• BUXGALTERIYA HISOBINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
  • Korxonalarda buxgalteriya hisobining vazifalari




    Download 2,16 Mb.
    bet3/98
    Sana28.05.2024
    Hajmi2,16 Mb.
    #255557
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi

    Korxonalarda buxgalteriya hisobining vazifalari korxona ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar- dan tashkil topadi:

    1. Belgilangan reja topshiriqlari bajarilishini o‘z vaqtida aks ettirish va nazorat qilish.

    2. Moddiy mehnat va moliya resurslaridan samarali va to‘g‘ri foydalanish.

    3. Ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ishga solish.

    4. Korxona rahbari va ma’muriyatini hamda yuqori tashkilotlami zarur hisobot ma’lumotlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash.

    5. Korxona mulkchiligining xavfsizligini ta’minlash.

    6. Iqtisodiy tartibning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish.

    1. BUXGALTERIYA HISOBINING TASHKILIY-HUQUQIY

    ASOSLARI
    Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab bozor iqtisodiyoti talablari va moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma- bosqich isloh qilib kelinmoqda, ushbu islohotni iqtisodiy, fuqarolik- huquqiy sohada yuz berayotgan jarayonlar va buxgalteriya hisobi bobida xalqaro miqyosda uyg'unlashtirish zaruriyati taqozo etdi.
    Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga tasarrufida mavjud boigan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to‘g‘risida xolis va asoslangan qaror qabul qilishi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati to‘g‘risida axborot to’plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylandi.
    Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo‘yiladigan talablar tubdan o’zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqa- rorligini oshirishga imkon beradigan yo‘llami ko’rsatib berishi, iqtisodiy tahlil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya’ni moliyaviy menejment bilan shug’ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me’yoriy- huquqiy hujjatlami bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin.
    Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me’yorlar yordamida boshqarishning 4 darajali tizimini ko‘zda tutadi.

    Download 2,16 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




    Download 2,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonalarda buxgalteriya hisobining vazifalari

    Download 2,16 Mb.