Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114
Bog'liq
bosh

Kasblarning turkumlari
. Mehnatning maqsadi odam faoliyati 
mazmunining muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Mehnatning 
maqsadlari xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ularni uchta katta 
gruppaga: bilish, o’zgartirish, o’ylab topish guruhlariga bo’lish 
mumkin. Mehnatning maqsadiga qarab kasblarni uch turkumga ajratib 
ko’rsatish mumkin. 
1. Gnostik kasblar (G). Bu kasblarning nomi lotincha «gnozis»—
bilim, bilish degan ma`noni anglatuvchi so’zdan olingan. Agar siz 
aqliy mehnat (ya`ni bilib olish, gnostik mehnat) bilan faqat ish stolida, 
xonada shug’ullanish mumkin deb o’zingizga odat bo’lib qolgan 
tarzda o’ylaydigan bo’lsangiz, u holda bunday fikrdan voz kechishga 
to’g’ri keladi. Bilish, o’rganish mehnati bilan bog’liq bo’lgan 
ko’pgina kasblar mavjud bo’lib, ular bilan bevosita moddiy ishlab 
chiqarish jarayonida shug’ullanishga to’g’ri keladi. Masalan, 
nazoratchilar, sortga ajratuvchilar, pirometristlar ana shunday 
kasbdagi kishilardir. 
2. O’zgartiruvchi kasblar (P). Juda ko’p kasblar mehnat 
predmetlarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’ladi. 


81 
Odamning o’zgartiruvchi faoliyati faqat buyumlargagina qaratilib 
qolmay, shu bilan birga energiya turlariga, axborotlarga, jarayonlarga, 
ijtimoiy hayotning tuzilishiga qaratilgan bo’lishi ham mumkin. Mana, 
bunga faqat birgina misol keltiramiz. Yetakchi o’quvchilarni 
uyushtirdi va ular ko’chat o’tqazishda faol ishtirok etdilar. Mana shu 
misolda faqat tabiatning o’zgarganligi to’g’risida gapirish kifoya 
qilmaydi. Bu yerda eng muhimi bolalarning mehnatga, bir-birlariga 
bo’lgan munosabatlari o’zgaradi va hokazo. 
3. Tadqiqotchilik kasblari (I). Mazkur turkumning nomi izoh 
berishni talab qiladi. Bu nomga qarab, mazkur kasb qidiruv ishlari 
bilan (masalan, geologik qidiruv ishlari bilan) yoki ilmiy tadkiqotlar 
bilan, albatta, bog’liq kasb bo’lsa kerak, deb o’ylamaslik kerak. Bu 
yerda o’zgartiruvchi turkumga yaqin bo’lgan kasblar to’g’risida gap 
boradi. 
Mazkur turkumdagi kasbda qilinadigan mehnatning maqsadi-
qandaydir bir noma`lum narsani, buning ustiga ko’pincha cheklangan 
bir vaqt sharoitida qidirishdan iborat bo’ladi. 
Kasblarning bo’limlari va guruhlari
Kasblarning bo’limlari. Mehnat vositalariga qarab kasblar 
bo’limlarga bo’linadi. 
1. Qo’l mehnatidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar (Q). 
Mazkur 
kasbda 
ishlovchi 
kishilar 
qo’l 
mehnatidan 
va 
mexanizatsiyalashtirilgan 
mehnat 
qurollaridan 
foydalanadilar. 
Masalan, otvyortka, skalpel (jarrohlik pichog’i), shtixel (yog’ochga 
yoki metallga oyib gul solish asbobi), reysfeder, tortsovka 
(boyoqchilar cho’tkasining bir xili), elektr drel, bo’yoq purkagich, 
pnevmatik otboyka bolg’asi va hokazolar ana shunday ish quroli 
hisoblanadi. 
2. Qo’lda boshqariladigan mashinalardan foydalanish bilan 
bog’liq bo’lgan kasblar (M). Boshqacha qilib aytganda, ularni ham 
mashinada, ham qo’lda ish bajariladigan kasblar deyish mumkin — 
tokar, frezerchi, kran mashinisti, keng profildagi traktorchi-mashinist, 
elektrovoz mashinisti va boshqalar ana shunday ham qo’l mehnati, 
ham mashinadan foydalaniladigan kasblar qatoriga kiradi. Bunday 
kasblarda ishlaydigan kishilardan faqat texnologik bilimlarga ega 
bo’lish talab qilinmasdan, shu bilan birga ulardan qo’l mehnati 
malakasiga ega bo’lish ham talab qilinadi. 


82 
3. Avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalardan, apparatlardan 
foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar (A). Avtomatlashtirish 
darajasiga qarab ishlayotgan kishining zimmasiga har xil vazifa 
tushishi mumkin. Bu vazifa umuman agregatni va uning ta`miri bilan 
bog’liq bo’lgan ishlarni boshqarishdan tortib o’sha agregat ishini 
kuzatib turish va agar zarurat tug’ilsa, kerakli mutaxassisni 
chaqirishgacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga oladi. Mazkur kasb 
bo’limining vakillari prokat stanining operatori, energosistema 
dispetcheri, kimyo ishlab chiqarishi apparatchisi, avtomatik liniyalar 
operatori, po’lat quyuvchi va boshqalardir. 
4. Funksional vositalar, mehnat qurollari ko’proq talab 
qilinadigan kasblar (F). Bu yerda odam xulq-atvoridagi funksional 
vositalar va uning nutqidagi ana shunday vositalar, ya`ni imo-
ishoralar, tovushlar, so’zlar, jumlalarning talaffuz qilinishi, ma`no 
tashuvchi va emotsional intonatsiyalar, pauzalar, yuz mimikasi 
mehnat quroli rolini bajaradi. Bu bo’limga: o’qituvchi, tarbiyachi, 
san`atkor, aktyor, xor yoki orkestr dirijori singari kasblar kiradi. 
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida 
belgilangan tartibga va harakatlat izchilligiga rioya qilish kerakligini 
muntazam tushuntirib borish bilan birga bo'ladigan ko'p marta mashq 
qilishlar 
natijasida 
tarkib 
topadi, 
o'quvchilarda 
ana 
shular 
takomillashib boradi. 
Odam organizmi ham funksional vosita rolini bajarishi mumkin 
(balet artisti; sport pedagog-murabbiyi, ashulachi, sirk akrobati). 
Mana shu kasblarni egallagan kishilar uchun o’z xotirasida juda 
ko’p qoidalarni, ma`lumotlarni saqlab qolish qobiliyati, o’z-o’zini 
nazorat qilish va o’z-o’zini boshqarish qobiliyati xarakterli bo’ladi.

Download 7,65 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish