|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 66/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Nazorat savollari:
Auditorlik dallillari deganda nimani tushunasiz?
Auditorlik dalillarining qanday turlarini bilasiz?
Qaysi auditorlik dalillari amaliyotda ishonchli bo’lib hisoblanadi?
Auditorlik dalillarni me’yoriy-huquqiy tartibga soluvchi qanday hujjatlarni bilasiz?
Auditorlik dalillarini yig’ish ketma-ketligi nimalardan iborat?
Auditorlik dalillari ishonchlilik darajasi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Schyotlardagi qoldiqlar aniqligini bilish uchun auditor qanday dalillarni to’plashi lozim?
Auditor ekspert xulosasi ijobiy natijani bergan sharoitda ijobiy auditorlik xulosasi berishi mumkinmi?
Davriy hisob metodi va uzluksiz hisob metodlari bo’yicha auditorlik dalillarini olish ketma-ketligi haqida gapirib bering.
Korxona majburiyatlari yoyilmasini qaysi hujjatlardan dalil siqatida yig’ib tasdiqlash va farqlarni aniqlash mumkin?
Kontraktiv va kontrpassiv schyotlardagi qoldiqlarni aniqlashda auditor qanday daliliy hujjatlarga asoslanadi?
10-MAVZU: TAHLILIY AMALLAR
REJA:
1.Auditda tahliliy amallar tushunchasi va ularni qo’llash maqsadlari
2.Tahliliy amallarning turlari va ularni tekshiruvda qo’llash tartibi
3.Auditorlik dalillarini to’plashda qo’llaniladigan tahliliy amallar tavsifi
Tayanch so’z va iboralar: Tahliliy amallar, moliyaviy hisobot, hisobot moddalari, gorizontal tahlil, vertikal tahlil, muqobil balans, nisbiy ko’rsatkichlar, auditorlik dalillarni to’plash amallari, rejalashtirish amallari, auditorlik tanlash
Auditda tahliliy amallar tushunchasi va ularni qo’llash maqsadlari
Tahliliy amallar – bu muhim koeffitsientlar va yo’nalishlarni, jumladan bundan kelib chiqadigan boshqa tegishli ma’lumotga izchil bo’lmagan yoki istiqbolliy belgilangan summalardan farqlanadigan chetga chiqishlar va o’zaro bog’liqliklarni tahlil qilish. Tahliliy amallarga Auditning Xalqaro Standartlarida keng to’xtalib o’tilgan bo’lib, aloxida №520 Tahliliy amallar nomli bo’lim ajratilgan. Unda keltirilishicha, tahliliy amallar quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi:
boshqa auditorlik amallarning tavsifi, muddati va hajmini rejalashtirishda auditorga yordam berish uchun;
moliyaviy hisobotning aniq belgilangan tasdiqlari bo’yicha aniqlab bo’lmaslik tavakkalchiligi pasayganda, mufassal testlarga qaraganda qo’llanishi samaradorliroq va oqilona bo’lgan mohiyati bo’yicha amallar;
auditning oxirgi, sharxlanadigan bosqichda moliyaviy hisobot bo’yicha umumiy sharhlash sifatida.
Tahliliy amallar, shuningdek, sub’ekt faoliyatiga asoslangan masalan, yalpi foydaning foiz nisbati, istiqbolliy namunaga muvofiq bo’lishi kutilayotgan moliyaviy ma’lumotlar elementlari o’rtasidagi xamda moliyaviy ma’lumot va tegishli ravishda moliyaviy tavsifga ega bo’lmagan ma’lumot, masalan, ish haqi bo’yicha xarajatlar va xodimlar soni o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ko’rib chiqadi.
Auditor tahliliy amallarni qo’llashda foydalaniladigan ma’lumotlarni tayyorlashda nazorat test sinovlaridan, agar bu mavjud bo’lsa, o’tkazish to’g’risida masalani ko’rib chiqishi lozim. Agar bunday nazorat samarali bo’lsa, auditor ma’lumot ishonchligi va binobarin, tahliliy amallar natijalariga ko’proq ishonch hosil qiladi. Moliviy bo’lmagan ma’lumot bo’yicha nazorat ko’pchilik holatlarda buxgalteriya hisobiga taaluqli bo’lgan nazorat bilan birgalikda test sinovidan o’tkazilishi mumkin. Masalan, sub’ekt tomonidan sotilgan tovarlar bo’yicha hisobvaraq fakturalarga ishlov berish yuzasidan belgilangan nazorat sotilgan mahsulot birligini hisobga olishni yuritish yuzasidan nazoratni xam qamrab olish mumkin. Bunday vaziyatlarda, auditor sotilgan birliklar hisobi yuzasidan nazorat testlarini sotilgan tovarga oid hisobvaraq faktura moddalarini qayta ishlash yuzasidan nazorat testlari bilan birga o’tkazishi mumkin. Auditorlik dalillarni to’plash maqsadida test o’tkazish uchun moddallarni tanlab olish darkor. Buning uchun Auditorlik amallarni ishlab chiqishda auditor test sinovlarini o’tkazishda moddalarni ajratib olishning tegishli usullarini aniqlashi lozim. Ushbu usullar quyidagilardan iborat:
hamma moddalarni ajratib olish (100% tekshirish);
aniq belgilangan moddalarni ajratib olish;
auditorlik tanlab olish.
Qaysi yondashishdan foydalanish yuzasidan qaror qabul qilish vaziyatlarga bog’liq, bunda muayyan vaziyatlarda yuqorida qayd etilgan usullarning bir yoki birligigini qo’llash o’rinli bo’lishi mumkin. Bir yoki birlik usullarini tanlash yuzasidan qaror qabul qilish to’g’risida qaror auditorlik tavakkalchiligi va oqilona audit qabul qilinsa xam, auditor test vazifalariga javob beradigan etarli bo’lgan auditorlik dalillarni taqdim etishda qo’llaniladigan usullar samarali ekanligiga ishonch xosil qilishi lozim. Shuni alohida e’tibordan chetda qoldirmaslik joizki, auditorlik dalillarni olishda tavakalchilikni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Chunki, dalillar olish jarayonida auditor auditorlik tavakkalchiligiga baxo berish va tavakkalchilikni maqbul bo’lgan past darajagacha pasaytirishga qaratilgan qaratilgan auditorlik amallarini ishlab chiqish uchun kerakli bo’lgan kasbiy muloxazalardan kelib chiqish zarurdir.
Moliyaviy hisobot auditida tahliliy amallarni qo’llashning tartibga soluvchi me’yoriy asosi bo’lib 13-sonli “Auditda tahliliy amallar” deb nomlanuvchi auditorlik faoliyatining milliy standarti bo’lib hisoblanadi. Ushbu standartga asosan tahliliy tadbir o’z ichiga quyidagilarni oladi:
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotlari ko’rsatkichlarini uning rejadagi ko’rsatkichlari bilan solishtirish;
moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko’rsatkichlarini auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bilan solishtirish;
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zi tomonidan belgilanadigan me’yoriy hujjatlar bilan solishtirish;
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ko’rsatkichlar bilan solishtirish;
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ma’lumotlari bilan solishtirish;
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining vaqt o’tishi davomida o’zgarishlari va ular bilan bogliq bo’lgan nisbiy koeffitsientlar tahlili.
Tahliliy amallarning turi ularni o’tkazish maqsadi, ularni o’tkazish uchun zarur bo’lgan axborotga erishish imkoniyati va unga moslikka, xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat turiga bogliq bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti fakt ko’rsatkichlarini u tomonidan belgilangan reja bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti:
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qo’llaniladigan rejalashtirish uslubiyatini baholashi;
Reja ko’rsatkichlariga binoan hisobot davri moliyaviy ko’rsatkichlari mijoz tomonidan o’zgartirilmaganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Moliyaviy hisobotning fakt ko’rsatkichlarini mustaqil belgilangan prognoz ko’rsatkichlar bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti o’z taxminlarini shakllangan tamoyillar asosida belgilaydi.
Hisobot va me’yoriy ko’rsatkichlar negizida har xil turdagi koeffitsientlar va foizli nisbatlar hisob-kitobi samarali hisoblanadi. Koeffinientlarni tanlash, ularning hisob-kitoblari usullarini va hisob-kitob vaqti davrlarini tanlash me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ehtimoliy tavakkalchiliklar sohalarini aniqlash usullari:
Joriy davr nisbiy ko’rsatkichlarining tahlili;
Turli davrlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun hisoblab qo’yilgan nisbiy ko’rsatkichlar o’zgarishining tahlili;
Nisbiy ko’rsatkichlar bir necha turining o’zgarishlarini solishtirish.
Tahliliy amallarning turlari va ularni tekshiruvda qo’llash tartibi
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti fakt ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ko’rsatkichlari bilan solishtirganda, auditor shu xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini tahlil qiladi. Bunda auditor shularni hisobga olishi kerakki, tarmoq ko’rsatkichlari mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ekt ko’rsatkichlari bilan mutanosib bo’lmasligi mumkin, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektlar turli hisob siyosatidan foydalanishi ham mumkin.
Auditor tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti ma’lumotlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ma’lumotlar (nobuxgalterlik ma’lumotlari) bilan solishtirish usuli qo’llangan taqdirda, auditor foydalanilayotgan nobuxgalterlik ma’lumotlarining aniqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Hisobotning fakt ko’rsatkichlarini avvalgi davrlar ma’lumotlari bilan solishtirish jarayonida auditorlik tashkiloti auditni rejalashtirish bosqichidayoq ehtimolli tavakkalchiliklar sohalarini belgilab oladi. Ehtimolli tavakkalchiliklar sohalarini aniqlashning keng tarqalgan usullari quyidagilardir:
Buxgalteriya balansi moddalarini solishtirish va ulardagi jiddiy o’zgarishlar tahlili;
Moddalardagi o’zgarishlarni boshqa moddalardan o’zgarishlar bilan solishtirganda o’zgarishlarni tahlil qilish. Mazkur holda ehtimolli tavakkalchilik sohasi, bir ko’rsatkichdagi o’zgarish iqtisodiy tabiatiga ko’ra boshqa ko’rsatkichdagi o’zgarishga muvofiq kelmaganida aniqlanadi.
Tahliliy amallarni qo’llash tahlil etilayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi sababiy-oqibat aloqasining mavjudligiga asoslanadi.
Tahliliy amallarning maqsadlari xo’jalik faoliyatining ehtimolli tavakkalchiliklar sohasini belgilovchi gayrioddiy yoki noto’gri aks ettirilgan faktlari va natijalarining mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini o’rganish, moliyaviy hisobot buzilishi faktlarini aniqlash, mufassal auditorlik tadbirlari sonini qisqartirish, yuzaga kelgan savollarga javob olish maqsadida testdan o’tkazishni ta’minlashdan iborat.
Tahliliy amallarni qo’llash natijasida auditorga auditni rejalashtirishda mijozni yaxshiroq tushunish va buxgalteriya balanslarini tekshirish orqali auditdagi tavakkalchilik darajasini belgilash imkoniyatini, boshqa auditorlik tadbirlari soni va hajmini qisqartirishga, auditorga audit vaqtida uning asoslangan, e’tiborli fikrini shakllantirishga yordam beradi hamda qo’shimcha auditorlik tadbirlarini talab etuvchi tekshiruv sohalari aniqlab berishi mumkin bo’lgan moliyaviy muammolarning mavjudligini uzil-kesil tekshirish vazifasini bajaradi. Tahliliy amallar auditning butun jarayoni davomida bajariladi.
Oddiy solishtirish. Hisobot davrida biror-bir ko’rsatkichning o’zgarish tamoyillarini va ularning kelgusi yoki o’tgan davrlardagi tarqalishini aniqlash; biror-bir ko’rsatkichlar o’rtasida miqdoriy o’zaro aloqadorliklarni kelgusi yoki o’tgan davrlarda ularning qiymatlarini hisoblab chiqish maqsadida aniqlash.
Tahliliy amallar yigma moliyaviy hisobotga ham, alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo’linmalarga ham qo’llanishi mumkin. Tahliliy amallar natijalarining ishonchliligi auditor tomonidan aniqlanmaganlik tavakkalchiligi, ichki xo’jalik tavakkalchiligi va nazorat vositalari tavakkalchiligi darajasining to’gri baholanishiga bogliq.
Tahliliy amallarning ishonchliligiga ko’rib chiqilayotgan hisobvaraq bo’yicha qoldiqlarning muhimlik darajasi; ayni bir tekshiruv ob’ektiga yo’naltirilgan boshqa tahliliy amallar natijalari; tahliliy amallarni bajarishda qo’llanadigan ko’rsatkichlarning tafovut miqdorlari; tahliliy amallarni bajarishda nobuxgalterlik ma’lumotlari ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi.:
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashda tahliliy amallarning quyidagi shakllarda o’tkazilishi mumkin:
gorizontal tahlilda hisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi ko’rsatkichlar o’tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko’rsatkichlarning dinamikasi aniqlanadi;
vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo’lgan ko’rsatkichlarning tarkibiy tuzilmasi o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining yoki ularni qoplovchi manbalarining hisobot davridagi tarkibi va uni utgan davrga nisbatan o’zgarishi ifodalanadi;
nisbiy ko’rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko’rsatkichlari o’rtasidagi aloqa o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining va ularning manbalari o’rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish o’rtasidagi aloqa ifodalanadi;
taqoslash tahlilida korxona bo’yicha moliyaviy holat uning alohida bo’limlari moliyaviy holati bilan taqoslanadi, bu korxonaning moliyaviy holati boshqa korxonalarning moliyaviy holati bilan solishtiriladi va pirovardida, omillar tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlil etiladi.
Tahliliy amallar, shuningdek, sub’ekt faoliyatiga asoslangan masalan, yalpi foydaning foiz nisbati, istiqbolli namunaga muvofiq bo’lishi kutilayotgan moliyaviy ma’lumotlar elementlari o’rtasidagi hamda moliyaviy ma’lumot va tegishli ravishda moliyaviy tavsifga ega bo’lmagan ma’lumot, masalan, ish haqi bo’yicha xarajatlar va xodimlar soni o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ko’rib chiqadi.
Auditor tahliliy amallarni qo’llashda foydalaniladigan ma’lumotlarni tayyorlashda nazorat test sinovlaridan, agar bu mavjud bo’lsa, o’tkazish to’g’risida masalani ko’rib chiqishi lozim. Agar bunday nazorat samarali bo’lsa, auditor ma’lumot ishonchligi va binobarin, tahliliy amallar natijalariga ko’proq ishonch hosil qiladi. Moliyaviy bo’lmagan ma’lumot bo’yicha nazorat ko’pchilik holatlarda buxgalteriya hisobiga taalluqli bo’lgan nazorat bilan birgalikda test sinovidan o’tkazilishi mumkin. Masalan, sub’ekt tomonidan sotilgan tovarlar bo’yicha hisobvaraq fakturalarga ishlov berish yuzasidan belgilangan nazorat sotilgan mahsulot birligini hisobga olishni yuritish yuzasidan nazoratni ham qamrab olish mumkin. Bunday vaziyatlarda, auditor sotilgan birliklar hisobi yuzasidan nazorat testlarini sotilgan tovarga oid schyot-faktura moddalarini qayta ishlash yuzasidan nazorat testlari bilan birga o’tkazishi mumkin. Auditorlik dalillarni to’plash maqsadida test o’tkazish uchun moddalarni tanlab olish darkor. Buning uchun, auditorlik amallarni ishlab chiqishda auditor test sinovlarini o’tkazishda moddalarni ajratib olishning tegishli usullarini aniqlashi lozim.
Auditorlik dalillarini to’plashda qo’llaniladigan tahliliy amallar tavsifi
Auditorlik dalillarini to’plashning maqsadini shakllantirish shartnomaning umumiy audit rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli maqsadiga bog’liq. Shartnomadan kelib chiqqan holda boshqa maqsadlar ham, jumladan hisobni tashkil etishning samaradorligini baholash, to’lov layoqatini, rentabellikni va boshqalarni bashoratlash ham aniqlanishi mumkin.
Tanlangan auditorlik amallari №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS ga muvofiq auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko’rsatilishi lozim. Bunda auditorlik amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan tekshirishlar) va qaysi uchastkalarda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlash zarur.
Auditorlik dalillarini olish usullari (qayta hisoblash, inventarizatsiya, xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash, og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, kuzatib chiqish, analitik amallar) standartda keltirilgan.
Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to’plash. Buning uchun audit dasturidagi har bir bo’lim bo’yicha normativ-savolnoma va hisob-hisobot ma’lumotlarining zarur ro’yxati tuziladi. Normativ-savolnoma ma’lumotlar ro’yxati asos sifatida shakllantiriladi. Auditor bu ro’yxatni tekshiruv ob’ektiga nisbatan aniqlashtiradi. Tekshiruvda ishtirok etadigan xodimlar ushbu ro’yxatdagi hujjatlarning mazmuni bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Tekshiruvni boshlashdan oldin hisob-hisobot ma’lumotlari – mijoz-korxonadan talab qilib olinadigan hujjatlar va registrlarning ro’yxatini ham tuzish zarur.
Auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish. Bu bosqichda auditor auditni rejalashtirish chog’ida belgilangan tanlov hajmidan kelib chiqadi. Aniqlangan tafovutlar ularni aniqlash amallari yoki kodlari va audit jarayonida aniqlangan dalillarning batafsil bayoni ko’rsatilgan holda ishchi hujjatlarda ro’yxatga olinadi. Bayon qilish vaziyatdan kelib chiqqan holda, ixtiyoriy holda bo’lishi mumkin yoki maxsus ishlab chiqilgan ishchi hujjatlar shakllarini to’ldirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
To’plangan dalillarni baholash deganda ularning audit maqsadiga erishish va ishonchliligini aniqlashdagi rolini belgilash tushuniladi.
Dalillarni baholashda quyidagilarni aniqlash zarur: manbaning mustaqilligi, olingan faktlar va boshqa ma’lu-motlardan dalil sifatida foydalanish mumkinligi (ya’ni buning qonunga zid emasligi); mazkur dalilning tekshiriladigan ob’ektga taalluqliligi; tanlash hajmi va metodologiyasi. Shuningdek, mazkur dalilning ob’ekt bo’yicha to’plangan boshqa dalillar bilan aloqadorligi; ushbu aloqadorlikning ko’lami va tavsifi; olingan dalillarning keyingi audit jarayonida ko’llanilish imkoniyatlari; aniqlangan tafovutlarning jiddiylik darajasi; olingan dalillar to’plamining qaror qabul qilish uchun etarliligini ham aniqlash zarur.
Xulosa qilib aytganda, auditor moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasi bo’yicha jiddiy xatolar yo’qligi haqida ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor auditorlik dalillarini to’plashda har xil usullardan foydalanadi. №50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda keltirilgan asosiy usullarning mazmunini ko’rib chiqamiz. Bular: mijoz- korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish (qayta hisoblash); inventarizatsiya; ayrim xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; tasdiqlash; xo’jalik yurituvchi sub’ekt va mustaqil (uchinchi) tomonlar xodimlarini og’zaki so’rovdan o’tkazish; hujjatlarni tekshirish; ko’rib chiqish; tahliliy amallar; muqobil balans tuzish kabi usullardir. Mijoz korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish (qayta hisoblash) uning mazmuni hujjatlar va buxgalteriya yozuvlarining arifmetik aniqligini tekshirish hamda mustaqil hisob- kitoblarni bajarishdan iborat.
Tahliliy amallar moliyaviy tahlilning taqqoslash, nisbatlar va koeffitsientlarni baholash kabi elementlari va usullaridan foydalanishni nazarda tutadi.
Tahliliy amallarning eng ko’p tarqalgani taqqoslash bo’lib hisoblanadi. Bunda quyidagilar taqqoslanadi: turli davrlar uchun schetlardagi qoldiqlar; moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari biznes- reja ko’rsatkichlari bilan; hisobotning har xil moddalar bilan oldingi davrlar ma’lumotlari o’rtasidagi nisbat; xo’jalik yurituvchi subekt moliyaviy ko’rsatkichlari iqtisodiyotning tegishli tarmogidagi o’rtacha ko’rsatkichlar bilan; moliyaviy axborotlar nomoliyaviy axborotlar (xo’jalik yurituvchi subektning faoliyati to’g’risidagi uning buxgalteriya hisobi tizimida bevosita aks ettirilmaydigan ma’lumotlar) bilan.
Masalan, asosiy vositalar qiymatining ko’payishi odatda amortizatsiya summalarining ko’payishiga ham olib keladi. Nomuvofiqlik aniqlanganda auditor tegishli dalillarni topishi lozim. Aytaylik, asosiy vositalar kirimini tekshirib mijoz-tashkilot mazkur aktivlarni byudjetdan moliyalashtirish hisobiga sovg’a shartnomasi bo’yicha olganligini aniqladi. Bunday obektlar bo’yicha esa amortizatsiya hisoblanmaydi. Shunday qilib aniqlangan nomuvofiqlikka auditor tomonidan qoniqarli isbot topilgan.
Tahliliy amallar auditni rejalashtirish chog’ida, tekshiruv jarayonida va uni yakunlash bosqichida qo’llaniladi.
Haqiqatga yaqin tahliliy amallardan biri balans hisob-kitoblari hisoblanadi. Xususan, auditor tayyor mahsulotlarning hisobda haqqoniy va to’liq aks ettirilishi to’g’risidagi dalil- isbotlarga ega bo’lish uchun tez-tez xom-ashyolar, materiallar va tayyor mahsulot olinishi balansini tuzadi.
Xom-ashyo va materiallar balansini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi: mahsulotning bir birligi uchun norma bo’yicha sarflangan xom-ashyo va materiallar va haqiqatda olingan mahsulotlar hisob-kitobi; xom-ashyo va materiallarni haqiqiy sarfi bilan taqqoslash; xom-ashyo va materiallarni sarflashda tafovutlarni aniqlash.
Muqobil balans tuzish – auditorlik ishining muhim elementidir. U auditni boshlashdan oldin sintetik va analitik hisob registrlarining yoki bosh daftarning ma’lumotlari bo’yicha tuziladi. Natijada, auditor tasdiqlanishi lozim bo’lgan balansga o’xshash, yangi balansga ega bo’ladi. Agar rasmiy va muqobil balanslar o’rtasida tafovutlar vujudga kelsa, bu tofovutlar mijoz-korxona hisobotida bosh buxgalterning ataylab qilgan chalkashliklarini bildiradi.
Moliyaviy hisobot auditida tahliliy amallarni qo’llashning tartibga soluvchi me’yoriy asosi bo’lib 13-sonli “Auditda tahliliy amallar” deb nomlanuvchi auditorlik faoliyatining milliy standarti bo’lib hisoblanadi. Ushbu standartga asosan tahliliy tadbir o’z ichiga quyidagilarni oladi:
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotlari ko’rsatkichlarini uning rejadagi ko’rsatkichlari bilan solishtirish;
Moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko’rsatkichlarini auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bilan solishtirish;
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zi tomonidan belgilanadigan me’yoriy hujjatlar bilan solishtirish;
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ko’rsatkichlar bilan solishtirish;
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ma’lumotlari bilan solishtirish;
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining vaqt o’tishi davomida o’zgarishlari va ular bilan bogliq bo’lgan nisbiy koeffitsientlar tahlili.
Tahliliy amallarning turi ularni o’tkazish maqsadi, ularni o’tkazish uchun zarur bo’lgan axborotga erishish imkoniyati va unga moslikka, xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat turiga bogliq bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti fakt ko’rsatkichlarini u tomonidan belgilangan reja bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti:
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qo’llaniladigan rejalashtirish uslubiyatini baholashi;
Reja ko’rsatkichlariga binoan hisobot davri moliyaviy ko’rsatkichlari mijoz tomonidan o’zgartirilmaganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Moliyaviy hisobotning fakt ko’rsatkichlarini mustaqil belgilangan prognoz ko’rsatkichlar bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti o’z taxminlarini shakllangan tamoyillar asosida belgilaydi.
Tahliliy amallarni qo’llash tahlil etilayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi sababiy-oqibat aloqasining mavjudligiga asoslanadi.
Tahliliy amallarning maqsadlari xo’jalik faoliyatining ehtimolli tavakkalchiliklar sohasini belgilovchi gayrioddiy yoki noto’gri aks ettirilgan faktlari va natijalarining mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini o’rganish, moliyaviy hisobot buzilishi faktlarini aniqlash, mufassal auditorlik tadbirlari sonini qisqartirish, yuzaga kelgan savollarga javob olish maqsadida testdan o’tkazishni ta’minlashdan iborat.
Tahliliy amallarni qo’llash natijasida auditorga auditni rejalashtirishda mijozni yaxshiroq tushunish va buxgalteriya balanslarini tekshirish orqali auditdagi tavakkalchilik darajasini belgilash imkoniyatini, boshqa auditorlik tadbirlari soni va hajmini qisqartirishga, auditorga audit vaqtida uning asoslangan, e’tiborli fikrini shakllantirishga yordam beradi hamda qo’shimcha auditorlik tadbirlarini talab etuvchi tekshiruv sohalari aniqlab berishi mumkin bo’lgan moliyaviy muammolarning mavjudligini uzil-kesil tekshirish vazifasini bajaradi. Tahliliy amallar auditning butun jarayoni davomida bajariladi.
Auditdagi munozarali vaziyatlardan biri moliyaviy hisobot auditi bo’yicha ichki nazoratni baholashda auditning xalqaro standartida ham milliy standarda ham auditor o’zining professionallik muloxazalaridan kelib chiqqan holda baholaydi deb ta’kidlangan. Bizningcha bu jarayonni baholashda agar test savolnomasi orqali o’tkazilsa, ijobiy savollar miqdorini jami savolnoma miqdoriga nisbati orqali ifadalansa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bunda agar:
ijobiy javoblar miqdori jami javoblarning 40-60% oralig’ini tashkil etsa, unda ichki nazorat tizimi darajasi o’rta deb baholanadi;
ijobiy javoblar miqdori 40% dan kam chiqsa, unda ichki nazorat tizimi past deb baholanadi;
ijobiy javoblar miqdori 60% dan yuqori chiqsa, unda ichki nazorat tizimi yuqori deb baholanadi.
To’rtinchidan, xalqaro amaliyotdan ma’lumki, auditorlik dalillarni to’plashda test usulini qo’llash ijobiy samara beradi. Chunki test usuli orqali olinadigan ma’lumotlarni, operativ tahlil qilish imkonini tug’iladi.
Beshinchidan, so’nggi yillarda turli xorij audit kompaniyalari tamonidan auditni axborot texnalogiyalari asosida o’tkazish ommalishib bormaqda. Shu nuqtai nazardan biz moliyaviy hisobot auditida qo’llaniladigan amallarni axborot texnalogiyalari asosida tashkil etish jarayoniga, hamda ular bo’yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish lozim.
Tahliliy amallar qiyinligi ularning samaradorligi bilan qoplanadi. Dj. Robertsonning “Audit” kitobida auditorlik tekshiruvlarning katta miqdori jarayonida aniqlangan buxgalterlik hisobotidagi ancha-buncha buzib ko’rsatishlar natijalariga dalil keltiriladi. Ushbu natijalarga ko’ra tahliliy amallar barcha buzib ko’rsatishlarning 27,1% foizini aniqlashga yordam berdi (agar “tahliliy amallar” iborasini keng tushunchasidan foydalanilsa, ushbu raqam 45,6% gacha ko’payadi).
Xulosa
Auditning umumiy rejasi va dasturini ishlab chiqishga kirisharkan, auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’yekt to’g’risidagi dastlabki bilimlarga, shuningdek, o’tkazilgan tahliliy rusum-qoidalarning natijalariga asoslanishi kerak.
Tahliliy rusum-qoidalarni o’tkazish yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli bo’lgan sohalarni aniqlashi kerak.
Tahliliy rusum-qoidalarning murakkabligi, hajmi va o’tkazish muddatlarini auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’yekt moliya hisoboti ma’lumotlarining hajmi va murakkabligiga qarab o’zgartirishi kerak bo’ladi.
Auditorlik firmalari kutilayotgan audit tekshiruvi yuzasidan umumiy audit rejasi va dasturini ishlab chiqishda audit tekshiruvidan o’tayotgan korxona bo’yicha jamlangan dastlabki ma’lumotlar va moliyaviy hisobotlarga nisbatan o’tkazilgan tahliliy amallar natijalariga asoslanishlari kerak.
Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash paytida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan jiddiylik va auditorlik tavakkalchiligi uchun maqbul darajasini belgilashi kerak.
Auditorlik tavakkalchiligini rejalashtirarkan, auditorlik tashkiloti, xo’jalik yurituvchi sub’yekt auditidan qat’i nazar, ushbu hisobotga xos bo’lgan moliyaviy hisobotning ajralmas tavakkalchiligi va nazorat tavakkalchiligini belgilaydi. Belgilangan tavakkalchiliklar va jiddiylik darajasi yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli sohalarni aniqlaydi va zarur auditorlik rusum-qoidalarini rejalashtiradi. Audit jarayonida rejalashtirish paytida belgilangan auditorlik tavakkalchiligi va jiddiylik darajasining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzarkan, auditorlik tashkiloti hisob axborotiga ishlov berish darajasini inobatga olishi kerak, bu ham auditorlik tashkilotiga auditorlik rusum-qoidalarining hajmi va tusini aniqroq belgilash imkonini beradi.
Auditorlik tashkiloti, agar buni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’yekt rahbariyati bilan audit umumiy rejasi va dasturining ayrim qoidalarini kelishib olishi mumkin. Bunda auditorlik tashkiloti umumiy reja va dasturda aks ettirilgan usullarni tanlashda mustaqil hisoblanadi, lekin o’z ishining natijalari uchun mazkur umumiy reja va mazkur dasturga muvofiq to’liq mas’uliyat his etadi.
Auditorlik tashkiloti bajarayotgan rusum-qoidalarning natijalarini umumiy reja va dasturni tayyorlash paytida batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki mazkur natijalar auditni rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va butun audit jarayoni davomida ishlatilishi mumkin.
Tahliliy amallar audit tomonidan auditning butun jarayoni davomida o’tkaziladiki, bu narsa uning sifatini oshiradi va ketadigan mehnatni kamaytiradi. Tadqiqotlar mobaynida ular boshqa auditorlik tadbirlar bilan uyg’unlashgan holda bajarilishi mumkin. Tahliliy amallarni bajarish quyidagilardan iborat: tadbir maqsadini aniqlash, tadbir usuli tanlovi, tadbirni bevosita o’tkazish va natijalar tahlili.
Auditni rejalashtirish bosqichlarida tahliliy amallar auditorga tashkilot faoliyati o’ziga xosligini aniqlash, noodatiy yoki hisobotda noto’g’ri aks etgan faktlarni, qo’shimcha diqqatni talab etuvchi yuqori darajadagi tavakkalchilik jabhasini aniqlash imkonini beradi.
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o’tkazish bo’yicha:
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati vakolatli davlat organi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda amalga oshiradi
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati tavakkalchilik-tahlili natijasi va auditorlik tashkiloti tomonidan “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonun talablarining buzilishlarini sodir etish tavakkalchiligi darajasini baholash yakunlari bo’yicha o’tkaziladi.
Tavakkalchilik darajasini tahlil qilish vakolatli davlat organi tomonidan har yili 1 fevralga qadar amalga oshiriladi, bundan auditorlik tashkiloti yoki auditorning harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan hollar mustasno.
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o’tkazishda auditorlik tashkilotining moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi.
Vakolatli davlat organida va auditorlarning respublika jamoat birlashmalarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar, shuningdek auditorlik tashkilotining hamda auditorlarning ishchanlik obro’si to’g’risidagi axborot asosida quyidagi holatlar bo’yicha tavakkalchilik darajasining tahlili amalga oshiriladi:
auditorlik tashkiloti tomonidan “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonunning 27 va 29-moddalari talablariga rioya etilishi;
auditorlik tashkilotining “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonun talablarini buzadigan harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari mavjudligi;
auditorlik tashkilotining muassislari (ishtirokchilari) tarkibida ilgari auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunchilikni buzganlik uchun faoliyati tugatilgan auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo’lgan jismoniy shaxslarning mavjudligi;
auditorlik tashkiloti ishi sifatining avvalgi tashqi nazorati yakunlari bo’yicha past baho olganligi.
|
| |