Bekzod Ibroximov
JIDU
XIM fakulteti 2-bosqich talabasi
Bekzodibroximov6@gmail.com
Abstrakt: Ushbu maqolada Sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kiruvchi va hozirda mustaqil bo’lgan davlatlarning mustaqillikdan oldingi va keyingi iqtisodiy faoliyati bayon etilgan. Shuningdek, postsovet mamlakatlari iqtisodiyotidagi umumiy va farqli tomonlari yoritilgan.
Kalit so’zlar: SSSR, Bozor iqtisodiyoti, Post-Sovet, MDH, inflatsiya, Geosiyosat, Xalqaro suvlar, Investitsiya, Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Jamg’armasi, Valyuta, YEOI, byurokratiya, korrupsiya, integratsiya, makroiqtisodiyot, fiskal siyosat,
Sobiq Sovet Sotsialistik Respublikasi1 1991-yilga kelib parchalanish oqibatida uning hududida 15 ta suveren respublikalar paydo bo’ldi. Bu davlatlar oldin SSSR tarkibidagi avtonom respublikalar bo’lib asosiy vazifasi xomashyo yetkazib berishdan iborat bo’lgan. Shunday ekan, ushbu avtonom davlatlar mustaqillikga erishgandan so’ng iqtisodiy faoliyatini qanday olib borayotganligi to’g’risida savol tug’ilishi tabiiy. Ayni shu masala ushbu davlatlar mustaqillikka erishgan paytda yangi davlat boshqaruvchilarining oldida turgan va zudlik bilan yechilishi zarur bo’lgan masalalardan biri edi. Davlatlar bunday tarixiy sharoitda qanday yo’l tutishdi?
Endilikda mustaqillik bo’lgan davlatlar oldida yechilishi kerak bo’lgan juda ko’plab muommolar bor edi. Ular esa “Bozor iqtisodiyoti”2 ga o’tishga qaror qiladi va kelajakdagi faoliyatini shu asosida qurish uchun tayyorlanadi. Bu davlat korxonalarini xususiylashtrish va iqtisodiyotda davlat rolini kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy-siyosat olib borish edi. Ayni shuning natijasida ko’plab Postsovet mamlakatlarida3 mustaqillikka erishilgandan so’ng keng ko’lamda xususiylashtrish ishlari olib borildi.
SSSR- sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922—91-yillarda mavjud boʻlgan davlat. Tarkibi 15 ta davlatdan iborat bo’lgan.
Bozor iqtisodiyoti- bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. (https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2022/04/Otaniyozov.O.O-1.pdf)
Postsovet mamlakatlari - Jahon xaritasida SSSRning parchalanib va yoʻqolib ketishi oqibati oʻlaroq uning hududida XX asrning 90-yillari boshida qator mustaqil davlatlar tashkil topdi. Ular MDH davlatlari deb ham ataldi.
Taqqoslash uchun, Sobiq Ittifoq davrida iqtisodiyotda davlatning o’rni juda katta edi va muntazam ravishda kuchli nazorat qilib borilgan. Bozor iqtisodiyoti tablaridan eng muhimi erkin iqtisodiyot va shu sababli ham davlatlar bosqichma-bosqich iqtisodiyotni erkinlashtirish, unda davlatning ro’lini kamaytirish, aholining tadbirkor qatlamini oshirish maqsadida ishlar olib borildi va bu jarayon hali ham davom etmoqda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, MDH1 davlatlari asosan xomashyo yetkazib berish bilan shug’ullanganligi va ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish deyarli rivojlanmaganligi, davlatlarning mustaqillikka erishggandan so’ng iqtisodiy tanazzulni boshdan o’tkazishiga sabab bo’ldi. Bu tanazzuldan davlatlarning tabiiy boyliklarga boylik daajasi, geografik joylshuvi va iqtisodiy faoliyatiga qarab turli vaqtda va xolatda chiqib ketishdi.
Asosiy muommolardan biri bu inflatsiya2 edi. Davlatlarning bu muommoni turli usulda hal etishga urinishlari oqibatida vaziyat biroz yaxshilangan bo’lsada, bu muommo MDH davlatlarida haligacha kuzatilyotganini ko’rishimiz mumkin. Misol uchun O’zbekistonda inflatsiya darajasi 11.2 foiz (2020)
Bundan tashqari, Geosiyosiy3 muommolar ham anchagina aktual mavzulardan hisoblanadi. Misol qilib, O’zbekiston Respublikasining Xalqaro suvlarga4 chiqish imkoniyati yo’qligi, davlatning iqtisodiyotiga sezilarli darajda ta’sir ko’rsatmoqda. Shuningdek, janubdan Afg’oniston bilan chegaradoshligi va mintaqadagi suv muommosi hal etilishi kerak bo’lgan muommolardan biri hisoblanadi. Tabiiy resurslarga boylik darajasi ham bu davlatlarda turli xilligi ularning iqtisodiy rivojlanishiga yordam bermoqda yoki yetarli darajada yordam berolmayapti.
MDH- davlatlararo tashkilot. 1991-yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan
Inflatsiya- Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi
Geosiyosat- geografik siyosat — siyosatshunoslikdagi nazariya. Geosiyosat atamasi muayyan bir mamlakat oʻrni, tabiiy boyliklari, iqlimi va boshqa geografik omillarining davlat tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va hokazoga) muayyan taʼsirini ifodalash uchun ishlatiladi.
Xalqaro suvlar- xalqaro huquqda ular okeanning biron bir qirg'oq davlatiga tegishli bo'lmagan qismidir. Aytish joizki, qirg'oq chizig'i bo'lgan mamlakatlar tomonidan qonun bilan va huquq bilan amalga oshirilgan hududiy chegaralardan keyin qit'alarni bir-biriga bog'laydigan okeanlarning bir qismi.
( https://uz.warbletoncouncil.org/aguas-internacionales-1107)
Post-Sovet davlatlarining iqtsodiy tizimida bir qancha o’xshashliklar mavjud. Misol uchun, Post-Sovet davlatlarida, xususiy sektorlar rivojlanishiga katta e'tibor qaratildi. Bu sohalarga masalan, gaz va neft sanoati, metallurgiya, tekstil sanoati, turizm, informatika va yuqori texnologiyalar, oziq-ovqat sanoati kabi sohalar kiradi. Bundan tashqari, bu davlatlarida korrupsiya xolatlari ham ko’p kuzatiladi va bu ko’rsatkich bo’yicha ular o’rtachadan quyi pog’onani egallashgan. Shuningdek, MDH davlatlari investitsiyaga1 katta e’tibor qaratgan va uning uchun yetarli shart- sharoitlar qilib qo’ygan. Chunki iqtisodiy rivojlanish davrida investitsiya juda muhim omil sanaladi va davlatlarnin iqtisodiyotida muhim rol o’ynaydi. MDH davlatlari Xalqaro, masalan, Xalqaro Valyuta Jamg’armasi2, Jahon Banki3 kabi tashkilotlardan yordam olib turishi ham ularning umumiy jihatlariga kiradi. Post-Sovet davlatlari o'zaro valyuta4 siyosatini o'zgartirish, o'zaro valyuta kurslarini ta'kidlash va o'zaro valyuta almashishini boshladilar. Bu, tijorat munosabatlari va xalqaro tijoratni osonlashtirishga yordam berdi.
Post-Sovet davlatlarining iqtisodiyotidagi farqlarga keladigan bo’lsak, hamma MDH davlatlari ham bir xil iqtisodiy faoliyat yuritmaydi, chunki ularning geografik joylashuvi, tabiiy resurslari va boshqaruv siyosati turlicha. Iqtisodiy farqlar MDH davlatlarining har birida unikal o'zgarishlar va iqtisodiyotning o'ziga xos jihatlari tufayli paydo bo'lgan. Masalan, energetika resurslari, qishloq xo'jaligi, tadbirkorlik va investitsiyalar va hokozo. Qishloq xo'jaligi sohasida ham farqlar mavjud. Ba'zi davlatlar bugungi kunda esa qishloq xo'jalikda katta o'zgarishlarni o'rganib chiqishlari bilan ajralib qolganlar. Energetika resurslarining o'lchovini oshirish yoki pasaytirishda ham farqlar mavjud. Bu o'rtacha MDH davlatlarining iqtisodiyotlarida katta o'zgarishlarga sabab bo'lgan masalalardan biri. Tadbirkorlik va investitsiyalar sohasida har bir davlat o'zining iqtisodiy siyosatini o'zgartirib, chet ellik investitsiyalarni jalb etishga harakat qilgan. Bu tadbirkorlikni oshirishga tayangan davlatlar muvaffaqiyatga erishishlarida farqli tezlikda harakat qildilar.
Investitsiya- iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish)
Xalqaro Valyuta Jamg’armasi - xalqaro tashkilot boʻlib, makroiqtisodiy siyosat yurgizadi, butunjahon moliyaviy tizimini nazorat etadi.
Jahon Banki - Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi.
Valyuta - mamlakatning pul birligi va uning turi (oltin, kumush, qogʻoz)
Post- Sovet mamlakatlarining eng zaif nuqtasiga keladigan bo’lsak bu siyosiy tizim hisoblanadi. Siyosiy tizimdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarlicha harakat qilinmasligi, amaldorlarning o’z mavqeini saqlab qolish uchun hamma narsaga tayyorligi va demokratiya tushunchasi faqat og’zaki nutqlarda ishlatilishini hisobga olsak, nega ushbu davlatlar haligacha qoloqligicha qolib ketayorganligini tushunish qiyin emas. Mamlakatlarda korrupsiya shu qadar tomir olib ketgaligi sababli sog’lom raqobatni uchratishning deyarli imkoni mavjud emas. Hokimiyatning bir guruh shaxslar qo’lida to’planishi, ularning manfaatiga zid qarorlar va islohotlarning oldini olishi tabiiy holat. Davlat boshqaruvidagi kamchiliklar davlatning iqtisodiy holatini yaxshilashga to’sqinlik qilishi va o’z navbatida aholi turmush darajasi oshmasligi va bu esa o’z navbatida mamlakatlarda migratsiya darajasi kuchayishiga olib keladi. Aholining mehnatga layoqatli va qobiliyatli qismi chet elga chiqib ketishi natijasida sifatli kadrga bo’lgan talab qondirilmay qolaveradi. Davlat boshqaruvidagi barcha sohalardagi korrupsiya, xususan, Oliy va O’rta ta’limning pasligi davlatlar kelajagi uchun jiddiy xavf xatar tug’diradi.
Yuqorida keltirilgan muommolar albatta o’z yechimi toppishi juda qiyin, lekin tarixdan ma’lumki bunday muommolardan chiqib ketgan va rivojlanishga erishgan davlatlar mavjud. Mamlakatlarda shaxslar emas tizim barcha ishni hal qilar ekan bunday muommolar yechilmay qolmaydi. Inson omili aralashgan joyda albatta kamchiliklar bo’ladi va bu xato va kamchiliklar katta oqibatlarga olib kelmasligi uchun yaxlit bir tizim yaratilishi, davlat boshqaruvi tubdan isloh qilinishi va chet el tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi degan fikrdaman.
Postsovet respublikalarining siyosiy manzarasi ularning iqtisodiy tizimlarini shakllantirishda hal qiluvchi rol o'ynadi. Sovet Ittifoqining parchalanishi bu xalqlarning turli siyosiy hududlarda harakat qilishini ko'rdi va bu ko'plab qiyinchiliklar va imkoniyatlarga olib keldi.
|