• Pedagogik qarashlarda quyidagi formula amal qiladi
  • Noto‘g‘ri qarashlarni o‘zgartirishning usullaridan bir nechtasini (A.I. Kochetov) quyida keltiramiz




    Download 1,21 Mb.
    bet87/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Noto‘g‘ri qarashlarni o‘zgartirishning usullaridan bir nechtasini (A.I. Kochetov) quyida keltiramiz:
    1. O‘smirlarni boshqalar bilan o‘zini qiyoslab ko‘rishga uni qiziqarli odamlar bilan yaqindan tanishishni yo‘lga qo‘yish usulidan (o‘ziga o‘xshamagan bolalar bilan uchrashtirish) foydalanish mumkin.
    Masalan, bola o‘sishni xohlamaydi, uning tanishi ko‘p o‘qiydi, ko‘p narsani biladi, lekin yodlab oluvchi, «maqtanchoq» emas.
    2. Kelajakda noto‘g‘ri qarashlar nimaga olib kelishi mumkinligini misollar orqali ko‘rsatish yo‘li bilan (shunday kamchiliklarga ega bo‘lgan odam oxir oqibatda o‘z hayotini barbod qildi, vijdon, or-nomusni yo‘qotib, o‘zini juda kuchli deb hisoblasada, aslida kuchsiz bo‘lib chiqdi) ishontirish zarur.
    3. Tarbiyalanuvchi (noto‘g‘ri qarovchi)ga o‘z fikrini isbotlashga imkon berish kerak. So‘ngra uning keltirgan dalillari noto‘g‘riligini isbotlab berish kerak.
    - noto‘g‘ri qarashlarni yo‘qotish uchun pedagogning o‘zidagi axloqiy fazilatlarni boladagi noto‘g‘ri xulqqa qarama-qarshi qo‘yish. Bola qo‘pollik qilsa, o‘qituvchi muloyimlik bilan javob berishi kerak;
    - noto‘g‘ri qarashlarni yo‘qotish uchun shunday bolalarda imkoniyatlarini uning qarashlariga qarshi qo‘yish kerak.
    Masalan: yaxshi sportchi bo‘lish uchun albatta «2» baho olish shart emas, balki ko‘plab o‘qish, shug‘ullanish, mashq qilmoq kerak;
    - noto‘g‘ri qarashlarni unga ishonch bildirish, yordam berish orqali ham yo‘qotish mumkin. (Qanday yordam berishim mumkin?, Senga nima bo‘ldi?, Biror yering og‘riyaptimi? )
    - noto‘g‘ri qarovchilarga nisbatan ochiqchasiga kurash olib borish.
    - ishonch odamda uchta komponentlardan tashkil topadi: bilim, his-tuyg‘u, xulq.
    Pedagogik qarashlarda quyidagi formula amal qiladi:

      • tushundim;

      • hayajonlanyapman;

      • qabul qildim;

      • bunga amal qilaman.

    Bularning birontasi inkor etilsa, tarbiya samarasi juda past bo‘ladi.
    Ishontirishga qo‘yiladigan talablar bilim, qarashlar va xulq normalari tizimi sifatidagi ishontirishni ularni shakllantirish usullari sifatida ishontirishdan farq qilish kerak. Ishontirish orqali yangi qarashlarga munosabatlar shakllantiriladi.
    Ishontirishning ko‘rinishida munozaralar, suhbatlar, o‘qituvchi hikoyasi va o‘qituvchi shaxsiy namunasi muhim rol o‘ynashi ma’lum darajada ta’sirchan bo‘lishi uchun, u qator talablarni qoniqtirishi kerak:
    1. Ishontirish mazmuni va shakllari shaxsning yoshi, rivojlanish darajasiga qarab borishi kerak.
    Masalan: kichik maktab yoshida ertak, voqeiy fantastik hikoyalar, keyinchalik borliq, dunyoni o‘rganish, insonning ma’naviy dunyosini o‘rganish asosida.
    2. Ishontirish umumlashgan prinsiplar va qoidalarni o‘zida mujassamlashtirmog‘i hamda aniq faktlar, misollarni o‘z ichiga olishi zarur. Kichik maktab yoshida ko‘rgazmali obrazlarning roli qimmatlidir.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noto‘g‘ri qarashlarni o‘zgartirishning usullaridan bir nechtasini (A.I. Kochetov) quyida keltiramiz

    Download 1,21 Mb.