Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114
Bog'liq
bosh

texnologiya 
darslarida yo‘naltirish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-ona, muhit va 
ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni 
politexnik mehnat va malakalari bilan qurollantirishdan, ularni mehnat
va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni ongli ravishda tanlashga, moddiy va 
ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok etishga tayyorlashdan 
iboratdir.
Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi maqsadlardan iborat: 
1. O'quvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xo‘jaligining turli 
tarmoqlari bilan tanishtirib borish. 
2 .O'quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan 
tanishtirib, ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari 
o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish. 
3. Kasb tanlashga yo'llash ishlarini olib borishda o‘quvchilarni 
asosan maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining 
ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga yo'llash.Kasb 
tanlash juda muhim masala bo‘lib, ko‘pincha o‘quvchilar uni mustaqil 
hal qila olmaydilar.O‘qituvchilarning ish tajribasi o‘quvchilarni kasb 
tanlashga yo’llashning farq va metodlarini belgilab beradi. Ulardan 
asosiylari quyidagilardan iborat: 
1. Darslarda kasb tanlashga yo’lIash. Masalan, o‘qituvchi 
o‘quvchilami mehnat mashg‘ulotlarida bajaradigan ish bilan bog‘liq 
kasblar bilan tanishtiradi. Chunonchi, yog‘och kesuvchi, rom 


102 
yasovchi, duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasblar haqida 
bilim oladilar va tanishadilar.
2. 
Ekskursiyalarda 
kasb 
tanlashga 
yo‘llash. 
Odatda, 
ekskursiyalarda o‘quvchilarni o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi 
material bilan tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu 
imkoniyatdan o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash uchun foydalanish 
mumkin. 
3. To‘garak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yo’llash. To‘garak 
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga 
ko‘proq imkoniyatlar vujudga keladi. 
4. Har xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish. Odatda, umumta’lim 
maktablarni bitirgandan key in ishlab chiqarish sanoati muassasalarida 
ishlayotgan kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda katta taassurot 
qoldiradi. Texnologiya fani jarayonida o‘quvchilar turli kasb egalari 
bilan tanishadilar. 
5. Har xiil madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish. Kasb tanlashga 
yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har 
xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning ish tajribasidan 
ma’lum.
Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlashda shaxsiy va jamoa 
fikri” mavzusida munozaralar uyushtirish, kinofilmlani muhokama 
qilish shular jumlasidandir. 
6. Kasblar mazmunini chuqur o‘rganish. O‘qituvchi muayyan 
kasblar to‘g‘risida tasavvur berish uchun bir yo‘la barcha o‘quvchilar 
bilan ish olib borishdan tashqari bu kasb bilan yaxshilab tanishish 
istagi bo‘lgan o‘quvchilar bilan jiddiyroq ish olib boradi. 
o‘quvchilarni qiziqishlariga qarab guruh yoki mikroguruhlarga 
birlashtiradi. 
Bunda 
ishning 
turli-tuman 
tashkiliy 
formalari 
qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘z kuchi bilan referat yozadilar, 
ekskursiyalar o‘tkazadilar. 
7. Fakultativ mashg‘ulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ 
mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlaming ma’lum qismidan kasb 
tanlashga yollash ishi uchun foydalaniladi.Kasb to‘g‘ri tanlanganda 
ular o‘z qobiliyatlarini va qiziqishlarini yaxshiroq ro‘yobga 
chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq foyda keltirishi mumkin. 
Kasbga yo‘llsh, qiziqtirish hamda malaka va ko‘nikmalarini 


103 
shakllantirishda o‘quv jarayonidagi ta’lim-tarbiya ishlari muhim 
ahamiyat kasb etadi.

Download 7,65 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish