• Tashkilotchilar
  • Internetdan foydalanish madaniyati hamda internet orqali tarqatilayotgan behayolik, ma`naviyatsizlik va xavfsizlikga tahdid
  • Imomova Sh.M.
  • Kamolova N.I.
  • Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o’qituvchilari Imomova Shafoat Maxmudovna




    Download 4,46 Mb.
    Sana06.01.2024
    Hajmi4,46 Mb.
    #131055
    Bog'liq
    Bayonnoma san\'at maktabi


    Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o’qituvchilari
    Imomova Shafoat Maxmudovna va Kamolova Nilufar Ilhomovna tomonidan Buxoro shahridagi O’zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi tassarrufidagi Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o’qituvchi va o’quvchilariga Internetdan foydalanish madaniyati hamda internet orqali tarqatilayotgan behayolik, ma`naviyatsizlik va xavfsizlikga tahdidmavzusida o’tkazilgan mahorat darsi
    BAYONNOMASI
    29.11.2023 yil Buxoro shahridagi O’zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi tassarrufidagi
    Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati
    Tashkilotchilar: Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o`qituvchilari Imomova Sh.M. va Kamolova N.I.
    Qatnashdilar: Buxoro shahridagi O’zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi tassarrufidagi Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o`qituvchilari va o`quvchilari.
    29.11.2022 sanada Buxoro shahridagi O’zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi tassarrufidagi Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o`qituvchilari va o`quvchilari uchun Buxoro davlat universiteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o`qituvchilari Imomova Sh.M. va Kamolova N.I.tomonidan tashkil etilgan “Internetdan foydalanish madaniyati hamda internet orqali tarqatilayotgan behayolik, ma`naviyatsizlik va xavfsizlikga tahdid” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
    Interenet kun sayin har bir tashkilot, ijtimoiy muassasa, o’quv yurtlari, xonadonimizga kirib kelmoqda. Respublikamizda internetdan foydalnuvchilar soni hatdan tashqari yoshlar hisobida ortib bormoqda. Umumjahon miqyosida olganda ham bu miqdorni sezish mumkin. Ko’pchilik yoshlar hayotiy tasavvurga etarlicha ega bo’lmasa-da, ammo axborot vositasiga aylanib qolmoqda. Bu taajjubsiz holatki, chunki yoshlar o’zlariga referat yoki kurs ishi izlab, musiqa eshitish, o’ziga yoqqan kitobni sotib olish yoki forum mavzularini jonli mushohadalarida ishtirok etish orqali internetga kirib bomoqdalar.
    Imomova Sh.M. so’zga chiqib Internet ta’lim olish, dam olish yoki do’stlar bilan muloqot qildishning ajoyib va foydalasi vositasi bo’lishi mumkin. Ammo hayotga real ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, tarmoq o’z o’rnida xavfdan ham xoli emas: uning ham o’ziga xso bezoriligi, jinoiy olami, zarari va nomaqbullik tomonlari mavjud. Virtual muloqot insonlarga bolalarga zarar keltiruvchi manba bo’lib qolishi ham hech gap emas. Oxirgi paytlarda Internetda ko’pgina tajovuzkor va ijtimoiy xavfli materiallar paydo bo’lib qolmoqda.
    Katta yoshdagilar bolalarni ushbu xavflardan asrash uchun internetdan foydalanishlariga e’tibor qaratishlari muhimdir. Virtual olam insonni manipulatsiya qilmoqda. Manipulatsiya – bu fikriy qaramlik orqali o`ziga bo`ysundirish demakdir. Hozir bolalar yoki o`smirlarning internet-kafeni “ikkinchi uyi”ga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, onlayn o`yinlarini o`ynovchilar ham asosan o`smirlardir. O`smirlik shaxsning fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o`ziga xos davr hisoblanadi. Agar shu davrda o`g`il yoki qiz agressiv ruhdagi onlayn o`yinlariga berilsa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.



    Kamolova N.I. so’zga chiqib Internetda foydalanuvchilar uchun eng katta tahdid ularning shaxsiy ma`lumotlari boshqalarning qo`liga tushishi yoki oshkor qilinishi xavfi hisoblanadi.
    Biz onlayn xizmatlardan foydalanganimizda, ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali muloqot qilganimizda ko`plab shaxsiy ma`lumotlarimizni internetga kiritamiz. Bular shaxsiy suratlar, bank yoki moliya ma`lumotlari, sog`liqqa oid ma`lumotlar, do`stlarimiz bilan o`zaro maxfiy yozishmalarimiz yoki email va ayrim saytlarga kirish uchun ishlatiladigan login va parollar bo`lishi mumkin. Odatda, bu ma`lumotlarning xavfsiz saqlanishini onlayn xizmatni taqdim etuvchi saytlar ta`minlaydi, ammo shunday holatlar ham bo`ladiki, bu ma`lumotlaringiz istalmagan uchinchi bir tomon qo`liga o`tib qolishi va ular bu ma`lumotlardan g`arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin.
    Moddiy zararga bir misol. Agar elektron pochtangizga kelgan shubhali maktubdagi havolani bosib, uni ochsangiz va natijada shaxsiy ma`lumotlarni o`g`irlashni maqsad qilgan zararli dastur kompyuteringizga o`rnashib olsa, u kompyuteringiz va elektron pochtangizdagi barcha shaxsiy ma`lumotlarni ko`chirib, ushbu dastur ortida turgan shaxslarga jo`natishi mumkin. O`g`irlangan ma`lumotlar orasida bank va kredit karta ma`lumotlari bo`lishi mumkin va ulardan foydalangan holda kiberjinoyatchilar pulingizni o`marishi turgan gap.

    Virus va zararli dasturlar hujumidan saqlanish uchun, odatda, maxsus himoya dasturlaridan foydalaniladi. Ammo bu kabi tahdidlarga qarshi eng yaxshi himoya vositasi – internet gigienasiga rioya qilishdir. Ya`ni, internetdan to`g`ri foydalanish qoidalarini bilsangiz va shubhali manbalarni ishonchli saytlardan farqlay olsangiz hamda ularga duch kelganda nima qilish lozimligini bilsangiz, kiber xurujlar qurboni bo`lishingiz ehtimoli juda kam.



    Mahorat darsi so’ngida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga o’qituvchilar tomonidan javob oldilar


    Buxoro shahridagi O’zbekiston Respublikasi
    Badiiy Akademiyasi tassarrufidagi Buxoro
    ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati
    o`qituvchilari va o`quvchilari. I. Q.Barakayev
    Download 4,46 Mb.




    Download 4,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o’qituvchilari Imomova Shafoat Maxmudovna

    Download 4,46 Mb.