• Mavzuga oid tayanch tushunchalar
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

    1.O’quvchilarni mehnatga tarbiyalash uchun qanday ishlar amalga 
    oshiriladi? 
    2.Kasb turkumlari haqida nimalarni bilasiz? 
    3.Kasb tiplari haqida nimalarni bilasiz? 
    4.Boshlang’ich sinfda o’quvchilarni mehnatga tarbiyalashga 
    yo’naltiradigan qanday mavzularni bilasiz? 
    5. O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh 
    bosqichlari mazmuni nimalarda o’z ifodasini topadi

    10-MAVZU. 
    МEHNAT
     TARBIYASIDA XALQ 
    OG’ZAKI
     
    IJODINING 
    O’RNI
     
    Reja: 
     
    1.Xalq og‘zaki ijodida mehnat tarbiyasining targ‘ib etilishi.
    2.Xalq maqollarida mehnat tarbiyasi.
    3.Xalq rivoyatlari asosida o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Mehnat tarbiyasi, maqol, 
    mehnat qo’shiqlari, xalq rivoyatlari. 
    Sog’lom bolaning shakllanishida, nafaqat, jismonan sog’lomlik, 
    balki fikran sog’lomlik ham mohiyatan bir maqsadga qaratilgan. 
    Bolalarni sog’lom fikrlilikka chorlash degani ana shu sog’lom fikrlar 
    haqida uqtirish emas, balki uni hayotga tatbiq qilish orqali 
    singdirishdir. 
    Ota-bobolarimiz azaldan mehnatni ulug’lab kelishgan , o’zlari 
    sidqidildan mehnat qilishgan. Bizga ulardan meros bo’lib qolgan 
    barcha xazinalar-ilmiy badiiy kitoblar, turli xildagi san’at asarlari 
    me’morchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu mehnatning 
    mahsulidir. Bobolarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni 
    qo’lga kiritishgan. Yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar 
    bo’lishga chaqirishgan. Xalq og’zaki ijodi namunalari qadimiyligi, 
    ta’sirchanligi manbalardan hisoblanadi. Bu tarbiya vositalarini bolalar 
    hayotiga tabiiy ravishda olib kirish lozim. Ular mehnay, poklik, 


    92 
    kattarga hurmat kabi insoniy fazilatlarni bola qalbiga singdirishning 
    muhim vositasidir. Shu boisdan, jahondagi barcha xalqlarning 
    maqollarida bo’lgani kabi, o’zbek maqollarida ham mehnatsevarlik 
    g’oyasi markaziy o’rinlardan birini egallaydi. “Suvsiz hayot bo’lmas, 
    mehnatsiz rohat”, “Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan” 
    ,“Oltin o’tda toblanar odam mehnatda”, “Mehnat bilan qarisang 
    rahmat bilan yashaysan ”, “Uzoq umr siri mehnatda”, “Daryo suvini 
    bahor toshirar, inson qadrin mehnat oshirar”, “Mehnatdan do’st ortar, 
    g’iybatdan dushman” kabi xalq maqollari bejiz aytilmagan. Maqollar 
    odamlarning hayoti va turmushi jarayonida to’plagan tajribalari, 
    dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan 
    munosabati, o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va 
    orzularini ifodalaydi. Maqollar xalq og’zaki ijodining bir turidir. 
    Maqollarda xalqning turmush davomida to’plagan tajribalari natijasida 
    yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan.
    Demak, maqollar xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy 
    tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli 
    so’zlardir. Ular qadimdan sinalgan, turmush tasdig’idan o’tgan 
    tushunchalar orqali kishilarni ogohlantiradi. Hayot, yashash 
    tushunchalariga endigina duch kelayotgan boal maqollar orqali to’g’ri 
    yo’lni tanlay oladi. 
    Bundan tashqari xalq hayotiga hamroh bo’lgan qo’shiqlarda ham 
    halol rizq topish, mehnatsevarlik o’z aksini topgan. Ajdodlarimiz 
    uchun mehnatning samarali bo’lishining yechimi qo’shiq aytishdan 
    iborat bo’ladi. Shuning uchun ajdodlarimiz har bir ishni qo’shiq bilan 
    bajarib ham mehnatning samarali bo’lishini, ham zerikmasdan 
    bajarish yo’lini o’ylab topganlar. Xalqimiz orasida yashab kelayotgan 
    mehnat qo’shiqlari bajariladigan ish sohalariga qarab uch xil bo’ladi:
    1.Dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari: 
    Shohlari bir quloch-quloch, 
    Shohimga qo’nar qaldirg’och. 
    Yuray desam, voy, qornim och, 
    Men qo’shga qanday yarayin. 
    Ho’kizginam, bo’yniginang ezildi, 
    Ko’zginangdan yoshlar qator tizildi. 
    Bo’yinturuq bilan omoch tortmasang, 
    Sening bilan menga go’rlar qazildi. 


    93 
    Dehqonchilik qo’shiqlarida yil-o’n ikki oy mobaynida olib borilgan 
    mehnat jarayoni bosqichma-bosqich o’z ifodasini topadi. Ularda yer 
    haydash, dalaga yangi yil hosili uchun bug’doy sepish, unib chiqqan 
    va boshoqlari yetilgan bug’doylarni o’rish, ularni yanchib donini 
    ajratish kabi har bir jarayon, albatta, qo’shiq aytish bilan qo’shib 
    amalga oshirilgan. Agar bu qo’shiqlarda faqat dehqonning 
    bajarayotgan mehnati aks etgan, desak, xato bo’ladi. Chunki har bir 
    qo’shiqda dehqon, albatta, o’zining ichki kechinmalarini, hayot 
    tajribasidan olgan taassurotlarini, turmush tashvishlarini bayon etishga 
    urinadi. Qo’shiq aytuvchi kishi sahnada san’atkor emas, balki dalada 
    ham oddiy ijrochi, ham tinglovchi sifatida namoyon bo’ladi.
    2. Chorvachilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari:
    Shoxlaring bor bir minora, churiya-churiya, 
    Minora qushlar qo’nar-a, churiya-churiya, 
    Bolang olib iskasang-a, churiya-churiya, 
    Kuygan yuraging qonar-a, churiya-churiya. 
    Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar xalqimizning qadimdan bu 
    kasbni egallab kelganidan, chorvachilikning sir-sinoatlaridan xabardor 
    ekanidan dalolat beradi. Xalq har bir hayvonga xuddi odamdek 
    muomalada bo’lgan. Uni erkalagan, maqtagan, ta’riflagan, sifatlagan. 
    “Xo’sh”, “Turey-turey”, “Churey-churey” qo’shiqlarini chorvadorlar 
    ichida yashagan shoirtabiat odamlar to’qishgan. Bu qo’shiqlarda turli 
    badiiy san’atning boshqa namunalarida bo’lganidek turli badiiy 
    san’atdan foydalanilgan. 
    O’zbek xalqi qadimdan hunarmandchilik bilan shug’ullanib 
    kelgan. O’zbekiston hududida ishlab chiqarilgan shohi atlaslar, 
    banoras to’nlar, amaliy san’at namunalari, to’qilgan gilamlar butun 
    dunyoga mashhur bo’lgan. Qadimda o’z hunari bilan nom taratgan 
    ustalar o’z shogirdlaridan kasbiy ko’nikmalar qatori she’r, qo’shiq 
    aytish, biror musiqa asbobida kuy kuychalishni ham talab qilganlar. 
    Ularning fikricha, har tomonlama yetuk bo’lmagan inson, ayniqsa, 
    estetik zavqi yo’q kimsa bironta hunarni ham uquv bilan o’zlashtira 
    olmas ekan. Shuning uchun xalqimiz orasida turli kasb bilan 
    shug’ullanayotgan odam borki, qo’shiq aytadi, askiya aytadi, musiqa 
    chaladi. Bu fazilat unga o’zi ishlab chiqarayotgan narsaning go’zal 
    ko’rinishga ega bo’lishini ta’minlaydi. Qo’shiq bilan tayyorlanayotgan 
    narsaga ustaning mehri quyiladi. 


    94 
    O’zbek xalq mehnat qo’shiqlarining salmoqli qismini kashta 
    tikish, bo’z to’qish, charx yigirish kabi faoliyat bilan qo’shib turli 
    ohangda ijro etadigan she’r namunalari egallaydi. Jumladan, ularning 
    eng qadimgilaridan biri charx qo’shiqlari hisoblanadi. Bugungi kun 
    tekstil sanoati paydo bo’lmasidan avval paxtaning chigiti qo’lda 
    ajratib olinar va paxta momig’idan charxni aylantirish vositasida ip 
    yigirilardi. Ayollar kecha-kunduz ip yigirish bilan shug’ullanib, tayyor 
    bo’lgan iplardan gazlamalar to’qishgan.
    3.Kasb-hunar bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari: 
    Charx yigirib, charx yigirib, tuyugan. 
    Shul qo’lginam toladir. 
    Agar shuni yigirmasam, 
    Bolalar och qoladir. 
    Har bir zerikarli va mashaqqatli mehnatning ham chegarasi 
    bo’ladi. Ammo agar odam bevosita charxda ip yigirish orqali kun 
    ko’rsa, unga bu azobli mashg’ulot chegarasizdek bo’lib tuyulgan. Ana 
    shunday daqiqalarda odam o’ziga chorasiz, najotsiz bir shaxs bo’lib 
    ko’ringan. Qo’shiqda bu holat shunday kuylanadi: 
    Charxginam, ey, charxginam, 
    Yurakkinam olasan, 
    Ayt-chi, sen bu yurtlardan, 
    Qachongina yo’qolasan?! 
    Tabiiyki, bolalarning eng sevimli mashg’ulotlaridan biri, bu ertak 
    tinglashdir. Ertaklar xalq og’zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy va 
    keng tarqalgan janrlaridan hisoblanadi. Ularda insonparvarlik, 
    vatanparvarlik, do’stga sadoqat, yorga vafodorlik, qahramonlik kabi 
    fazilarlar ulug’lanadi, zulm va zo’rlik qoralanadi. Xalq og’zaki ijodida 
    ertaklar o’ziga xos o’rin egallaydi. Xalq ertaklarining ko’pchiligida 
    mehnat ulug’lanadi. “Shirin uyqu” ertagi bunga yaqqol misol bo’la 
    oldi:
    “Bir donishmandning uchta o’g’li bo’lib, ota o’limi oldidan 
    o’g’illarini o’z oldiga chaqirib shunday vasiyat qilibdi: Uyquni shirin 
    qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng. Ikki aka ota vasiyatiga amal 
    qilib, ustma-ust yeb yotaveribdilar. Mehnat bilan shug’ullanmabdilar. 
    Yegan ovqatlari singmabdi. Ko’zlariga uyqu kelmabdi. Borgan sari 
    mol-dunyolari kamayib qashshoqlashib ketaveribdilar. Uchinchi o’g’il 
    esa ertadan kechgacha mehnat qilar ekan. Borgan sari davlati 
    ko’payib, uyqusi shirin bo’lib, ovqati mazali bo’lib boribdi”.


    95 
    Demak, ertakdan shunday xulosa chiqadi, barcha rohatlarning
    otasi-mehnatdir. Aka-ukalar buni hammalari har xil tushunibdilar. Ota 
    nasihatini to’g’ri tushungan kenja o’g’il o’z murod-maqsadiga yetibdi. 
    “Qumursqa” 
    ertagida 
    dunyodagi 
    eng 
    zo’r mavjudot 
    mehnatkash, mehnatni sevuvchi mavjudot ekanligi aytiladi. 
    Muz, bulut, kun, yomg’ir, yer, ot, mol, bo’ri, sichqoncha, 
    merganda “kim zo’r?”deb so’raganda, biri ikkinchisini ko’rsataveradi. 
    Oxirda qumursqa: “otangning olti yuz botmon oshirib yeganman; 
    pochchangning yuz botmon bug’doyini yetti tog’dan oshirib 
    yeganman. Men zo’rman, men zo’r deydi”. Bu yerda qumursqalar 
    mehnatsevar qilib ko’rsatilgan. O’zbek xalq ijodida mehnat va mehnat 
    ahlini hamisha ulug’lab, unga mehr-muhabbat bilan qarashgan. 
    “Qumursqa” ertagida ham shu g’oya ertakka xos uslubda, ajoyib 
    o’xshatishlarda kulguga boy quyidagicha suhbatda bayon etilgan: 
    -Qorning nima uchun katta? 
    -jigarim zo’r, -dedi qumursqa. 
    -beling nima uchun ingichka? 
    -mehnatim zo’r! –javob berdi qumursqa. 
    Xalq og’zaki ijoding noyob durdonalaridan biri bo’lmish tez 
    aytishlar chuqurroq tahlil qilib ko’rilsa, barcha tarbiyalar qatori 
    mehnat tarbiyasi yuzasidan juda ko’p manbalar uchratish mumkin. 
    Novvoy nonni yopar, 
    Nonni novvot deb sotar. 
    Jamila jiydani joyiga joyladi. 
    Soli arralaydi, 
    Lola allalaydi. 
    Xalq og’zaki ijoding katta-yu kichikka birdek yoqadigan turi bu 
    topishmoqdir. Topishmoqlarning mazmunidan kelib chiqqan holda 
    ularda 
    ma’naviy-axloqiy tarbiya 
    masalalarining 
    yoritilishini 
    o’rganishimiz mumkin:
    Tom ustida bir anor, hadding bo’lsa ushlab ol. 
    Uzoq tog’da o’t yonar. 
    Uxlab yotar kunduzi, Shomda ochilar ko’zi. 
    To’rt oyoqli, temir tuyoqli. 
    Ustida bukrisi bor, Oyoqda tuflisi bor. 
    Soqoli bor, aqli yo’q. 
    Boraveradi, boraveradi, Bo’yradek yerni olib yotadi.
    Do’stim sherik bo’ladi, uyni qo’rib turadi. 


    96 
    Uyday joyda yotadi, sichqon ko’rsa qochadi. 
    Tuya desam, kattakon, Usti keng-u, bir makon. 
    Tokchama-tokcha, Azamat xo’ja. 
    Suv tagida oltin baldoq. 
    Emaklagan toshni ko’rdim, 
    Toshdan chiqqan boshni ko’rdim. 
    Ovoz berar azonda, mazasi bor qozonda. 
    Xafa bo’lsa, koptok bo’lib, Igna ko’rpa yopadi. 
    Zumda ko’z ochib kulib, ilgarilab chopadi. 
    Makonidir dalalar, pushtalarda bolalar, 
    To’ni yo’l-yo’l beqasam, go’shti suvli va asal (tarvuz) 
    Bo’lar sariq yo qizil, 
    Yer tagida yetilar. 
    Tupida yakka hosil, Sochi yashil, selkillar. 
    Yoshlarni mardlik, halollik, jasurlik ruhida tarbiyalashda , ma’nan 
    pok va barkamol qilib voyaga yetkazishda xalq og’zaki ijodining 
    noyob durdonasi bo’lmish “Alpomish” dostoni 
     
    bizga vatanparvarlik 
    fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtini, 
    oilasi, 
    qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti, or- nomusini, ota- 
    bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzlardan 
    saqlashga, 
    ma’naviy- 
    axloqiy 
    pok 
    bo’lishga 
    o’rgatadi. 
    “Alpomish”dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning 
    yorqin namunasi bo’lib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur 
    ekani, 
    xalqimiz 
    qanday 
    muhitda 
    shakllanib, 
    rivojlangani, 
    qiyinchiliklarni qanday yengib chiqqanini yorqin tasvirlab beradi. Biz 
    “Alpomish” timsolida ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning 
    qay darajada ekanligini, ma’naviy barkamol axloqan pok, vijdonli 
    o’g’lonlarimizning qiyofasini ko’ramiz.
    Zardushtiylarning muqaddas kitobi hisoblangan “Avesto”da 
    bolalar yoshligidan daraxt ko’chati o’tqazishi, uy-ro’zg’or qurollari 
    yasashini, yerga ishlov berishi kabi mehnat mashg’ulotlari bilan 
    shug’ullanishlari kerakligi haqida ko’plab satrlar keltirilgan. 
    “Avesto”da ta’riflangan va targ’ib etilgan eng ulug’ kasb 
    dehqonchilikdir. Zeroki, bu kasb sohiblari zardushtiylarni moddiy 
    ne’matlar bilan ta’minlaydi. Bu hayot taraqqiyotining asosiy omilidir. 
    Dehqonlar va chorvadorlar jamiyat moddiy ne’matlarini yaratuvchilari 
    sifatida ta’riflangan. Ajdodlarimiz madaniyati merosi bo’lmish 
    “Avesto”da shunday parcha bor: 


    97 
    “Zardusht iloh Ahura Mazdadan so’rdi: 
    -
    Ey, Ahura Mazda! Zaminni hammadan ham baxtiyor qiluvchi 
    zot kim? 
    Ahura Mazda javob berdi: 
    -
    Ey, Zardusht! Kimki uni yaxshilab haydasa va ziroatga 
    tayyorlasa!.. 
    Ey, Zardusht! Kimki g’alla eksa, u haqiqatni ekadi…” 
    Demak, ota-bobolarimiz yer yuzidagi eng qadim zamonlardan 
    buyon dehqonchilik bilan shug’ullanib kelayotgan ekan. Xalqimiz 
    eng qadimgi yodgorligida ham mehnatga undalmoqda mehnat qilgan, 
    yerga ishlov bergan ulug’langan. 
    Shuni aytish joizki, xalq og’zaki ijodi – xalq badiiy faoliyatining 
    tarkibiy qismi. U xalq san’atining boshqa turlardan o’ziga xos 
    xususiyatlari bilan ajralib turuvchi og’zaki ijodi janrlari tarkibga 
    bo’linsa-da bir butun meros ekanini tasdiqlaydi. Og’zaki asar qaysi 
    janrga taalluqli ekanidan qat’iy nazar yosh avlodning barkamol bo’lib 
    yetishishini ta’minlash maqsadini amalga ishirishda xizmat qiladi. 
    Bolalarning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish maqsadida xalq 
    og’zaki ijodi namunalari bilan ko’proq tanishtirish maqsadga muvofiq 
    bo’lar edi. Chunki tarbiyada xalq og’zaki ijodi durdonalarini bolalar 
    ongiga singdirishning o’rni beqiyosdir. 
    “Alpomish”, “To’maris”, “Shiroq” kabi timsollarimizni bolalarga 
    tanishtirish, ularning mardonavor surati tushurilgan “mazaika”larni 
    kengaytirishimiz, bolalar bog’chasi, maktablar, saylgohlarda ularning 
    surati tushirilgan yorliqlarni osish kabilar orqali jasoratli, irodali va 
    albatta ma’naviyatli yosh avlodni voyaga yetkazishimiz mumkin. 

    Download 7,65 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish