• 10-modda. Professional ta’lim
  • 11-modda. Oliy ta’lim
  • Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
  • -modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya




    Download 5,39 Mb.
    bet2/6
    Sana04.06.2024
    Hajmi5,39 Mb.
    #259877
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-mavzu (3)

    8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya

    Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.

    Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.

    Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.

    10-modda. Professional ta’lim

    Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi:

    • boshlang‘ich professional ta’lim;
    • o‘rta professional ta’lim;
    • o‘rta maxsus professional ta’lim.
    • Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.

    11-modda. Oliy ta’lim

    Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.

    Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.

    Oliy ta’limdan keyingi ta’lim


    Download 5,39 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 5,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya

    Download 5,39 Mb.