|
Buxgalteriya hisobi
|
bet | 6/98 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #255557 |
Bog'liq Buxgalteriya hisobiMaterial bo‘limi. Bu yerda sotib olingan material qiymatliklari, material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar, materiallami saqlash va foydalanishi bo‘yicha kirimi hamda sarflanishi hisobi yuritiladi.
Hisoblashish bo‘limi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi.
Ishlab chiqarish-kalkulyatsiya bo‘limi. Bu bo‘limda barcha turdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlaming haqiqiy tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.
Umumiy bo‘lim. Bu bo‘limda yuqorida sanab o'tilgan bo'lim- larda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi.
Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har xilliligiga muvofiq ravishda ulaming tuzilmasi ham har xil bo'ladi.
Korxona buxgalteriyasi mustaqil bo‘lim hisoblanib, uning bir nechta hisob ishlari bilan shug'ullanuvchi bo‘linmalari bor. Ayrim katta korxonalarda taftish-metodologik guruh ham tashkil qilinadi. Bular buxgalteriya apparati xodimlariga ko'rsatmalar berish, yozma yo‘riq- nomalar tayyorlash, muayyan korxonaga qarashli hamma tarmoqlami taftish qilish va buxgalterlaming malakasini oshirish bilan shug'ullanadi.
HISOB YIJRITISH SIYOSATI
Hisob yuritish siyosati deganda, xo'jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qo'llaniladigan usullar majmui tushuniladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydala- nuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy bo'lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlaming moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo‘nalishi bo‘yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllan- tirilishida O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to’g’risi- dagi qonun hujjatlarini qo’llash lozim.
Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta’sir etadi:
mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;
faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysinuvi;
ishlab chiqarish ko’lami hamda ishchi xodimlar soni;
soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);
bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;
moliya-xo’jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;
boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;
korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimi mav- judligi;
buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining tashabbuskorligi;
moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javob- garlik tizimi.
Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning
yanvaridan boshlab qo‘llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo’jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo’jalik yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o’zgartirilmaydi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMAning 16—50-bandlarida va «Moliyaviy hisobomi tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi kerak.
BO'LEM MAVZULARI YUZASIDAN
NAZORAT SAVOLLARI
Korxonalar buxgalteriya hisobiga qanday vazifalar qo'yiladi va bu vazifalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday yondoshiladi?
Nima sababdan har bir korxona o'zi uchun alohida hisob yuritish siyosatini tuzib chiqadi?
Buxgalteriya hisobining qanday funksiyalarini bilasiz?
Korxona buxgalteriya hisobining asosiy vazifalarini sanab o‘ting.
Buxgalteriya hisobining tashkiliy-huquqiy asoslari buxgalteriya hisobining qanday milliy andozalariga asoslanganligini ayting.
Korxona rahbarining huquqlari nimalardan iborat?
Korxona rahbarining majburiyatlari nimalardan iborat?
Korxona bosh hisobchisining huquqlari nimalardan iborat?
Korxona bosh hisobchisining majburiyatlari nimalardan iborat?
Korxonalarda buxgalteriya xizmatini tashkil qilish tartibi qanday?
|
| |