Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114
Bog'liq
bosh

Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad
- o‘sib kelayotgan yosh 
avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan 
iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti 


99 
sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti 
munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi.Shu munosabat 
bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini 
singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy 
qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, 
ijtimoiy zarur kasblami ongli ravishda tanlashga tayyorlash mehnat 
ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy 
texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini kasb va 
hunarga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi. 
O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish 
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash 
insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega. Har 
bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtayi 
nazaridan tanlaydi. 
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda 
“Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha 
ta’riflar berilgan. 
• Kasb bu - insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir. 
• Kasb - insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
• Kasb - tiriklik va tirikchilik manbayi. 
O‘quvchilami kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh 
bosqichlari mazmuni quyidagilardan iborat: 
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi - 1 bosqich; 
2. Boshlang‘ich kichikyoshdagi (1-4 sinflar) - II bosqich; 
3. O‘rta yoshdagi (5-7 sinflar) -III bosqich; 
4. Katta yoshdagi (8-9 sinflar) - IV bosqich. 
O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, ko‘rsatkich 
va o‘lchovlari. 
Birinchi bosqich - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda 
ularning mashg‘ulotlarida qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari 
bo‘yicha dastlabki mehnat ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy ta’sirchan 
shakllantirish: 
Ikkinchi bosqich - kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni bilishga 
oid va o‘yin ko‘rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amalga 
tadbiq qilish orqali mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, 
yo‘nalishlari bilan tanishtirib borishini hamda ommaviy kasblarga 
bo‘lgan qiziqishini shakllantirish. 


100 
Uchinchi bosqich - o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmuni 
ulardagi qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o‘z 
o'rnini topishdagi hamda ma’naviy-moddiy qadriyatning izlanuvchan-
sinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish. 
To‘rtinchi bosqich - o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni 
shakllantirish davri, ya’ni o‘quvchilami aniq bir kasbni tanlashning 
shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchini, 
javobgarlik xislatlarini shakllantirish. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish