|
Buxoro davlat pedagogika instituti
|
bet | 57/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiqarashlardan holi bo’lgan holda amalga oshirishga intilish, ijodiy qiyinchiliklarga tayyor bo’lish hamda bu boradagi yutuqlarga, ijodiy jarayonlarga intilish, topilgan yechimlardan qoniqish hosil qilish. Bunda yetakchi motivator - o’zining yangi yechimlarini topishga qiziqish, ijodiy faoliyatini tashkil etishga intilishdir. Masalan, Kasb ta’limi (Xizmatlar sohasi va Libos dizayni) ta’lim yo’nalishlarda ixtisoslik fanlariga doir Tikuvchilik buyumlarini loyihalash va modellashtirish asoslari” fanida o’qituvchi bakalavrlarga buyumlarni loyihalashning yangicha uslublaridan foydalanish bilan bir qatorda, electron adabiyotlar, shuningdek, internet tizimidan oqilona foydalanishga oid bilimlar beriladi, ya’ni talabalarda ijodkorlik hamda yangilikka intilish motivlari shakllantiradi.
Intellektual salohiyat quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- fikrlash turlari (ijodiy, nazariy va amaliy bilish kabilar);
fikrlash metodi (obrazli va ko’rgazmali fikrlash, fikrning asoslanganligi);
- intellektual sifatlar (zehnlilik, moslashuvchanlik, tanqidiy fikrlash, aqliy (fikriy) harakat qila olish va hokazolar);
-- bilish jarayonlari (diqqat, tasavvur, xotira, idrok), fikrlash jarayonidan (tahlil, sintez, tizimlashtirish, rasmiylashtirish, aniqlashtirish, talqin qilish va boshqalar), bilish ko’nikmalari (masalani qo’ya olish, uni tahlil qilib muammoni shakllantirish, farazni olg’a surish, uni asoslash, xulosalar chiqarish, bilimlarni qo’llay olish va hokazolar);
- bilimlami o ’zlashtirish ko’nikmalari (asosiy bilimni ajratib olish, rejalashtirish, maqsadni belgilash, bir maromda o’qish va yoza olish,asosiy o ’rinlami qayd etish (konspektlashtirish) va boshqalar);
- fanlardan tashqari o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalar (axloq va umuminsoniy qadriyatlar to’g’risidagi tasavvurlari, hayotiy qarashlari va hokazolar);
- fanlar borasidagi gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, matematik, tabiiy ilmiy, umumkasbiy va maxsus bilim, ko’nikma va malakalarining yaxlit tizimni egallaganlik.
Barcha rasmiy hujjatlar asosida o'qituvchi axborot va ma’lumotlarni uzalishga, bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga intiladi. Didaktik tamoyillar ham o'z mohiyatiga ko’ra shu maqsadlarga xizmat qiladi. Demak, intellektual salohiyat - fikrlashning ligi (nostandart yechimlar qabul qiluvchi shaxsning botiniy qobiliyati), muammoli ta’lim ko’nikmalarini egallaganligi (muammoni ko’ra bilish, uni shakllantirish, muammoni hal etish yo’llarini topish va hokazolar), moslashuvchanligi hamda tizimliligi, ijodiy tasavvur, modellashtirish, loyihalash, bashorat qilishga, yangi g’oyalarni topishga moyillik. Irodaviy sifatlar maqsadning ongli ravishda belgilanashi bilan tavsiflanadi Irodali insonga maqsadga intiluvchanlik, ichki va tashqi to’siqlarni, jismoniy va aqliy zo’riqishlarni yenga olishlik, o’zini tuta bilishlik va tashabbuskoriik xislatlari xosdir. Demak, irodaviy sifat - izlanish davomida, modellashtirish hamda o’quv va kasbiy vazifalarni hal qilish uchun o’z faoliyat yo’lini yaratishda iroda sifatlarini namoyish qilish. Ixtisoslik fanlarida berilgan individual topshiriqlarni - murakkab fasonli buyumlarni modellashtirishda talabaning irodaviy sifatlari va izlanish faoliyatlari shakllanadi. Hissiy sifatlar nafaqat hissiyoifar balki, o’z-o’zini baholash sifatlari bilan ham tavsiflanadi. Shu sababli pedagogik maqsadlarni belgilashda hissiy sifatlami shakllantirish va rivojlantirishga e’tibor berish juda muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni:
- o’z hissiyotlarini boshqarishning zarariy malakalarini shakllantirishni e’tiborga olish;
- o’zining aniq hislari (qahr, g’azab, bezovtalik, arazlash, hasad, hamdardlik, uyalish, mag’rurlik, qo’rqish, ko’ngilchanlik, muhabbat va boshqalar)ni boshqarishga o’rgatish;
- o’z hissiy holatlarini va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni tushunishga o'rgatish.
Demak, hissiy sifatlar - izlanuvchanlik, kashfiyot va ixtirolarni amalga oshirishga xos hissiyotlarning namoyon bo’lishi, o’quv hamda kasbiy faoliyatda ijodiy yechimlarni topish yo’lida ziyrak bo’lishdir. Amaliy ko’nikmalar o’zida psixologik, pedagogik, metodik va texnik texnologik qobiliyatlar, amallar, individning faoliyat va muloqotning turli sohalardagi ko’nikmalarni mujasssamlashtiradi. Bo’lajak o’qituvchida amaliy ko’nikmalarni shakllantirishda uning mehnat mahsuli (uning miqdoriy xususiyatlari va talablari), mehnat predmeti (mehnat jarayonning to’g’ri bajarishda hisobga olinishi lozim bo’lgan material xususiyatlari), mehnat qurollari (mashina, qurilma, asbob va moslamalar) hamda mehnat jarayonining mohiyatini (u tarkib topadigan barcha harakatlar) to’laqonli anglashi shuningdek, ularning vazifani to’g'ri bajarishini ta’minlovchi harakatning obyektiv shartlari deb bilishi zarur. Demak, amaliy ko’nikmalar - atrofdagilarga g’ayrioddiy bo’lgan xulq egasi bo’lish (yangi axborotlar ichida tez yo’nalish topa olish, noan’anaviy yechimlar izlash, fikrlash, harakat va amaliyotning atrofdagilar uchun kutilmagan yo’nalishda o’zgarishi). Masalan, bo’lajak kasb ta'limi o’qituvchisi biror yangi modeli yaratishda moda jurnallaridan, internet yangiliklaridan oqilona foydalanib, yangi, takrorlanmagan biror modelni yaratishga intilish undagi individuallikni namoyon qiladi. O’z-o’zini boshqara olishi maqsadlarni va ularga erishish vositalarini tanlashdagi erkinlik; vijdonlilik, o’z faoliyatiga tanqidiy yondashuv, harakatlarning keng qamrovliligi va anglanganligi, o’sha xulqini boshqalarniki bilan qiyoslab borish, keiajakka ishonch, o’z jismoniy va psixologik holatini talab darajasida tutib turish va boshqara olish kabilar bilan tavsiflanadi. Demak, o’z-o’zini boshqara olishi - ijodiy jarayonda refleksiya qila olish qobiliyati, o’z fikrlarini zarur yo'nalishda boshqara olish, yangi yechimlar, g’oyalar topish imkonini beruvchi manbalarga intilish, o’z ijodiy faolligini ta’minlash uchun mustaqil ravishda sharoit yarata olish. Yuqori kurs talabasining o’ziga berilgan topshiriqni to’la bajarishi, yarimmodel yaratganda - uning zamonaviyligi, mo’ljallangan gavdaga mosligi, modelga gazlama to’g’ri tanlanganligi, modellashtirish bosqichlarining aniq bajarilganligi, tikish jarayonining maqbul usullarini tanlanganligi talabaning ijodkorligini, yangi yechimlar va g’oyalar topa olishda mustaqil ishlay olishini ko’rsatadi. Ilmiy tadqiqot ishlarining tahlilidan shaxsning kasbiy shakllanganlik darajasini ifodalovchi ikkita asosiy mezonni ajralib ko’rsatish mumkin:
|
| |