• Matematik qobiliyat
  • Pedagogik qobiliyat
  • Kasbiy motivatsiya
  • Qobiliyatlarning turlari va belgilari




    Download 1,21 Mb.
    bet60/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Qobiliyatlarning turlari va belgilari. Texnik qobiliyat- texnikani egallashga va texnika fanlarini o’zlashtirishga bo’lgan qobiliyat. Belgilari: texnikaga, texnika ijodiyotiga bo’lgan qiziqish, mashina va stanoklarda asboblar bilan ishlashga intilish, fizika, ximiya, matematika, chizmachilik va shu kabi muvaffaqiyat bilan o’zlashlirish. Matematik qobiliyat - fikrlashning matematik metodlarini egallash qobiliyati. Belgilari: matematikaga bo’lgan qiziqish, mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyati, matematik bilimlarni muvaffaqiyatli egallash va shu kabilar. Tashkilotchilik qobiliyati - qandaydir bir ishni qila olish va odamlarni uyushtira olish mahorati. Belgilari: Odamlar bilan tezda til topib ketish, odam psixologiyasini tushunish, odamlar o’rtasida mehnatni to’g’ri taqsimlay olish, o’z vazifasini halol bajarish, tirishqoq bo’lish, o’z xatti-harakatlariga tanqidiy qarash va shu kabilar. O’qituvchi uchun pedagogik qobiliyat juda muhimdir.
    Pedagogik qobiliyat - o’qitish va ta’lim-tarbiya berish maqsadida boshqa bir kishiga ta’sir ko’rsatish qobiliyati. Pedagogik faoliyatga qiziqish, bolalarni sevish, bolalar jamoasini uyushtira bilish mahorati, nutqning ravon va ishontira oladigan bo’lishi, talabchanlik, xushmuomalalik, adolatlilik, xolis niyatli bo’lish va shu kabilar kiradi. Shuningdek, o’qituvchida irodaviy sifatlar bo’lishi uning kompetensiyasini namoyon bo’lishida yordam beradi, ya’ni: dadillik, qat’iyatlilik, intizomlilik, o’ziga va o’z kuchiga ishonish, o’zini idora qila bilish, og’ir-vazmin bo'lish singari fazilatlarni rivojlantirishga ham harakat qilish kerak. Mana shu sifatlarning hammasi birga qo’shilib mehnatga, ya’ni kasbiga bo’lgan qobiliyatni ta’minlaydi,
    Kasbiy motivatsiya - kasbga tegishli vazifalarni bajarish va kasb tanlashni belgilovchi, atrof, borliq omillari, kasbga yo’naltirishga oid faoliyat ta’sirida shakllanuvchi mayldan iborat. O’qituvchining kasbiy kompetensiyasi bazasi shundan iboratki, ta’limiy, rivojlantiruvchi muhitni tashkil qila olishi ko’nikmasiga ega bo’lish kerakki, ta’lim oluvchilarda bilim, ko’nikma malaka shakllantirish. Ta’lim jarayoni shunday tashkil etilishi lozimki, bunda ta’lim oluvchilarda qiziqish ortsin, shu bilan birga o’ylash va munozara yuritish, dolzarb savollarni qo’ya olish, mustaqil tafakkurni shakllantirish, g’oyalar yaratishga o’rgatish, turli xil nuqtai nazarlarni aytish ko’nikmasini shakllantirish.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qobiliyatlarning turlari va belgilari

    Download 1,21 Mb.