• To‘lov talabnomasi
  • Buxgalteriya hisobi




    Download 2,16 Mb.
    bet10/98
    Sana28.05.2024
    Hajmi2,16 Mb.
    #255557
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi

    1/ To‘lov topshiriqnomasi korxonaning o'ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z schyotidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig'i hisob- lanadi.' Bunda to‘lovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriq- noma taqdim etadi.
    i Topshiriqnomalar yozilgan kun — 1 kun davomida amal qiladi./-
    Tomonlaming kelishuviga ko‘ra topshiriqnomalarga asoslangan to‘lovlar muddatli, muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan bo'lishi mumkin.
    у Muddatli to‘lov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi:

    • bo‘nak to'lovi, ya’ni tovarlami yuklab jo'natish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan oldin;

    • tovar yuklab jo‘natilganidan so‘ng, ya’ni tovami to‘g‘ridan to‘g‘ri akseptlash yo‘li bilan;

    • yirik bitimlarda qisman to'lovlar.

    To‘lov talabnomasi hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol yetkazib beruvchi (yuk jo'natuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning to'lovchiga muayyan summani bank orqali to'lash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga oladi.
    To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va to'lovlami ta’minlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi.
    To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni oluvchi unga xizmat ko'rsatuvchi bankka inkassa uchun to’lovchidan muayyan summani bank orqali to‘lash talab qilingan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi.
    To'lovchilarning akseptli yoki akseptsiz talabli hisob-kitoblari korxonalar o'rtasida yuklab jo'natilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun, boshqa to'lovlar bo'yicha esa - amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llanadi, talabnomada mazkur to'lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak.
    Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan kunning ertasiga to‘lanadi.
    To'lovchi unga xizmat ko'rsatadigan bank muassasasiga mazkur bank muassasasi talabnomani olgan kundan so‘ng 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunni hisobga olmaganda, akseptdan voz kechishi to‘g‘risida aytish huquqiga ega.
    Zarurat tug‘Uganda korxonaning so'roviga binoan bank muassasasi rahbari talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi mumkin.
    Inkassa topshiriqnomalariga binoan to'lovlar hisobi korxonalar schyotlaridagi mablag'larni ular roziligisiz hisobdan o‘chirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi: budjetga to‘lovlar bo‘yicha boqimandalar, jarimalami undirishda va mablag‘lami hisobdan o'chirishning so'zsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilaming farmoyishlari bo'yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo'yicha. /
    Mablag'larni schyotlardan so'zsiz tartibda hisobdan o‘chirish undiruvchilaming to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
    Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasidan oladi. Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar, kasallik varaqasi bo'yicha nafaqalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo'jalik xarajatlari uchun naqd pullami bank cheki asosida korxonaning hisob- kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi. x
    Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko'rsatilgan naqd pul summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyohda yoki sharikli ruchkada to'ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining nomi, shuningdek, olingan summaning nima maqsadda ishlatilishi ko'rsatiladi.

    Download 2,16 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98




    Download 2,16 Mb.