• 6-MAVZU.TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIGA INTEGRATSION YONDASHUV Reja
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
    1. Boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodlari qaysilar? 
    2.Metod va uning turlari haqida ma’lumot bering. 
    3. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodilari orasidagi 
    bog`liqlikni izohlang. 
    4. Ta’lim maqsadi va mazmunining o`zaro mutanosibligi 
    ta’minlashda ta’lim vositalarining roli nimalardan iborat? 
    5. Ta’lim vositalarining texnologiya fani maqsadi bilan 
    aloqadorligini isbotlang. 
    6-MAVZU.TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIGA 
    INTEGRATSION YONDASHUV 
    Reja: 
    1.Integratsiyalashgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari.
    2.Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida integratsiyalashgan 
    ta’limdan foydalanishning metodik xususiyatlari.
    3.Integratsiyalashgan 
    darslarning 
    samaradorligini 
    oshirish 
    omillari.
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Integratsiyalashgan ta’lim, 
    integratsiyalashgan 
    ta’limdan foydalanish, integratsiyalashgan 
    darslar samaradorligi 
     
    Ta'lim amaliyoti ko'rsatishicha, maktab ta'limida fanlararo 
    aloqadorlikni yo'lga qo'yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda 
    sodir bo'layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu 
    aloqadorlik o'quvchilarning bilimlarni ongli o'zlashtirishi, dunyo 
    haqidagi yaxlit tasavvurlarni rivojlantirish va amaliy, ilmiy-metodik 


    53 
    tayyorgarligini oshirishda muhim o'rin egallaydi. Bunday tayyorgarlik 
    umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarini darsda va darsdan tashqari 
    mashg'ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda 
    o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini erkin qo’llash imkonini 
    beradi. Hozirgi vaqtda pedagogik amaliyotda fanlararo bog’lanish 
    asosida ta’lim jarayoni integratsiya yo’llarida izlanishlar davom 
    etmoqda. 
    Fanlararo 
    bog’lanish, ya'ni integratsiya negizida 
    o’quvchilarda fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish 
    nazarda tutiladi, bu esa o’z navbatida bilim(anglash) jarayoni bilan 
    chambarchas bo’g’liqdir. Professor R. Mavlonova fikriga ko’ra 
    integratsiya(fanlararo bog’lanish): 
    - tabiatda mavjud bo’lgan obyektlar orqali o’quvchilarning 
    shaxsiyatini shakllantirish;
    - “tabiat - inson” tizimida aniq bilimlarga ega bo’lishi uchun 
    fikrlash qobiliyatini shakllantirish; 
    - materiallarni anglab yetish va didaktik moslashishni 
    shakllantirish uchun o’rganuvchi materialni bilimning har xil 
    tarmoqlaridan olish; 
    - bilim, ko’nikma, malaka tizimini ishlab chiqish; 
    - maktab o’quvchilarida har xil turdagi fikrlash qobiliyatini 
    shakllantirish, buning uchun ruhiy mashqlardan foydalanish, 
    materialni tez o’zlashtirishga yordam beradi, uni eslab qolish va hissiy 
    anglash qobiliyatini shakllantiradi. 
    Integratsiya ( lot. Integratio – tiklash,to'ldirish, integer – butun 
    so'zidan ) – o'zida bir qancha ma'nolarni birlashtiruvchi so'z bo'lib, shu 
    ma'nolardan biri " ikki va undan ortiq fanlarning yaqinlashishi va 
    o'zaro aloqa jarayoni" dir. Fanlararo bog’lanish ko’rgazmali ta’lim 
    tizimi bo’lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish 
    asosida ko’rgazmali, mahoratni vujudga keltirish sirlarini o’rganadi.
    Ko’rgazmali ta’lim tizimi esa turli xildagi turlar, shakllar, usullar, 
    ob’yektlar 
    asosida 
    quriladi. 
    Boshlang’ich 
    texnologiya 
    fani 
    integratsiyasi asosan, maktabda o’qitiladigan chegaradosh fanlararo 
    tuziladi. Odobnoma, musiqa madaniyati, tasviriy san’at, mehnat, 
    jismoniy tarbiya fanlari bir-biri bilan o’zaro bog’liq va bu fanlarning 
    maqsadi axloqiy, estetik tarbiya berishdir. Bu fanlar bir-biriga yaqin 
    chegaradosh fanlar hisoblanib ular takibiga kiritilgam materiallar bir-
    biriga juda yaqin. Masalan, tabiat manzaralari rang-barang tasvirlar, 


    54 
    xilma-xil ko’rinishlar, o’lchamlarda ifodalangan. Bular kichik maktab 
    yoshidagi bolalarga mos bo’lib bir tizimga tegishli bo’lgan 
    tasavvurlarni boyitish imkonini hosil qiladi.
    Bir-biriga yaqin, chegaradosh fanlar mazmuni o’quvchilarni 
    har tomonlama ruhiy rivojlanishiga, ularda turli xil tafakkurni 
    rivojlantirishga qaratilgan. Har bir o’quv predmetini o’rganish 
    bolaning materialni anglash jarayonini, unda eslab qolishni, 
    ta’sirchanlikni faollashtiruvchi, tafakkurni, nutq va tasavvurni 
    rivojlantiruvchi ruhiy diqqatni yaratishga imkon beradi. Ayniqsa, 
    chegaradosh fanlardan egallangan bilim bir-biri bilan uzviy bog’liq 
    bo’lgan tafakkurning turlarini rivojlantirishda, fanlardagi mavzular 
    mazmunining farqli va o’xshashlik tomonlarini bilib olishda, bir 
    fandan olgan bilim, malaka va ko’nikmani boshqa fanlarda qo’llash
    uchun imkoniyatlarni hosil qiladi. 
    Har bir fandan shakllangan tafakkur bolalar tomonidan fikrlarni 
    umumlashtirish, xulosalar chiqarish, ma’lumotlar to’plash vazifasini 
    bajaradi. Uning xususiyatli tomonlaridan yana biri shundaki, u 
    bolalarni fanlardan, jumladan, texnologiya fanidan real voqeliklarni, 
    shakl va usullarni o’rganib ularni amaliy ishlarda qo’llashga o’rgatadi. 
    Fanlar aloqadorligida texnologiya fanini tashkil etish uchun 
    o’qituvchi maktabda o’rganiladigan o’quv predmetlari bilan uzviy 
    bog’lasa yaxshi natijalarga erishadi. Buning uchun mehnatning o’quv-
    ijodiy xususiyati hamda ilmiy bilimlardan foydalanishi kerak. Asosiy 
    maqsad - o’quvchilar boshqa fanlar hamda mehnatdan olgan 
    bilimlarini ijtimoiy foydali mehnat jarayonida qo’llash vazifasi 
    bo’ladi. 
    Fanlar integratsiyasi bolalar mehnatining mazmuni va tashkil 
    etishini aniq mahalliy ishlab chiqarish, xalq xo’jaligi ehtiyojlariga 
    tayangan holda, zamonaviy ta’lim talablari asosida tuzish lozimligini 
    taqazo etadi. Texnologiya fanining bu xildagi shakli o’quvchilarni 
    umumiy mehnat va aniq kasbiy ko’nikmalar bilan tanishtiradi. 
    Fanlararo bog'liqlikni o'z o'rnida tashkil etish bilan bir qatorda 
    integratsion o'quv topshiriqlarni tuzish va o'quvchilarni bir jarayonga 
    jalb etish ularning dunyoqarashi kengayishi, tafakkur olamining boyib 
    borishida, bundan tashqari ta'limsamaradorligini oshirishda muhim 
    omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Boshlang’ich sinflardagi “Tevarak 
    atrofimizdagi olam”, “Texnologiya fani”, “Tasviriy san’at” darslari 


    55 
    insoniyat tomonidan foydalaniladigan mehnat vositalarini turli 
    tomondan tabiiy materiallar sifatida, uning xossalari, amaliy ahamiyati 
    jihatdan ochib beradi. Bu bilan texnologiya fanining nufuzi yanada 
    oshadi 
    va 
    bolalarda 
    iqtisodiy 
    tafakkurni 
    har 
    tomonlama 
    rivojlantirishga, 
    uning 
    ijobiy 
    tomonlarga 
    yo’nalganligini 
    shakllantirishga imkon beradi. Fanlar aloqadorligida amalga 
    oshiriladigan texnologiya fani va tarbiyasida har bir o’quv 
    predmetining o’ziga xos xususiyatga ega ekanligini unutmaslik kerak. 
    Masalan, jismoniy tarbiya darslari o’quvchilarning ijtimoiy foydali 
    mehnat qilishda muhim bo’lgan sog’lig'ini yaxshilashga, ularning 
    jismoniy va ruhiy kamchiligini bartaraf qilishga, chaqqonlik va 
    ishchanligini oshirishga qaratilgan. Musiqa darslarida mehnat 
    tarbiyasining muhim xususiyati, predmeti o’rganilibgina qolmay, balki 
    mehnatga hissiy-ma’naviy tayyorgarlik ham ko’riladi.
    Ona tili, matematika, tevarak-atrofimizdagi olam, odobnoma 
    darslarida mehnat tarbiyasi alohida ahamiyatga ega. O’quvchilar atrof 
    -muhitni o’rganish asosida og’zaki nutqni o’stirish bilan birga maktab 
    ishchi xodimlarining kundalik mehnati bilan tanishadilar, o’z oila 
    a’zolarining mehnati haqida, uy o’simliklari, ekologiya va salomatlik 
    haqida, oyoq kiyimi va ustki kiyimlarni tozalash haqida tasavvurga 
    ega bo’ladilar. Shuningdek, o’quvchilarga mehnat tarbiyasini 
    singdirishda quyidagilar ham muhim ahamiyatga ega: 
    - Alifbe, musiqa, tasviriy san’at kitoblarining rasmlariga qarab 
    o’quvchilar turli kasblar haqida tasavvurga ega bo’ladilar, ularda 
    mehnatga nisbatan ijobiy munosabat shakllantiriladi;
    - o’qish darsida boshlang’ich sinf o’quvchilari ko’pgina kasblar 
    haqida ma’lumotlar oladilar; 
    - matematika darsida o’rgatiladigan hisob-kitob, o’lchovga oid 
    bilimlar texnologiya fani darslarida buyumlar tayyorlash uchun zarur 
    bo’lgan amaliy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiriladi; 
    - odobnoma darsida o’quvchilar mehnat qilish, mehnatsevarlik va 
    kasb-hunar tanlashga oid o’zbek va Sharq mutafakkirlarining fikrlari 
    bilan tanishadilar. 
    Yuqoridagilardan 
    shunday 
    xulosani 
    aytish 
    mumkinki, 
    integratsiyalashgan texnologiya fani natijalari o’quvchilarning ijodiy 
    fikrlari, amaliy ishlarida namoyon bo’ladi. U texnologiya fanidan 
    o’qish-bilish faoliyatini nafaqat jadallashtirish, tizimlashtirish va 


    56 
    optimallashtirishga, balki turli soha madaniyatini egallashga ham 
    imkon beradi. 
    Texnologiya fani bilan o’qish, odobnoma, ona tili, matematika, 
    tevarak atrofimizdagi olam, jismoniy tarbiya va boshqa fanlari 
    mazmunini 
    integratsiyalash 
    bu 
    o’quv fanlarining turdoshlik 
    xususiyatlaridan kelib chiquvchi ahamiyati shundaki darsning yanada 
    mazmunli, qiziqarli va samarali bo’lishini ta’minlaydi.
    Texnologiya darslarida bolalar ovqatlanish odobi, mehmon kutish 
    odobi, kiyinish, dasturxon tuzatish odobi kabi axloqiy tarbiya 
    me’yorlarini o’rganadilar. Bu ko’rinishdagi mavzularni odobnoma, 
    o’qish, tasviriy san’at materiallarida ham ko’rish mumkin. 4-sinf 
    o’qish fanining “Buzilmagan uya” mavzusida mehnat tarbiyasiga oid 
    materiallar izohlangan. Unda: bir bola bog’da ishlayotgan bobosiga 
    ovqat olib borishi, daraxtlarni payvand qilishda bobosiga yordam 
    berganligi ifodalangan. Yana bir misol – matematika darsida 
    o’rganiladigan o’lchov birliklari mehnat darsida gazmollar o’lchamini 
    olishda, tabiatshunoslikda daraxtlarga ishlov berish, gullarni 
    parvarishlash, yer ag’darish, ekin ekishlar haqida berilgan 
    materiallarda texnologiya faniga oid materiallarni ko’ramiz. 
    Predmetlararo asosda tuzilgan integratsiya didaktik tizimga ega 
    bo’lib, u o’qituvchi(ta’lim beruvchi) va o'quvchi(ta’lim oluvchi) 
    harakatlarining mos kelishini ko’zda tutadi. Ikkala faoliyat ham 
    umumiy tuzilish, ya’ni: maqsad, sabab, mazmun, vosita, natija va 
    nazoratlarga ega. Biroq, o'qituvchi va o’quvchi faoliyatlari 
    mazmunida quyidagi farqlar bo’ladi: 
    1.Maqsadli bosqichda o’qituvchi umumiy maqsadni qo’yadi, 
    o’quvchilar esa o’qituvchi boshchiligida turli predmetlararo 
    bog’liqliklarni tushunishlari, kerakli va turli predmetlararo bilimlarni 
    tanlab olishlari kerak bo’ladi. 
    2. Isbotlash bosqichida o’qituvchi o’quvchilarning turli 
    predmetlardan tushunchalarini umumlashtiradi, o’quvchilar esa o’z 
    bilimlarini 
    kehgaytirishga 
    bo’lgan 
    qiziqishga 
    irodalarini 
    yo’naltirishlari kerak.
    3. Faoliyat mazmuni bosqichida o’qituvchi yangi material asosida 
    integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmuyi darajasida 
    predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi.


    57 

    Download 7,65 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish