Post – Sovet davlatlarining iqtisodiy holati bo’yicha aholing qarashlari
Aholining mavzu yuzasidan mavjud bilimlarini tekshirish va ularning fikrini aniqlash maqsadida kichik so’rovnoma o’tkazildi va unda 20 dan ziyod aholi qatnashdi. Asosan talabalardan tashkil topgan qatnashchilar “Post Sovet davlatlarining iqtisodiy holatini qanday baholaysiz?”, “Sizningcha Post Sovet mamlakatlarida iqtisodiy tomondan yetakchi davlatlar bilan raqobatlashish uchun yetarlicha imkoniyatlari mavjudmi?”, “Ko'p sonli Post Sovet mamlakatlari iqtisodiyotida
qaysi sektor muhim ro'l o'ynaydi deb o'ylaysiz?” ,“Ko'p sonli Post Sovet davlatlarining iqtisodiy qoloqlik sababi nimada deb o'ylaysiz?” , “Sizda Post Sovet davlatlari iqtisodiy faoliyatida o'zgartirishlarni amaga oshirish imkoni bo'lganda, aynan qanday o'zgarihlarni amalga oshirar edingiz? Yoki, qanday yangilik joriy qilgan bo'lar edingiz?” kabi savollarga o’zlarining fikrlarini keltirib o’tishi. Natijalar shuni ko’rsatadiki 92,3% qatnashuvchi Post-Sovet mamalakatlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega va ularning tahminan 70% qismi Post-Sovet mamlakatlarining iqtisodiy holatini o’rtadan past deb baholaydi.
Shuningdek, grafikda ko’rinib turganidek ushbu davlatlar dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga chiqish uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega deb baholandi. Bunga asosiy sabab qilib, ushbu mamlakatlarining tabiiy boyliklarga egaligi, aholi soni yetarliligi va eng asosiysi siyosiy tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish orqali erishish mumkin degan g’oyaning mavjudligini olish mumkin.
Shuningdek, so’rovnoma davomida eng bahsli holat ishtirokchilarning Post-Sovet mamlakatlarining iqtisodiyotidagi bugungi kundagi eng muhim sektorni aniqlashda kuzatildi. Ishtirokchilarning eng ko’p ovoz bergan sektorlari (Qishloq xo’jaligi va Yer isti boyliklari) 30,8% ni tashkil etdi va ishtirokchilar tomonidan eng past baholangan sektor bu energiya sektori bo’ldi. Ammo bugungi kunda ushbu davlatlarda eng muhim ro’l o’ynovchi sektor energiya (neft, tabiiy gaz va boshqalar) hisoblanadi. Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston, Ozarboyjon va O’zbekiston kabi davlatlar energiya resurslariga juda boy hisoblanadi va ushbu davlatlar Post-Sovet mamlakatlari ichida ham bu ko’rsatgich bo’yicha yuqori o’rinlarni egallab turadi.
Shuningdek so’rovnomada mamlakatlarning mustaqillikka erishgandan so’ng “Bozor Iqtisodiyoti” ga o’tganligi ham tahlil qilindi. Ishtirokchilardan ijobiy va salbiy oqibatlari hamda BI* ga o’tishga asosiy sabablari ham so’raldi.
*-Bozor Iqtisodiyoti
Ishtirokchilarning katta qismi BI ga o’tishni foydali deb hisobladi va ularning fikricha tarixiy sharoit aynan shuni taqozo qilar edi. Ya’ni kommunizm o’zini oqlamagandan so’ng mamlakatlar BI ga o’tishga majbur bo’lishdi deb hisoblaydi.
Ishtirokchilar siyosiy tizim eng asosiy to’siq deb hisoblaydi. Ya’ni noto’g’ri va juda ham korrupsiyaga boy siyosiy tizimni o’zgartirish lozim deb hisoblaydi. Shuningdek kichik va o’rta biznesni qo’llab quvvatlash davlatlarning rivojlanishiga sabab bo’ladi deb hisoblaydi. Shuningdek ulardan qanday o’zgartirishlar kiritilishi haqida so’ralganda, ta’lim sohasini isloh qilish , diniy erkinlikni ta’minlash, eksport sohasini rivojlantirish , ishlab chiqarishni qo’llab quvvatlash, xususiy sektorni rivojlantirish va monopollashuvni to’xtatish kabi javoblar olindi. Demak, ushbu davlatlarda yuqorida keltirilgan muommolar o’z yechimi topgandan so’ng iqtisodiy rivojlanish kuzatilishi va aholining turmush darajasi oshishiga erishish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Sovet Ittifoqi parchalanishi natijasida mustaqillikka erishgan davlatlar iqtisodiy faoliyati bir biriga biroz yaqin ekanligini ko’rishimiz mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek bu davlatlarning bir biriga o’xshash va farqli jihatlari mavjud. Maqolada esa bularning eng asosiylari keltirilib o’tildi va tahlil qilindi. Maqolada shuningdek Post-Sovet mamlakatlarining kuchli va zaif tomonlari keltirilib o’tildi. Bu mamlakatlarning siyosiy tizimi isloh qilinishi zarur bo’lgan eng muhim masala sifatida keltirilgan bo’lsa, korrupsiya, eskitdan qolgan ba’zi muommolar ham o’z yechimi topishi kerak bo’lgan masalalar hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu davlatlarning yutuqlari ham maqolada tahlil qilindi. Ularga ushbu malakatlarining tabiiy resurslarga boylik darajasi, iqtisodiy faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlarni keltirishimiz mumkin. Misol qilib, mustaqillikka erishgandan so’ng ko’pgina davlatlar “Bozor Iqtisodiyoti”ga o’tganligi ularning iqtisodiy faoliyatini tubdan o’zgartirib yubordi. Mamlakatlardagi olib borilgan keng miqyosdagi xususiylashtirish ishlarini ham alohida etiborga olish zarur. Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida, tadbirkorlarga erkinlik yaratish va mamlakatda sog’lom raqobat yaratish maqsadida ko’plab ishlar amalga oshirildi va ular ham o’z navbatida natija berdi. Post-Sovet mamlakatlari Sobiq Ittifoq davridagi vazifalari nuqtai nazaridan mustaqillikka erishganda bir muncha qiyinchilikka uchragani va bulardan ma’lum darajda qutulib ketganligini hisobga oladigan bo’lsak, mamlakatlar ba’zi yaxshi qarorlar qabul qilganligini ko’rishimiz mumkin. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, ushbu davlatlarning imkoniyatlari yetarlicha katta va oqilona qarorlar va tizim orqali yuqori darajadagi rivojlanishga erishish ehtimoli mavjud. Shuni ham ta’kidlash joizki, Post-Sovet mamlakatlari Xalqaro Tashkilotlar bilan aloqalarni ham yo’lga qo’ydi va bu o’z navbatida ushbu davlatlarning xalqaro miqyosda savdo sotiq ishlarni amalga oshirish va iqtisodiy rivojlanishga erishish imkonini berdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.( https://uz.warbletoncouncil.org/aguas-internacionales-1107)
2. (https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2022/04/Otaniyozov.O.O-1.pdf)
3. https://verfassungsblog.de/challenging-the-post-soviet-label-and-colonial-mindsets/
4. https://kun.uz/uz/88088241
5. https://www.scielo.org.mx/scielo.php?script=sci_arttext&pid=S1405-91932020000100003
6. https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/10/uzbekistan/
7. https://www.jstor.org/stable/2960397
8. https://www.imf.org/external/pubs/ft/fandd/1998/09/exeter.htm
|