• Pedagogik faoliyatda qobiliyat.
  • Buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 1,21 Mb.
    bet84/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    O‘qituvchining mahorati kitobdagini auditoriyaga, sinfga yetkazuvchi emas, egallagan bilimlarni o‘zlashtira olishi o‘ziniki qilishida dunyoga o‘zining nuqtai nazaridan qarashlari tarzida bayon etilgan bo‘lishi kerak.
    Pedagogik kasbiy bilim asosida uning xatti-harakati va tutishlarining asosiy prinsiplari va qoidalari, ya’ni pedagogik ongi shakllanadi. Bu prinsiplar, qoidalarni har bir pedagog o‘zining tajribasi asosida yaratadi, lekin ularni tushunib yetish, qonuniyatlarini ko‘ra bilish faqat doimiy izlanish, o‘rganishni talab etadi. Bu esa ilmiy bilimlarni egallash orqali amalga oshiriladi. O‘qituvchining ta’lim berishidagi qiyinchiligi kasbiy yaroqlikni egallashning murakkabligi shundaki, kasbiy bilim, birdaniga bir necha darajada, sohada shakllanadi:
    a) metodologik (falsafa qonunlarini bilish, tarbiya maqsadini belgilash zaruriyatini anglab yetish) soxasida;
    b) nazariy (pedagogika, psixologiya qonunlarini, prinsip qoidalarini faoliyat formalarini bilish) bilimlar sohasida;
    d) metodik (o‘quv - tarbiya jarayonini modellashtirish, konstruksiyalash darajasini o‘zlashtirish) bilimlarni o‘zlashtirishda;
    e) texnologik (aniq sharoitda ta’lim va tarbiyaning amaliy vazifalarini yechish darajasini o‘zlashtirish) sohasida shakllanadi.
    Bu esa tajribali pedagogdan yetarlicha rivojlangan kasbiy fikrlashning keraklisini ajratib ola oladigan, pedagogik maqsadga erishishda egallangan bilimlar tahlili va umumlashtira oladigan, ularning texnologik tarzda ko‘rsata oladigan bo‘lishni talab etadi.
    Mahoratni egallashdagi tezlik pedagogik bilimlarning o‘sishini to‘la ta’minlay olmaydi. Albatta, oliy o‘quv yurtida a’loga o‘qiyotgan talabaning pedagogik amaliyoti doimo ham muvaffaqiyatli o‘tavermaydi. Muvaffaqiyatli faoliyatni ta’minlovchi mazkur shaxsning o‘ziga xos tomonlari kasbiy o‘sishga turtki beruvchi qobiliyat ham bor.
    Pedagogik faoliyatda qobiliyat. U (qobiliyat) pedagogik faoliyat muvaffaqiyatiga yordam beruvchi psixik jarayonlarning sodir bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Bu masala bir qator tadqiqotchilarning izlanishlarida o‘z aksini topgan (F.N. Gonobolin, «O nekotorix psixicheskix kachestvax lichnosti uchitelya», jurnal «Voprosi psixologII», № 1 1975. N.V. Kuzmina. Ocherki psixologII truda uchitelya. L. 1967. V. N. Kruteskiy. Psixologiya. M. 1980 g. Str 345.).
    Mohir o‘qituvchi o‘z ishini, asosan, amalga oshirilishini ta’minlaydigan eng asosiy qobiliyatlarni ajratib olishimiz kerak. Barcha yetakchi qobiliyatlarni birlashtirayotgan yetakchi qobiliyat bu o‘smoqda bo‘lgan avlod - obyektga nisbatan sezgirlik, xushyorlikdir. (N.V.Kuzmina). Yuqorida sanab o‘tilgan mualliflarning olib borgan tadqiqotlariga tayanib, pedagogik faoliyatning quyidagi oltita yetakchi qobiliyatlarini sanab o‘tish mumkin:
    - kommunikativlik (muomala qila olish qobiliyati) odamlarga yaqinlik, xushmuomalalik, e’tiborlilik;
    - kasbiy ziyraklik, pedagogik intuitsiya, perseptiv qobiliyat;
    - shaxs dinamizmi - irodaviy ta’sir va mantiqiy ishonchga qobiliyatlilik;
    - emotsional turg‘unlik - o‘zini qo‘lga ola bilish qobiliyati;
    - optimistik prognoz qilish (ishonch bilan oldindan ko‘ra bilish);
    - ijodkorlikka qobiliyat.
    Pedagogik faoliyatga, boshqa ko‘rinishdagi qobiliyatlar kabi, kasbiy bilim egallash jarayoni qanchalik tez sodir bo‘layotganini kelgusi pedagog pedagogik faoliyatning yo‘l, usul va vositalarini qanchalik chuqur va puxta egallab borayotganiga qarab ham bilish mumkin. Bizningcha, o‘zining qobiliyati qanchalik ekanligini, kommunikativlikdan, ya’ni muomala qila olish qobiliyatini tekshirib ko‘rishdan boshlash mumkin.
    Umuman, bunday qobiliyatni hamma ham egallaydi. Lekin u har xil namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi uchun kommunikativlikning past darajasi pedagogik faoliyat muhitini buzadi, o‘quvchilar bilan munosabatlarda to‘siqlarni keltirib chiqaradi. Demak, tahlil qilib ko‘rish kerak, ko‘pchilik bilan bo‘lishni xohlaysizmi (har kuni ular bilan uchrashib turish), suhbatlarga intilishi, yangiliklarni baham ko‘rish - fikr almashishi. Pedagogik faoliyatda ijodkorlikka qobiliyat o‘qituvchining kasbiy shakllanishi qanchalik tez ketayotganiga qarab ham belgilanadi. Xushmuomalalik o‘zida muomala qilishga xohish va ehtiyojnigina qamrab olmasdan balki kommunikativlik jarayonidan qoniqish hosil qilishni ham o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar bilan umuman, odamlar bilan samimiy munosabat va ular bilan ishlashdan qoniqish hosil qilish pedagogning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. O‘z ustida ijodiy ishlash uchun quvvat beradi.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 1,21 Mb.