“matematika o’qituvchisi”




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114
Bog'liq
bosh

“matematika o’qituvchisi” 
kasbi quyidagicha tahlil 
etiladi: mehnat predmeti-odam, belgi; mehnat maqsadi-gnostik, 
ixtirochilik va tub o’zgarishlarga qaratilgan; mehnat vositalari - 
funksional; shart-sharoitlari – maishiy mikromuhit va boshqalar. 
Shundan keyin kasbni topuvchi har bir ishtirokchi bitta imkoniyatga 
ega va 1 daqiqadan so’ngra o’zining javob variantini taqdim etadi. 
Agar komandaning bitta variantidan bitta to’g’ri bo’lsa, komanda 
g’olib sanaladi.
4.Topganlar sinfxonadan tashqariga chiqadilar. Ular ham 
sinfdagilar uchun topishmoq taqdim etadilar.
5.Boshlovchi topishmoq taqdim etuvchilarni sinfxonaga taklif 
etadi Ular auditoriyaning kasblar tahlil etish sxemasi bo’yicha 
topishmoq sinfga taqdim etadilar.
6. Topishmoqni topish Guruhchalardan bittadan ishtirokchi tanlab 
olinadi..
7.So’ngra bir daqiqa davomida ular o’zlarining javob variantlarini 
taqdim etishlari lozim bo’ladi.
8.Ularning kasbni topgan va topmaganliklari baholanadi. Buning 
uchun topishmoq sifatida taqdim etilgan kasb nomi aytiladi.
O’yinning muhokama qilish.


108 
Boshlovchi kasbni tahlil etish sxemasining har bir bandi bo’yicha 
sinf bilan birgalikda doskada yozilgan uchta variantning to’g’ri va 
noto’g’ri javoblarini aniqlaydi. 
1-ilova 
Kasbni tahlil etish sxemasi 
1.Mehnat predmeti: tabiat, texnika, odam, belgilar, badiiy obraz. 
2.Mehnat maqsadi: bilish (baholash, tub o’zgarish qiluvchi, 
izlanuvchanlik (tadqiqotchilik). 
3.Mehnat vositasi: qo’l, mexanik, avtomatik, funksional (nutq, 
mimika, jismoniy ) , nazariy (bilim). 
4.Mehnat shart-sharoiti: maishiy mikromuhit, noodatiy muhitlar 
(sex, magazin), ekstremal (suv osti, shaxta), ochiq havo. 
5.Mehnatni tashkil etish: aniq tartib-qoidaga asosan, odatiy 
munosabatlar bo’yicha: boshliq-xodim, nisbiy mustaqil. 
6.Mehnat jarayonidagi muloqot: individual (mijoz bilan), 
Guruhda ishlash, katta jamoa va auditoriyalar bilan ishlash. 
7.Mehnatga mas’uliyatini belgilovchi: moddiy, axloqiy, inson 
hayoti va salomatligiga daxldorlik. 
8.Harakatlanish xarakteri: o’tirib ishlash, tik turib ishlash, doimiy 
harakatda ishlash. 
9.Salomatligiga 
qo’yiladigan talablar: yuqori, me’yorda, 
barchasini amaliy bajarish. 
10.Kasbga nisbatan jamiyatning ehtiyoji: talab bor, talab 
etilmaydi, ish topish qiyin. 
11.Kasb xususiyatlari: imtiyozlarga ega (qanday?), barvaqt 
nafaqaga chiqish, ta’tillarga borish, qiziqtiruvchi imkoniyatlari 
(mehnat mehnatsiz daromad olish imkoniyati) va boshqalar. 
12.Kasbni egallash: ma’lumot talab etilmaydi, ishlab chiqarish 
o’quvchisi, maxsus kurslarni, kasb-hunar kolleji, oliy o’quv yurti 
aspirantura, doktorantura, akademiyani tamomlash. 2-3 ta kasblarni 
tahlil etilgandan so’ngra murakkab hollarda o’yin to’xtatiladi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kasb-hunar tushunchalarini 
shakllantirish, ularni kasb-hunar tanlashga yo’llash davlat ahamiyatiga 
ega bo’lgan muammo. Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash 
g’oyat muhim vazifadir. Shu boisdan yoshlarning kasb tanlash 
muammosi umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich sinflarida katta o’rin 
tutadi. “Mening orzuim”, “Kim bo’lsam ekan”, “Men sevgan kasb”, 


109 
“Kasbning yomoni yo’q”, “Kasbim faxrim” degan mavzular har bir 
yigit va qiz uchun asosiy muammolardan biridir. O’quvchilarning 
o’qishga bo’lgan chaqqonligini qondiruvchi birinchi ziyo – chashma 
bu maktabdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilarda kasblar tiplarini 
mustaqil holda bilish (Inson tabiati, inson texnika, inson badiy timsol, 
inson belgilar tizimi), tanlayotgan kasbning talablarini o’z shaxsiy 
sifatlari bilan qiyoslay olish, o’z moyilligi qobilyati, salomatligi 
tanlanayotgan kasbga muvofiqligini, to’g’ri baholash ko’nikmalari 
shakllanishi lozim. Uslubchining kasb tanlashga yo’llashdagi vazifasi 
– har bir o’quvchini, uning kasbga va bilimga qiziqishlarini, moyillik, 
ehtiyojlari, atrof-muhitni, oilaviy ahvolini yaxshi va har tomonlama 
o’rganishdan iborat bo’lishi kerak.
Bu maqsad va vazifalaridan kelib chiqib o’qituvchi: 
- o’quvchilarga “kasb” tushunchasining ma'nosini yoritib berish, 
ularni kasblarning klassifikatsiyalari bilan tanishtirish; 
- o’quvchilar “kasbiy qiziqish”, “mayllik” tushunchalari bilan 
tanishtirish; 
- o’quvchilarni kasb tanlashga asosan o’quv va ijtimoiy – mehnat 
uyushmasiga nisbatan ongli yondashishga erishish;
- o’quvchilarga kasb tanlashda o’z salomatligini hisobga olish 
zarurligini tushuntirish; 
- o’quvchilarga “Kasbiy layoqat” tushunchasining mohiyatini 
ochib berish, kasb tanlashga mulohaza bilan yondoshishni 
shakllantirish; 
- qobiliyatlarni kasb tanlashdagi ahamiyatini tushuntirish, 
umumiy va alohida qobiliyatlar haqida tasavvur hosil qilish;
- har bir o’quvchiga tanlangan kasbini egallashi uchun amaliy 
yordam ko’rsatishi, unda ijtimoiy – mehnat uyushmasiga ijodiiy 
yondoshishni rivojlantirish. 
Yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlar, vazifalar, manbalar yosh 
avlodni ongli ravishda kasb-hunar tanlashga yo’naltirish yoshlarning 
kasbni erkin va mustahkam tanlashlari uchun mustaqil zamin 
yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qo’llash lozim. Bu tizim 
boshlang’ich ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayonida 
uzviylikda amalga oshiriladi. 
Bizning vazifamiz kelajagimiz bo’lgan o’quvchilarni kasb-
hunarga, ijtimoiy-iqtisodiy bilimga ega bo’lgan, bozor sharoitini 


110 
biladigan har tomonlama tushunadigan, ma’lumotli yigit - qizlarni 
tayyorlash. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish