Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114
Bog'liq
bosh

Kasb-hunarga yo’naltirishga oid o’yin va tadbir turlari 
Milliy qadriyatlarimizdan mia’lumki, o’yinlar, jumladan, kasb-
hunarga yo’naltirishga oid o’yinlar bolalar tomonidan azaldan 
o’ynalib kelingan. O’yin – bolalarda unga nisbatan mas’ullik 
tuyg’usini, o’yin qoidalariga qat’iy rioya qilish burchini shakllantirib 
borish bilan bir qatorda mehnatga bo’lgan hissiyotini o’stiradi. 
Bolalar o’yin sujetiga muvofiq kerakli narsalarni o’z qo’llari bilan 
tayyorlaydilar, materiallar to’playdilar. Bu jihatlar harakatni predmet 
boshqaradigan o’yin turlarda namoyon bo’ladi. Bolalar o’yinlarni 
o’ynash uchun tuproq, loy, ro’molcha, lanka, chillak, turli 
qo’g’irchoqlar, o’yinchoqlar, parraklar, varraklar, soqollar, g’altakcha 
va boshqa narsalarni o’z qo’llari bilan tayyorlaydilar, tikadilar, 
yasaydilar. O’yinga mos toshchalar, tanga, hanguz, oshiq, koptok, 
yong’oqlarni to’playdilar. Bular bolalarda ijodkorlik malakasini 
shakllantirishda xizmat qiladi va o’z navbatida o’yinni tashkil 
etuvchi topqirlikka o’rgatadi. Masalan, qizlar qo’g’irchoq 
yasamoqchi bo’lishsa, bir tugma, ozgina ip va mato, ikkita cho’pchak 
topishsa bo’ldi, ular uni tayyorlaverishadi.
Bolalar kasb-hunar egalarining faoliyatiga taqlid qilib, ular 
obrazini yaratishga harakat qiladilar. Masalan, “Bo’yoq sotuvchi” 
o’yinida sotuvchining do’konda o’tirib savdo qilish harakatini, pul va 
xaridor bilan muomalasini, savdo-sotiqni tashkil qilish, molni 
maqtash, narxni oshirishga intilish kabi shu kasbgagina aloqador 
nozik holatlarni o’ynab turib aks ettirshga intiladilar. Shu orqali 


75 
bolalarda sotuvchilik kasbiga oid ko’nikma va malaka hosil bo’la 
boradi. 
“Kadi pishdi” o’yini dehqon bilan xaridor dialogi asosida tashkil 
etiladi. Unda dehqon obrazini haqiqiy dehqonlardek tutishga harakat 
qiladi. Buning uchun u taqliddan dehqon kabi yer hadayotgandek, 
hosil ekayotgandek, hosil parvarish qilayotgandek va nihoyat hosilni 
avaylab yig’ishtirib olayotgandek harakatlarni bajarib ko’rsatadi.
Kasb-hunar egalarining faoliyatiga taqlid qilib ko’rsatishga 
molik yana juda ko’p o’yinlarni bolalar katta qiqish bilan o’ynaydilar. 
“Bog’bon va gullar”, “Cho’pon va shog’ol”, “Milissioner”, 
“Samolyotlar”, “Ot ustida sakrash” va boshqa o’yinlar kasb-hunar 
egalari faoliyatini taqlid qilib ko’rsatishga molik o’yin turlariga misol 
bo’ladi. 
Maktablarda sahna ko’rinishidagi turli-tuman tadbirlar, jismoniy 
mehnat, bayram tadbirlari, kasbga bag’ishlangan kechalar muntazam 
o’tkazib kelinadi. Shu tariqa o’quvchilar zamonaviy ishlab chiqarish 
turlari va kasblari, xo’jalik turlari, kasbning rivojlanishi, kasblarni 
o’zlashtirishning shakllari va shartlari, mehnat faoliyati jarayonida 
kasbiy malaka usullari bilan tanishib, o’rganib boradilar. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish