Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114
Bog'liq
bosh

 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
O`quvchilarni texnologiya darslariga qiziqtirishda siz qanday 
usullardan foydalanardingiz? 
2.
Xalq merosida mehnat an`analarining o`rni haqida gapirib 
bering. 
3.
Mehnat an`analarining vazifasi nimadan iborat? 
4.
Texnologiya 
darslarida 
mehnat 
an`analaridan 
qanday 
shakllaridan foydalaniladi? 
5.
Ta’limning asosini tashkil etuvchi tamoyillar qaysilar? 
 


65 
8-MAVZU. MUTAFAKKIRLAR MEROSIDA MEHNAT 
TARBIYASI 
Reja: 
 
1.Mutafakkirlar merosida mehnat
 
tarbiyasining targ‘ib etilishi.
2.Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari.
3.Kasb-hunarga yo‘naltirishga oid o‘yin va tadbir turlari. 
 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Mutafakkirlar merosida 
mehnat tarbiyasi, kasb-hunarga oid fikrlari kasb-hunarga
yo’naltirishga oid o’yin va tadbir turlari.
O’tmishda yashab, ijod etgan mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi 
arboblari va ma’rifatparvar shoirlar mehnatning o’ziga xos 
xususiyatlari, 
uning 
inson 
uchun 
qadr-qimmati, 
kasb-hunar 
egallashning mazmun-mohiyati, mehnatning tarbiyaviy imkoniyatlari 
to’g’risida qimmatli fikrlar bildirib o’zlaridan juda katta ilmiy meros 
qoldirgan. Shu ilmiy merosning biz uchun ahamiyatli tomoni shundan 
iboratki, ulardan yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda, 
kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin. 
O’tmish tarixida qayd etilib o’tilganidek, o’zbek xalqining qadimiy 
madaniyatida mehnat bilan shug’ullanish shon-sharaf hisoblangan, 
kasb-korining asosiy mazmunini esa dehqonchilik, chorvachilik va 
hunarmandchilikni tashkil etgan. Zamonlar o’tib milliy madaniyat 
rivojlanib borgan, insonlar ongi o’sib borishi natijasida esa ularning 
turmush tarzi, yashash sharoitlari ham ijobiy tomonlarga o’zgarib 
kelgan. Asrlar osha shakllanib borgan kasb-hunar davr o’tib borishi 
bilan ularning har biri o’z ichida o’nlab tarmoqlarni hosil qilgan. Xalq 
ichidan har bir sohani yaxshi tushunadigan, o’z ishini a’lo darajada 
bajaradigan ustalar, bilimli kishilar, mutafakkir allomalar kamol 
topgan. O’rta Osiyoda tug’ilib kamol topgan mutafakkirlar 
mehnatning, turli kasb-korlar mazmun-mohiyatini yaxshi tushunib 
o’zlarining oltinga teng ilmiy merosini qoldirgan. Ularning kasb-
hunar, mehnatsevarlik haqidagi fikrlari biz uchun milliy merosdir.
 
Mutafakkirlar ta’limotida o’g’il va qizlarga ta’lim va tarbiya berish, 
ularga kasb-hunar o’rgatish g’oyasi muhim o’rin egallaydi. Qadimiy 


66 
an’analarimizga binoan hunarmand va kosib, me’mor va naqqosh, 
dehqon va chorvodor, to’quvchi va nonvoy uztoz-shogird 
munosabatlarini amalga oshirib kelmoqdolar. Xalqimizning buyuk 
farzandi, o’zining ilmiy qarashlari bilan ulug’ mutafakkirga 
aylanganlardan biri - Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 
(783-850)dir. Uning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono 
fikrlari 
hozirgi 
kunda 
ham 
o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 
Mutafakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham 
mag’rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim.
U matematik g’oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati 
yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida 
paydo bo’lishini asosladi. Masalan, yer ishlari, binolar qurish, kanallar 
ochish shunday paydo bo’lgan, deydi.
X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo’yicha fikrlarning eng 
yirik vakillaridan yana biri Abu Nasr Al-Farobiy (870-950) 
hisoblanadi. Al-Farobiyning o’z davri uchun juda katta xizmatlar 
qilgan. Uning buyuk xizmatlaridan biri - insonlarni ilm-ma’rifatli 
bo’lishga, mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga da’vat qilishi 
bo’lgan.Farobiy kasb-hunar to’g’risida ilk fikrlarni bildirib, qimmatli 
maslahatlar bergan, chunonchi, ta’lim–so’z va ko’nikmalar majmuyi, 
tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligi, muayyan 
kasb-hunarga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning 
chinakam shaydosi bo’lishini aytrgan. Bu mulohazalardan anglanib 
turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan zarur hayotiy vosita 
bo’lib kelgan.
Al-Farobiy 
kasb-hunar 
va 
xalqoniy 
fazilatlar 
muayyan 
harakatlarni takrorlash, mashq qilish yo’li bilan paydo bo’lishini 
uqtiradi. U insonning kasb-hunar egallashi bilan bir qatorda 
ma’naviy madaniyatli bo’lishini e’tirof etadi. Mutafakkir bu borada
har bir kishi o’zi yoqtirgan kasbni egallaganidan so’ng, o’ziga 
topshirilgan ishga nisbatan yuksak ma’suliyatni his etishi va o’z 
“kasb-hunarini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi 
xulq- atvor fazilatlariga ega bo’lmog’i kerak” deb ta’kidlaydi. 
Xalqimizning yana bir mutafakkiri - Abu Rayon Beruniy (978-1048) 
dir. Beruniy mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxt-saodati va 
kamoloti, uning halol mehnat qilishida va kasb-hunar o’rganishida deb 
biladi. U kasb-hunarga, turli asboblarni yasashga bag’ishlab 9 ta asar 


67 
yozgan. Asarlarida o’zi yashab turgan davrdagi ishlab chiqarishning
rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli m’alumotlar berilgan. 
Beruniy mehnatni ulug’aydi. Ayniqsa, olimlar mehnati tufayli 
ilmiy yodgorliklar bunyod etilishini tasavvur qilgan mutafakkir 
sifatida alohida ko’zga tashlanadi. U “har bir kishining qadr- qimmati 
o’z ishini qoyil qilib bajarishida” deb biladi. 
Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida, mehnat va mehnat 
tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar 
egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi. Og’ir mehnat sifatida 
binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini 
keltiradi. Ayniqsa ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish, 
xayrixoh bo’lishga chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat 
ravnaqiga hissa qo’shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og’ir 
mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar izlovchilar, dehqonlar 
haqida gapirib, ularning mehnatini rag’batlantirib turish kerak, deydi. 
Ayniqsa, podshohlar bunday mehnat ahliga g’amxo’r bo’lishi 
kerakligini alohida eslatadi. Chunki, ana shu mehnat ahli ular 
hukmronligining tayanchi, deb ta’kidlaydi. 
Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham 
fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga 
o’rgatish kerak deydi. Mehnat tarbiyasida o’sha davr tarbiya 
an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Beruniyning 
«Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida 
emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning 
hunar o’rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. 
Bunda hozirgi pedagogika fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna 
metodidan foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham 
amaliy jihatdan ustaxonaning o’zida bajarilgani shogirdlarning 
malakali usta bo’lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Abu 
Rayhon Beruniyning zamondoshi, qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino 
(980-1037)ning ilmiy faoliyatida ham mehnatga bo’lgan ilmiy 
qarashlarni ko’rishimiz 
mumkin. Mehnatni va kasb-hunarni 
sharaflash, mehnat xalqning qadr-qiymati ekanligini, uning manfaati 
uchun esa astoydil kurashish kerakligini Ibn Sino asarlarida 
uchratamiz. Mutafakkirning ilmiy qarashlaridan birini - “Odam 
ijtimoiy jondir” degan fikridan anglash mumkin. Bu fikrning ilgari 
surilishi shundan dalolat beradiki, Ibn Sino odamning yaxshi yashashi, 


68 
sog’lom turmush tarziga erishishi uchun eng zarur narsa foydali 
mehnat ekanligini muhim deb biladi. 
Olimning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari diqqatga 
sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq shart, 
deydi. Yosh yigit biror hunarni o’rgansa, unu hayotga tatbiq eta olsa 
va mustaqil hunar tufayli oilani ta’minlaydigan bo’lsagina, otasi uni 
uylantirib qo’ymog’i lozim, deb hisoblaydi.
Olim ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini 
ham kasb va hunarga o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. 
Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan 
bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini 
ulug’laydi va qimorboz, sudxo’r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz 
hayot kechirish insonga ham jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy 
ta’sir etishini to’g’ri talqin etadi.O’tmishda O’rta Osiyoda juda 
ko’plab shoirlar ijod qilib o’tgan. Ular o’z asarlarida mehnat 
tariyasini, ijtimoiy foydali mehnatning inson hayotidagi o’rni va 
ahamiyatini ko’p bora qayd etganlar. Masalan, O’rta Osiyodagi juda 
ko’plab shoirlar ustozi bo’lgan Abulqosim Firdavsiy (934-1020) 
o’zining “Shohnoma” asarida mehnatni ulug’lab o’tgan. Asarda o’z 
xalqiga mehr-muhabbat bilan yog’dirilgan va kasb-hunarni egallash 
malakasiga bag’ishlangan misralarni ko’plab uchratish mumkin: 
Hunar bilan aqling birikkan hamon 
Har ish bu jahonda yurishgay ravon 
Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj 
Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj 
Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan biri Nosir Xisrav 
(1004-1088), dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat odamlar 
mehnatkashlar ekanligi, bunday insonlar sirasiga jamiyat uchun 
foydali narsalar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar, kosiblar, binokorlar 
ekanligini o’z asarlarida juda ajoyib misralar bilan bitgan:
Kasbdan shod-u xurram yo’q jahonda, 
Hunardin yaxshidur ham yo’q jahonda. 
Butun kun rizqining bog’boni bo’lg’ay, 
Kishin o’z uyining mehmoni bo’lg’ay. 
Arzir uning bo’lsa boshi osmonda, 
Usiz yashay olmas shoh ham jahonda. 


69 
Yuqorida tilga olingan ulug’ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi 
va kasb-hunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz 
mumkinki, inson dunyoga kelar ekan, o’z hayoti mobaynida insoniy 
qadr-qiymatga ega bo’lishi kerak, buning uchun esa mehnatga oshna 
bo’lmog’i darkor, shundagina mehnat hayot chirog’iga yog’ quyib 
turadi. Mutafakkir Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma» asarida 
jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini 
ta’kidlaydi: «Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo’lsa-yu, ammo 
hunari bo’lmasa, u xaloyiqning izzat va hurmatidan noumid bo’lur. 
Kasb-hunar o’rganishni bilim olish bilan qo’shib olib borishni tavsiya 
etadi. Fanni amaliyot bilan uzviy aloqada deb qaraydi. Dehqonchilik 
ilmini egallash, mazkur ishda erni tarbiya qilish, tezkor va g’ayratli 
bo’lishni ta’kidlaydi. Kaykovus yoshlarda mehnatsevarlikni, 
mehnatkash insonga hurmat tuyg’usini tarbiyalaydi, jismoniy mehnat 
bilan ham aqliy mehnat kabi shug’ullanish lozimligini bayon etadi. 
Muslihiddin Sa’diy ham bilim olishning afzalliklarini yoritib berish 
bilan birga ma’lum hunar sirlarini egallashning inson hayotidagi 
ahamiyatini ko’rsatib berishga urinadi. Allomaning qayd etishicha, 
muayyan hunarning egasi bo’lgan inson eng mashaqqatli damlarda 
ham o’zgalarning yordami va madadiga muhtoj bo’lmaydi, balki o’z 
hunarining sharofati bilan muammolarni hal eta oladi.
Mutafakkir ta’kidlab o’tganidek, “Hunar qaynar buloq, tuganmas 
davlat. Agar hunarmand molidan mahrum bo’lsa, qayg’usi yo’qdir, 
chunki hunarning o’zi davlatdir. Hunarmand qayerga borsa, 
qadrlanadi va uyning to’ridan joy oladi. Hunarsiz odam esa, hamisha 
mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi”: 
Istar esang otangdan meros, 
Bog’la otang ilmiga ixlos . 
Ne nafi bor otang boyligin, 
Bir kun tugatursan necha oyligin. 
Mehnat, kasb-hunar haqida mutafakkir Mirzo Ulug’bekning 
ham o’ziga xos qarashlari bor. U bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va 
ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni hayotda 
chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili 
sifatida “Zij” ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday 
deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kecha-yu kunduz 
ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha, biz o’zimizga 


70 
qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz 
qaytalab tuzatishlar kiritgach, o’n sakkiz yildan so’nggina o’z 
ko’zlagan niyatimizga yetdik” 
Mirzo Ulug’bek kabi davlat arbobi bo’lgan Zahiriddin 
Muhammad Bobur ijodiy faoliyatida ham mehnat tarbiyasi haqida 
qarashlari beqiyos. Bobur mehnat haqida o’z farzandlari va yaqin 
birodarlariga ko’p marotaba gapirgan. U o’zining dunyoga mashhur 
“Boburnoma” asarida chin ma’noda mehnatni va mehnat qilgan 
jamoani qadrlash muhimligi to’g’risida yozadi. Mutafakkir alloma 
Abdurahmon Jomiy esa hunarni e’zozlagan rahbarning o’z xalqi 
hurmat-e’tiboriga sazovor bo’lishi hamda rahbar qachonki, elning 
ehtiromiga muyassar bo’lar ekan, ana shundagina mamlakat gullab- 
yashnashi mumkinligini ta’kidlaydi. U hunar sirlarini o’zlashtirish 
foydadan holi bo’lmasligini uqtiradi. Ayni o’rinda insonning qadr-
qiymati uning mol-u mulki bilan emas, aksincha, u tomonidan 
egallangan hunarning kishilar maishiy hayotini farovonligini 
ta’minlashdagi ahamiyati bilan belgilanishiga urg’u berib o’tadi.
Odamning qiymati emas sim-u zar,
Odamning qiymati bilim ham hunar. 
Nazar sol, dunyoda hunar tufayli, 
Xojasidan qadri ortiq ko’p qullar. 
Qanchalab xojalar hunarsiz uchun, 
Qullari oldida beo’q, besipar. 
Mutafakkir bilim hamda hunarsiz kishini o’tindan boshqa narsaga 
yaramaydigan mevasiz daraxtga o’xshatadi. U har bir yoshni ilm-u 
hunar sirlarini o’rganishga, bu yo’lda sabrli, matonatli bo’lishga 
undaydi. Insonga baxtli turmush baxsh etuvchi vosita - mehnat, har bir 
inson o’z halol mehnati bilan yashamog’i lozimligini ta’kidlaydi. 
Mehnating bo’lsin doim yo’ldoshing 
O’zga minnatidan og’ritma boshing. 
Ulug’ alloma, o’zbek she’riyatining sultoni, mir Alisher Navoiy 
asarlarida mehnatning ulug’vorligi, egallangan kasb-hunarni avaylab- 
asrab faoliyat yuritish kerakligini guvohi bo’lamiz:
Hunarni asrabon netkumdir oxir, 
Olib tuproqqamu ketgumdur oxir. 
Mutafakkirlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg’ariydir. U ixlos 
bilan qilingan mehnatning zoye emasligi, kishilarni birlashib mehnat 


71 
qilishga chorlaydi. Qoshg’ariy har bir ishda boshqalar maslahati, 
kengash bilan ish yuritish, olim va tajribali insonlar fikriga tayanish 
yaxshi fazilat ekanligini ta’kidlaydi.
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og'zaki va yozma 
ijodiyot avloddan avlodga o’tib kelayotgan iymon-e'tiqod sirlarining 
nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni 
qurollantirish lozim. Zero, inson halol mehnati bilan ulug’ savoblar 
vaqtida qilingan darajalarga erishish mumkin.
Atoqli shoir Nizomiy Ganjaviyning: “O’qib-o’rganilgan har bitta 
hunar hunarmandga bir kun foyda keltirar”, - deb yozgani o’ziga xos 
ilmiy asosga ega. Biror kasb-hunari bor kishi, albatta, hayotda o’z 
o’rnini topadi. “Har kimning zari bo’lmasa-da, ammo hunari bo’lsa, 
dunyoda hech bir xavf-xatari bo’lmaydi. Shuning uchun kishi hunar 
ziynati bilan bezanmog’i kerak”, degan hikmatli so’zni Ganjaviy o’z 
o’rnida juda to’g’ri ifodalagan. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab o’tgan taniqli olim 
va ma’rifatparvar Aliy Nazimoning Markaziy Osiyoda katta shuhrat 
qozongan va maktab-madrasalarda darslik sifatida o’qitilgan “Ta’limi 
banot” (“Qizlar tarbiyasi”) kitobida: “Yosh qizlarga ta’lim-tarbiya 
berishda ular uchun nihoyatda kerakli, o’rganmaslikning aslo iloji 
bo’lmagan fandir” degan jumlalarni o’qiymiz. Zero, mehnat qilgan, 
kasb-hunarli inson birovga qaram bo’lmaydi, yaxshi mehnat qilish 
orqali inson o’zining uch ehtiyojini qondiradi. Birinchisi, moddiy 
ehtiyoj, ikkinchisi, ma’naviy ehtiyoji, uchinchisi esa mehnat ehtiyojini 
qondirishdir. 
Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida ma`naviy va mehnat 
ehtiyojlari ham qondiriladi. O’quvchini mehnat qilishga o’rgatish, 
nafaqat mehnatni sevishga, balki u bilan shunday uyg’unlashishiga 
ko’niktirish kerakki, mehnat uning vujudiga singib ketsin. Ularni 
kasb-hunarga yo’naltirish orqali biror kasb egasi bo’lishida, mehnatsiz 
biror – bir narsaga erisha olmasliklarini o’quvchilar tushunib yetsinlar. 
Andre Maruo aytganidek: 

Agar inson biror kasbni mukammal 
egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi”. Shu o’rinda 
Naqshbandiya ta’limotining ahamiyatli tomonlariga ham e’tibor 
qaratish lozim. Naqshbandiya halol mehnat qilish orqali kun kechirish 
g’oyasini targ’ib qiladi. Bahouddin Naqshband tomonidan ilgari 
surilgan “Dil ba yoru, dast ba kor” (Dil Allohda, qo’l ish (mehnat)da) 


72 
shiori 
fikrimizning 
yorqin 
isbotidir. 
Shuning 
uchun 
ham 
Naqshbandiya ta’limotiga kirgan kishilar mehnat qilish evaziga hayot 
kechirar edilar. Tun-u kun toat-ibodat bilan shug’ullanib, oila, jamiyat 
yumushlarini tark etish emas, balki oilani farovon, mamlakatni obod 
etish yo’lida mehnat qilish talab etilar edi. Ushbu talab hadislar 
mazmunida olg’a surilgan g’oyalarga to’la mos tushadi. Bahouddin 
Naqshbandning o’zi ham oddiy, pok inson bo’lib, mehnat qilish 
evaziga kun kechirgan. 
Xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida o’tmish 
merosimiz Sharq allomalarining bebaho asarlaridan to’g’ri foydalana 
olish, nafaqat milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni yuksaltiradi, 
balki komil inson shaxsini shakllantirishda ham muhim hissa 
qo’shadi. Chunki inson hayoti davomida qadrlanib, rivojlantirilib 
kelayotgan nazariy va amaliy sayqal topgan yaxshilik, adolat, do’stlik, 
tinchlik, tenglik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ota-ona, 
keksalarga hurmat, iymon, e’tiqod, ustoz va shogird va boshqa 
umuminsoniy fazilatlar keyinchalik milliy qadriyatlarning asosiy 
tarkibiy qismlariga aylanib qolgan. Mutafakkirlar ta’limotining 
sarchashmalarini XIX asrning ikkichi yarmi va XX asr boshlarida 
Turkiston o’lkasida ta’lim-tarbiyaning rivojlantirishga asos solgan bir 
qator pedagog-olimlar faoliyatida ko’rish mumkin. Masalan, 
Abduqodir Shakuriy Samarqand maktablariga birinchi bo’lib mehnat 
va musiqa darslarini kiritdi. U bolalarni qishloq xo’jalik va 
bog’dorchilik ishlari bilan tanishtirishdan tashqari, ularga 
muqovasozlik, duradgorlik va boshqa hunarlarni ham o’rgatgan, bu 
mashg’ulotlar uchun alohida soatlar ajratgan. 
Abdulla Avloniy o’tmish mutafakkirlari kabi yoshlarni foydali 
kasb-hunar egallashga chaqiradi. Adib boylik ketidan o’quvchilarni, 
ularning 
odamgarchilikka 
to’g’ri kelmaydigan ishlar bilan 
shug’ullanayotganini ko’rib, ulardan nafratlanadi. Avloniy yoshlarni 
boylikka ruju qo’ymaslikka undaydi. Boylikni o’tkinchi bulutga 
o’xshatadi. Abdulla Avloniy mehnatsiz kun kechirishni barcha yomon 
sifatlarning ibtidosi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham u, mehnatni 
ulug’laydi, mehnat kishining eng go’zal fazilatidir, deydi. Bu jihatdan 
uning «Aqlli bog’bon» hikoyasi xarakterlidir. Hikoyada aytilishicha: 
«bir bog’bonning uch o’g’li bo’lib, ular dangasa va ishyoqmas 
bo’lganlar. Otada ularga meros qoladigan tangatillo yo’q. Ota umri 


73 
tugayotganini sezib, farzandlari taqdiridan tashvishga tushadi. O’ylab-
o’ylab shunday yo’l tutadi. Har uchchala o’g’lini yoniga chorlaydi. 
«Ko’zim ochiq ekan, vasiyatimni sizlarga aytib ketay, mehnat-u 
mashaqqat ila bir ko’za oltin yiqqanman. Uni mana shu bog’ga, 
toklarning birini tagiga ko’mganman. U-sizlarniki. Biroq bu ishga 
ko’p yil bo’ldi. Harchand urinsam ham ko’milgan joyni xotirlay 
olmadim. Uni o’zlaringiz izlab topinglar va o’zaro bo’lishib olinglar», 
deydi. Bir ko’za tilla daragini eshitib uch ishyoqmas uni izlashga 
tushib ketadi. Bog’ning hamma yerini kovlab chiqishadi. Sirli ko’za 
chiqmaydi. Yana erinmay kovlashga tushadilar. Kutilgan natija esa 
hamon yo’q. Shu taxlit bog’ ichi bir necha qayta ag’dar-to’ntar 
qilinadi. Yerlar qazilaverib, tuprog’i upaga aylanib ketadi hamki, 
oltinli ko’za topilmaydi. Bu orada uzumzordagi toklarning eng chuqur 
ildizlarigacha ochib ko’riladi. Bog’da o’sha yili chunonam hosil 
bo’ladiki, undan bir necha ko’zani to’ldirgulik oltin oladilar. Uch 
dangasa o’g’illar ota gaplarining asl ma’nosini, oltin — mehnatda 
ekanligini tushunib yetadilar.
Adib o’sha hikoyasi bilan mehnatni ulug’laydi, o’quvchi qalbida 
mehnatga muhabbat uyg’otadi. Kishi baxt va saodatga faqat mehnat 
orqaligina yetishishini uqtiradi. 
Mehnat tarbiyasi masalasi ma’rifatparvarlar ijodida hamisha faxrli 
o’rin tutgan. Ular yoshlarni jamiyat manfaati uchun ishlashga 
chaqirish bilan birga, ustozlar va ota-onalarning mehnat tarbiyasi 
sohasidagi vazifalari nimalardan iborat ekanligini ham ko’rsatganlar. 
Xalqimizda ajoyib odat bor: kishilarning bir-biri bilan tanishuvi, hol-
ahvol so’rashuvidan, muomala maromidan boshlanib, kasb-hunar, 
kasb-korini aniqlash istagi bilan tugaydi. Shu boisdan har bir fuqaro 
bir kun kelib o’z-o'ziga: ”Dunyoda qay ahvolda yashadim, qanday 
g’aroyib ishlarni amalga oshirdim, o’z taqdirimdan xursandmanmi, 
oldimda turgan vazifalarni amalga oshira oldimmi, ko’zlagan 
maqsadimga erisha oldimmi?” kabi savollarni berishi tabiiy hol. 
Shuning ushun ham har bir inson mutaffakir Jaloliddin Rumiyning 
”Sen hamma narsani unutishing mumkin, yolg’iz bir narsani – nechun 
dunyoga kelgansan, shuni unutmasang bas. O’zingni arzon arzon 
sotmagaysan, illo bahoying baland”. Ushbu jumlalarda tafakkur 
qiluvchilar, bolalarga ta’lim-tarbiya beruvchilar uchun yetarli 
ma’lumot bo'lishi kerak, deb o’ylash mumkin.


74 
Shu o’rinda Nosir Xisravning quyidagi fikrlari ilm 
o’rganuvchilar uchun ibratlidir. 
Ilm qidirishga urdim boshimni,
Bekorga o’tkazmadim umrimni bir dam,
Qaydaki eshitsam ilm-u donishni,
Eshigin oldida o’ltirdim mahkam.
Hunaringdan bir kun etarsan baxtga,
Hunarsiz kim etar toj ila taxtga.
Xullas, boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnat va kasb-hunar 
bilan tarbiyalashda ulug’ mutafakkirlarimizning asarlaridan keng 
foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Mutafakkirlarning 
merosiga chuqur hurmat bilan qarash va ular yaratgan asarlarni ko’z 
qorachig’iday saqlash kerak.

Download 7,65 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish