Bilimlarni yetkazish shakliga ko’ra




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114
Bog'liq
bosh

 
Bilimlarni yetkazish shakliga ko’ra: 

Og’zaki bayon qilish metodlari 

Ko’rgazmali metodlar 

Amaliy metodlar 
Og’zaki metod:
Ta’lim metodlari tizimida muhim o’rin 
tutadigan metod bo’lib, o’zi ham quyidagi turlarga bo’linadi: 

hikoya 

suhbat 


47 

tushuntirish 

ma’ruza 
Ko’rgazmali metod: samarali metodlardan biri hisoblanib
zamonaviy ta’limning asosini tashkil etadi. 
Ko’rgazmali metod 5 turga bo’linadi: 

Namoyish 

Tasvirlash 

Sayohat 

Kino 

Grafik ishlar 
Amaliy ishlar metodi: Nazariy bilimlarimizni amalda tatbiq etish 
uchun eng zarur metod hisoblanadi. 

Mashq 

Laboratoriya 

Amaliy ishlar 
Og`zaki bayon qilish metodi ikki formada mavjud bo’lishi 
mumkin:
1. Monologik bayon qilish, bunda faqat o’qituvchi gapiradi, 
o’quvchilar esa uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo’l mehnati 
darslarida tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj ko’rinishida 
bo’ladi. 2. Dialogik bayon bo’lib bu o’qituvchi va o’quvchilarning 
o’zaro suhbatidir. 
Hikoya qilish – bu programma materialini jonli va obrazli bayon 
qilishdir. Bu holda yangi bilimni o’qituvchining o’zi beradi. Ba’zan 
suhbat davomida o’quvchilar tushuntirilayotgan narsalarni qanchalik 
o’zlashtirayotganliklarini aniqlash maqsadida ularga savollar bilan 
murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agarda bajarilgan ishlar, 
natural namunalar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni ko’rsatib 
qilinsa, 
anchagina 
tushunarliroq 
bo’ladi. 
Bu 
o’rinda 
tushuntirayotganingda – ko’rsat, ko’rsat va tushuntir degan qoida 
bajariladi. Yangi materialni bayon qilishda o’quvchilarning bir xil 
emasligini nazarda tutish lozim.
O`qituvchi hikoyasi quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
U mazmuniga ko’ra – programmada nazarda tutilgan barcha 
o’quv materialini aniq va to’liq qamrab olishi kerak; 
Bayon etilish shakliga ko’ra – aniq, tushunarli, mantiqiy, iboralari 
sodda bo’lishi zarur; 


48 
Material qiziqarli va o’quvchilarning fikrini aktivlashtiradigan, 
diqqatini yangilikning asosiy elementlariga jalb qiladigan bo’lishi 
lozim; 
Hikoyada o’qituvchi o’quvchilarbop fakt va tushunchalarga 
asoslanishi lozim. Nutq sodda va aniq bo’lmasa o’quvchilarning 
hikoyaga, keyinchalik predmetga bo’lgan qiziqishi so’nishi mumkin. 
O`qituvchi hikoyasida o’quvchilarning nutqini yangi so’zlar bilan 
boyituvchi atamalar bo’lishi, ularning ma’nosini shu vaqtning o’zida 
tushuntirmog`i shart; 
Hikoya qilinayotgan materialni saralash maxsus reja asosida 
amalga oshiriladi. O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq 
belgilab oladi, asosiy tushunchalarga alohida urg’u berib, hikoyani 
qisqa va o’quvchilarda his-hayajon, mavzuga qiziqishini uyg’otib 
borishi lozim, o’qituvchida albatta aktyorlik qobiliyati bo’lishi, 
hikoyani obrazga kirib, o’quvchilar e’tiborini jalb qila olish malakasi 
mukammal bo’lishi kerak. 
Instruktaj – texnologiya fanining samarali metodlaridan biridir. 
Instruktajning 
maqsadi 
o’quvchilarning amaliy faoliyatlarini 
uyushtirish va yo’naltirish orqali ularning amaliy bilim, ko’nikma va 
malakalarga ega bo’lishlarini hamda ularda mehnatga ongli ijodiy 
yondashishni tarbiyalashni ta’minlashdir. Instruktaj olgan o’quvchiga 
ishning maqsadi va usullari ravshan bo’lishi kerak. Instruktajning 
vazifasi o’quvchilarga texnologik jarayonni ongli va to’g`ri 
rejalashtirishni o’rgatishdan iboratdir. 
Instruktaj olgan o’quvchilar: 
ishni ratsional usullarda va to’g`ri 
izchillikda bajara bilishlari, mehnatni tashkil etishning belgilangan 
formalari va xavfsizlik texnikasi qoidalarini amalga oshirishlari, yo’l 
qo’yilgan xatolarni ish jarayonida tuzatishlari va ularning paydo 
bo’lish sabablarini bartaraf eta bilishlari kerak. 
Og`zaki instruktaj suhbat yoki hikoya qilish metodi orqali 
berilishi mumkin. Suhbat va hikoya qilish jarayonida ham predmetlar 
yoki ish usullari namoyish etilishi mumkin. Grafik ishlar texnik 
mehnatni o’rgatishda muhim o’rinni egallaydi. Biror narsaning 
chizmasini chizishga butun bir dars, ba’zan ikki dars bag`ishlanadi. 
Shuning uchun texnik texnologiya darslarida chizmani chizishga 
kirishishdan oldin, chizmachilikda o’quvchilarni programma asosida 


49 
chizmalarni bajarish uchun zarur bo’lgan elementlari bilan tanishtirish 
lozim. 
Chizmani tayyorlashga kirishishdan oldin masshtabning qanday 
belgilanishini chizg’ichlar yordamida amalga oshirish zarur. 
Chizmalar daftarda emas, balki chizmachilikka mo’ljallangan 
albomda bajariladi. Chizmaning butun texnik texnologiya fani 
darslarida bitta albomda bajarilgani qulay, maqsadga muvofiqdir. 
O`quvchilarning chizmalarini muntazam tekshirish va baholab borish 
kerak. Chizmalarni qoralama qog`ozlarga chizish tavsiya etilmaydi. 
Chizmani bevosita albomga toza qilib chizishga odatlantirish kerak. 
O`qituvchi o’quvchilardan chizma va yozuvlarni aniq, ravshan va 
tartibli bajarishlarini talab qilishi lozim. Chizmani aniq bajarmay 
turib, o’quvchilarga chizmani materialga to’g`ri ko’chirishga, 
chizmani o’qishga o’rgatib bo’lmaydi; qo’l mehnati darslarining 
asosiy vazifasi esa ana shundan iboratdir. 
O`qituvchi ish sifatini o’quvchilarning albomlarni qanday 
tutganligi bilan baholashi mumkin. 
Amaliy ishlar o’quvchilarga egallagan bilimlarini amalda 
qo’llashni o’rgatishda yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini 
o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzishlari katta ta’limiy-tarbiyaviy 
ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarning o’quvchilar tomonidan 
bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu egallangan 
bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. 
Laboratoriya ishlari ta’limning turli bosqichlarida bo’lishi 
mumkin. Laboratoriya ishlarining o’tkazilishi egallangan bilimlarning 
ishonarlilik kuchini oshiradi, bilimlarni mustahkamlashga yordam 
beradi, ularni amalda qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi. 
Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham 
o’tkazilishi mumkin. Ushbu jarayonda o’quvchilarda mas’uliyatni his 
etish, kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi. Laboratoriya ishlari 
o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol va turli texnikaviy 
qoliplardan 
foydalangan 
holda 
tajribalar 
o’tkazish metodli 
hisoblanadi. Amaliy ishlarning laboratoriyalardan farqi shundaki, 
nazariy bilimlar majmuyini amalda qo’llash faoliyatini tashkil etadi, 
olingan bilimlar chuqurlashtiriladi, nazorat qilinadi, kamchiliklar 
tuzatiladi. 
Amaliy mashg’ulot quyidagi 5 bosqich asosida tashkil etadi. 


50 
1. O’qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy 
jihatdan anglash; 
2. Ko’rsatma va yo’l-yo’riq berish; 
3. Tajribani tashkil etish: (bunda 2-3 nafar o’quvchi amalda 
bajaradi, qolganlari bu faoliyatni kuzatib boradi); 
4. Faoliyatni tashkil etish: (topshiriq mustaqil bajariladi, 
qiynalgan o’quvchilarga e’tibor qaratiladi); 
5. Nazorat (o’qituvchi tomonidan ishning sifati kuzatilib, 
baholanadi). 
Mustaqil ishlar
 
– bu o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq 
uning topshirig`i bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan 
ishlardir. Bu o’rinda o’quvchilar o’zlarining intilishlarini qo’llab 
hamda aqliy va jismoniy harakatlarining natijalarini u yoki bu 
formada ifodalab, topshiriqda qo’yilgan maqsadga ongli ravishda 
erishishga harakat qiladilar. 
Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish kerakki, 
o’quvchilar qo’l mehnatini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy 
malakalar o’rtasida uzviy aloqa bo’lishi kerakligini his etsinlar. 
O`quvchilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan holda 
bo’lmasligi kerak. 
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan 
birga o’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan 
o’tkazadilar. 
Mustaqil ishlarning keng qo’llanilishi o’quvchilarda ishga ijodiy 
yondashishni, ulardagi bilishga, qiziqishlarni, olingan bilimlarni 
amalda qo’llay bilishni rivojlantirishga yordam beradi. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish