uzoq muddatli qarzlar, uzoq muddatli aktivlar va majburiyatlar uchun auditor odatda, boshlang’ich qoldiqlar asosida hisob yozuvlarini tekshiradi. Muayyan holatlarda auditor qoldiqlar bo’yicha, masalan uzoq muddatli qarzlar va investitsiyalar bo’yicha, tasdiqlarni uchinchi tomondan olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqa holatlarda esa auditorga qo’shimcha auditorlik muolajalarini amalga oshirish lozim bo’lishi mumkin.
|
| |