|
BUDJETGA TO‘LOVJAR BO‘YICHA GARZLARNI HISOBGA OLISH
|
bet | 14/98 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #255557 |
Bog'liq Buxgalteriya hisobiBUDJETGA TO‘LOVJAR BO‘YICHA GARZLARNI HISOBGA OLISH
Budjet bilan hisob-kitoblar budjetga to‘lanishi lozim bo'lgan soliq turlari bo'yicha yuritiladi. Toiovlaming turlari va hajmi 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. To‘lov turlari quyidagilarga ajratiladi. .
Korxona foydasidan to‘lanadigan foyda (daromad) solig'i.
Ishchi va xizmatchilaming ish haqidan ushlab qolinadigan daromad solig'i.
Realizatsiyaga olib boriladigan QQS, aksiz solig‘i.
Moliyaviy natijalarga olib boriladigan jarima, iqtisodiy sank- siyalar va boshqalar.
Наг bir to'lov tun uchun to‘lov muddati va soliq inspeksiyasiga hisobot topshirish muddati belgilangan.
Budjet bilan hisob-kitoblar passiv 6410-«Budjet to'lovlari yuzasidan qarzlar» schyotida hisobga olinadi. Sintetik va analitik hisobi to'lov turlari bo'yicha 8-jumal orderda yuritiladi.
Budjet to'lovlari hisobiga quyidagicha schyotlar aloqasi belgilanadi.
t/r
|
Muomalalar mazmuni
|
Schyotlar aloqasi
|
D
|
К
|
1
|
Tayyor mahsulotlami, tovarlami, bajarilgan ish va xizmatlami sotishda QQS summasi hisoblandi
|
4010
4110
|
6410
|
2
|
Mahsulotlami sotish jarayonida hisoblangan turli ajrat- malar, yig'imlar va soliqlar bo'yicha budjetga ajratmalar hisoblandi
|
9430
|
6410
|
3
|
Mehnat haqi summasidan daromad solig'i hisoblandi
|
6710
|
6410
|
4
|
Dividendlardan daromad solig'i ushlandi
|
6610
|
6410
|
5
|
Budjetga soliq to‘lovlar o'tkazildi
|
6410
|
5110
|
TURLI DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN
HISOB-KITOBLAR
■ Debitorlar bilan har xil muomalalar bo'yicha hisob-kitoblar aktiv 4800-«Turli debitorlaming qarzlarini hisobga olish schyotlari»da aks ettiriladi. Schyotning debetida olinadigan foizlar va dividendlar, olinadigan moliyaviy lizing bo'yicha joriy toriovlar, boshqa shaxslaming majburiyatlari, royalti (litsenziya) va gonorarlar, kreditida esa debitorlik qarzlarini uzish bo'yicha mablagriaming hisob-kitob schyotiga kelib tushishi aks ettiriladi.
Kreditorlar bilan har xil muomalalar bo'yicha hisob-kitobar 6900- «Turli kreditorlardan qarzlami hisobga olish schyotlari» da yuritiladi.
Korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzaga kelishining asosiy sababi - hisob-kitoblarda toriovlar muddati yoki sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir. Bunga har qanday holatda ham yo‘l qo‘yiladi. Agarda mahsulot ortib jo‘natish orqali sotiladigan borisa, bunda to‘lovlar amalga oshish sanasiga qadar majburiyat, qarz sifatida aks ettiriladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini undirish muddati 3 oy yoki 90 kun qilib belgilangan. Ushbu muddatdan so‘ng debitorlik va kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi va ulaming holati bo'yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik shartlari (ma’muriy va moliyaviy) belgilanadi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida yuridik shaxslar o'rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar o‘rtasida ham 3 yil muddat belgilangan. Ushbu muddatda to‘lanmagan, undirib olinmagan majburiyatlar, qarzlar korxonaning foyda va zararlari hisob-kitobida qayd etiladi. Muddati origan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari davlat tomonidan nazoratga olinadi. Muddati orikazib yuborilgan kreditorlik majburiyatlari korxona foydasiga qo'shiladi va umumiy asosda soliqqa tortiladi. Muddati origan debitorlik majburiyatlarini zararga olib borish soliqqa tortiladigan foyda summasini kamay- tirmaydi.
Da’volar bo‘yicha hisob-kitob 4860-«Da’volar bo'yicha olinadigan schyot (to'lovlar)» da yuritiladi. Bu schyot mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga bildirilgan e’tirozlar, shuningdek, ularga taqdim etilgan va tan olingan jarimalar, penyalar va beqarorliklar bo'yicha hisoblashishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo'ljallangan.
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyaviy va tezkor lizinglar bo‘yicha olinadigan to‘lovlar, foizlar va dividendlar, royalti (royalti - bu sotuvchiga litsenziya shartnomasida belgilangan ma’lum narsani ishlatish huquqi uchun davriy to‘lovlar) va gonorar (gonorar - bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha mukofot va rag‘batlantirishlar) bo'yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslaming qarzlari (joriy qismi) hisobga olinadi. Bu muomalalaming hisobi 4800- «Turli debitorlaming qarzlari hisobi» bo‘yicha ochilgan (4810, 4820, 4840 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi.
Korxonaning turli kreditorlardan bo'lgan qarzlari tarkibiga moliyaviy va tezkor lizinglar bo'yicha to‘lanadigan to'lovlar, tegishli foizlar va dividendlar, royalti va gonorar bo‘yicha to'lanadigan schyotlar, hisobdor shaxslardan bo‘lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. В unday muomalalaming hisobi 6900-«Turli kreditorlardan olingan qarzlar va boshqa majburiyatlar hisobi schyoti» bo‘yicha ochilgan (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va 6990) schyotlarda aks ettiriladi.
43, 40, 63, 65, 47, 67, 48, 69, 41, 61-schyotlar bo‘yicha tahliliy hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Quyida bu qaydnomaning shakli ko'rsatilgan:
|
| |