• 12-MAVZU. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA XORIJIY TA’LIM TIZIMIDAN FOYDALANISH Reja
  • “Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog’i, yaxshi




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    “Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog’i, yaxshi 
    tarbiya olmog’i va yaxshi xulq fazilatlarga ega bo’lmog’i kerak”.
    Abu Nosir Farobiy 
    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
    1.O'quvchilarni kasbga yo'naltirishdan asosiy maqsad nima? 
    2. O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh 
    bosqichlari mazmuni nimalardan iborat? 
    3.O'quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagoglarning 
    oldida turgan muhim vazifalar nimalardan iborat?
    4. "Kasbni top" o'yini haqida nimalarni bilasiz?
     12-MAVZU. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA XORIJIY
    TA’LIM
     TIZIMIDAN FOYDALANISH
     
    Reja: 
    1.
    Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi 
    2.
    Texnologiya ta’limining ahamiyati va mohiyati 
    3.
    Modulli ta’lim tizimining mohiyati 
    4.
    Zamonaviy ta’lim shakllari: masofali o’qitish,mahorat darslari , 
    vebinar va evristik metodlar.
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Muammoli o’qitish, 
    ”SINKVEYN” texnologiysi, FSMU texnologiyasi, SWOT tahlil, 
    Shvetsariya ta’limi 
    Islohotlarimizdan 
    ko‘zlangan maqsad va Prezidentimiz 
    siyosatining bosh omillaridan biri teran fikrlovchi, o‘z mustaqil 
    dunyoqarashiga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va 
    tarbiyalashdir. SHuning uchun zamonaviy talablar asosida ta’lim 
    mazmunini boyitish, rivojlangan Evropa davlatlari (Germaniya, 
    Angliya, Fransiya, Kanada), Osiyo mamlakatlari (Yaponiya, Janubiy 
    Koreya) va Amerika Qo‘shma SHtatlari kabi davlatlarning o‘quv, 
    o‘quv - uslubiy, ilmiy - tadqiqot jarayonlari, modulli ta’lim tizimi 
    mohiyati, Evropa yagona ta’lim muhiti (Bolonya jarayoni), modulli - 
    kredit tizimi mohiyati, ESTS kreditlari, uning asosiy tamoyillari va 
    xususiyatlari haqidagi pedagogik kadrlarining kasbiy kompitentlilik 


    111 
    darajasini raqobatbardosh ta’lim tizimi doirasida shakllantirish muhim 
    ahamiyat kasb etadi 
    XXI asrda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish modelini 
    shakllantirishning muhim sharti hisoblangan innovatsion faoliyatni 
    keng ko‘lamda tatbiq etish, ilmiy bilimlarni, yangi texnologiyalarni 
    qo‘llash malakasini egallash bevosita texnologiya fanini bilishlariga 
    va kundalik hayotda qo‘llay olishlariga erishish, o‘quvchilarda 
    mantiqiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish, ularni yozma va og‘zaki
    muloqot me’yorlarini egallashga hamda o‘z - o‘zini boshqarish va
    tuta bilishga o‘rgatish uchun ta’lim tizimining debochasi bo‘lgan
    boshlang‘ich sinflarda sifatli ta’limiy faoliyatni tashkil etishga alohida 
    e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
    Uzluksiz ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ta’lim 
    falsafasi, didaktika ta’lim nazariyasi paradigmalari uzluksizligini 
    ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf 
    o‘qituvchilari kompetentliligi, ijodkorligi, mustaqilligini rivojlantirish, 
    innovatsiyalarni baholay olishi hamda o‘z faoliyatiga tatbiq etishi, 
    shuningdek, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish 
    uchun maqbul sharoitlar yaratishga tizimli yondashuvni talab qiladi.
    Quyida biz rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimni tashkil 
    qilish masalalariga to‘xtalamiz. Dunyodagi barcha yangiliklar va 
    yuksalishlar sari intilish, eng so‘nggi yutuqlardan foydalanish va 
    ularni yanada rivojlantirish - bu yapon xalqining azaliy milliy 
    odatlariga aylanib qolgan. Bugungi kunda Yaponiya dunyodagi barcha 
    davlatlar uchun ochiq va halqaro hamkorlik maydonida faol ishtirok 
    etib kelmoqda. Yaponiya - juda tez rivojlanayotgan davlat bo‘lib, 
    aqliy imkoniyatlaridan foydalanuvchi fan va texnikani qo‘llash 
    siyosati 
    asosan 
    yaponlarning 
    tabiatan 
    mehnatsevarlik 
    va 
    ishbilarmonligidan dalolat bersa, bolalarni ijodkorlik, mustaqillik, 
    erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun, shart - sharoitlar 
    yaratish vazifalari yapon tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat 
    qiladi.
    Psixologik adabiyotlar tahlilidan bilamizki, 7 yoshgacha inson 
    bilimlarni 70% ni, qolgan 30% ni butun qolgan umri davomida 
    o‘zlashtirar ekan. Mazkur teoriyaga yapon xalqi jiddiy e’tibor 
    qaratgan bo‘lib, ularda maktabgacha tarbiya odatda oiladan 
    boshlanadi. 
    Milliy 
    mintalitetimiz 
    nuqtai 
    nazari 
    doirasida 


    112 
    solishtirganimizda, yapon ayollari uchun onalik birinchi o‘rinda 
    turadi.
    Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Ular 
    bolalarning yosh xususiyatlariga qarab tarbiyaning barcha jihatlariga 
    urg‘u beradi. Masalan, 1 yoshda – o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, 2 
    yoshda – amaliy san’at qo‘l mehnatini ko‘rsatish, 3 yoshda – burch 
    hissini tarbiyalash, 4 yoshda – yaxshilik va yovuzlikni farqlashga 
    o‘rgatish. Yаpon tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, 5 yoshda 
    – liderlik xislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni 
    bajarishga o‘rgatish, bolalarda qiziqishlariga doir yo‘nalishlarni 
    belgilab olish uchun, eng muhimi o‘zgalar oldida maqsadlarini ifoda 
    qilishga o‘rganishlari uchun katta e’tibor berilgan. O‘rta maktabda 
    xanlar doimiy emas, ular yangi sharoitlarga tezroq ko‘nikish uchun 
    har 5 oyda o‘zgartirib turiladi. Yaponiya bog‘chalariga 3-5 yoshdagi 
    bolalar qabul qilinadi. Bolalar bog‘chalarining maqsadi bolalarning 
    aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik va ichki 
    tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat hodisalariga to‘g‘ri 
    munosabatda bo‘la olishni o‘rgatishdan iborat. Shuningdek, 
    matematik savodxonlik, og‘zaki nutq, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni 
    o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi. Ertaklar, kitoblar, musiqa, sport 
    o‘yinlari, rassomlik kabi shaxsning ijodiy xususiyatlariga qiziqish 
    uyg‘otiladi.
    Yaponiyada maktabga 6 yoshdan boriladi. Boshlang‘ich maktabga 
    6 yoshdagi yapon bolalarning 99 % qatnaydi. 99 % yapon 
    boshlang‘ich maktablari davlat tasarrufida, 1 % - xususiy. O‘quv 
    rejasiga yapon tili, gumanitar fanlar, arifmetika kabilar kiradi. 
    Maktablarda o‘qitish dasturi o‘zgaruvchan, lekin Ta’lim vazirligi 
    tasdiqlagan 
    standartlarga 
    asoslanadi. 
    Boshlang‘ich 
    ta’limni 
    moliyalashtirish, o‘qituvchilar bilan ta’minlash, maktab dasturlarini 
    yaratish mahalliy hokimiyat zimmasida. Boshlang‘ich ta’limda bolalar 
    davlat hisobidagi 1945 ta kandji ieroglifdan 1006 tasini yod olishi 
    kerak. Boshlang‘ich ta’lim “syogakko” quyidagi vazifalarni hal qiladi:
    -o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vataniga, o‘z 
    qadriyatlariga hurmat hissini o‘rgatish;
    -o‘quvchilarni xalqaro hamkorlik ruhida tarbiyalash;
    -ona tilidan to‘g‘ri foydalanish;
    -iqtisodiy tarbiya berish;


    113 
    Yuqori o‘rta maktabda yapon tili, matematika, tabiiyot, 
    jamiyatshunoslik va boshqa majburiy umumta’lim fanlariga 
    qo‘shimcha holda o‘quvchilar tanlov bo‘yicha fanlarni taklif qiladilar, 
    bu ingliz tili, yoki boshqa chet tillar, shuningdek, texnik va maxsus 
    fanlar bo‘lishi mumkin
    Germaniya Federativ Respublikasi ta’lim tizimi bir necha 
    bosqichni o‘z ichiga oladi: elementar ta’lim: maktab ta’limining 1-
    bosqichiga tegishli bo‘lib, maktabgacha muassasalar kiradi. Asosan 
    bular bolalar bog‘chalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari bo‘lib, 
    bu yerlarga bolalarning qatnashishi 3 yil davomida ota-onalar 
    xohishiga ko‘ra ixtiyoriydir. 
    Ta’limning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlang‘ich maktab, 
    unga 6 yoshdan qatnay boshlaydi. O‘qish muddati 4 yil, Berlin va 
    Brandenburgda 6 yil. Bu bosqichdagi ta’limning maqsadi – bolalarga 
    ta’limning ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda ta’limni davom 
    ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan iborat.
    Ta’limning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) “yo‘nalishli 
    bosqich” deb nomlanuvchi bosqichdir, unda bolalarni ularning 
    iqtidoriga ko‘ra o‘quv muassasalarining kerakli turiga yo‘naltiradi: 
    asosiy maktablar, real maktablar, gimnaziyalar, kompleks maktablar. 
    O‘quvchilar ta’lim haqidagi attestatni real va asosiy maktablarni 
    bitirgachgina olishadi. Respublikamizda har yili 1 sentyabrda 
    maktabga ilk qadam qo‘ygan bolalar uchun “Prezident sovg‘asi” 
    berilgani kabi Germaniyada boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga ilk o‘qish 
    kuni shirinliklar va kerakli maktab qurollaridan iborat “maktab 
    sovg‘asi (kulyok)” beriladi. Germaniyada majburiy maktab ta’limi 6 
    yildan 19 yilni o‘z ichiga oladi, demak maktabda ta’lim umuman 
    olganda 13 yilni tashkil etadi. Boshlang‘ich maktab-ta’lim tizimining 
    poydevori hisoblanadi. Bu ta’lim bosqichining vazifasi – bolalarga 
    ta’limni davom ettirishga imkon beruvchi bilimlar asosini berishdir. 
    Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi 
    maktablarga o‘tadilar. Germaniyada o‘rta maktab tiplari: asosiy, real, 
    aralash maktablar va gimnaziyalar. O‘quvchilar ularga tavsiya etilgan 
    o‘quv yo‘nalishlaridan bitta asosiysini tanlab olish imkoniga ega. Bu 
    tabiiy-matematik, texnik, lingvistik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-tibbiy, 
    musiqiy-badiiy yo‘nalish bo‘lishi mumkin. Boshlang‘ich sinflarda 
    umumta’lim bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish va shular 


    114 
    asosida o‘quvchilarni zamonaviy ma’lumotlarni olish va qayta 
    ishlashning ilmiy metodlari bilan tanishtirish, oliy o‘quv yurtida 
    muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni 
    yaratishdan iborat.Germaniyada boshlahg`ich sinflarda texnologiya 
    fanini o`qitishda alohida e`tibor qaratiladi. Texnologiya fanini o`qitish 
    jarayonida o`quvchilari mustaqil va ijodiy fikrlashga o`rgatib boriladi. 
    Bu fan maxsus jihozlangan sinflarda o`tkaziladi. 
    Janubiy Koreya Respublikasi ko‘plab tadqiqotchilarning 
    diqqatini o‘ziga tortmoqda, sababi bu davlat postindustrial 
    sivilizatsiya yutuqlarini egallagan Osiyo – Tinch okeani regionining 
    noyob davlatlaridan biridir. Koreyaliklar bajarilishi shart bo‘lgan 
    asosiy vazifa - o‘z an’anaviy madaniyatini saqlash, siyosiy va 
    ijtimoiy-iqtisodiy 
    islohotlarni 
    o‘z madaniy-siyosiy identivlik, 
    Sharqning an’anaviy qadriyatlari va markazlari bilan bog‘lashga 
    intilish deb hisoblaydilar. Bu davlatning ta’lim tizimi YUNISEF 
    ekspertlari xulosasiga ko‘ra sanoati rivojlangan davlatlar ichida “eng 
    samaralisi” deb tan olingan. Ko‘pchilikning yagona fikricha, Janubiy 
    Koreyaning iqtisodiyoti va texnikadagi yutuqlari “inson resursiga 
    investitsiyani 
    to‘g‘ri tikkanligida” deb ta’kidlashadi. Ko‘p 
    rivojlanayotgan davlatlarda ta’lim bugungi kunda jamiyatning faqat 
    sarf-harajatlar sohasi emas, balki asosiy ishlab chiqaruvchi kuchiga 
    aylandi. Ya’ni, ta’lim raqobatbardosh, jiddiy moliyaviy mablag‘larni 
    olib keluvchi soha bo‘lishi kerakligi isbotlandi. Ta’limning deyarli 1-
    bosqichiyoq davlat va iqtisodiyotning rivojlanishiga qaratilgan 
    bo‘lishi kerak. Faqat bilim olish uchungina emas, balki olingan 
    bilimlarni amaliyotda samarali qo‘llash uchun o‘qish zarur.
    Koreya o`qituvchilarining fikricha 3 yoshgacha bog’chaga 
    brogan bolalarning fanlarni qabul qilishi, uydan to’g’ri kelgan 
    bolalarning qabul qilishidan yaxshiroq. Yasli bog’chaga qatnab kelgan 
    bolalar faolroq, qiziquvchan, o’zlashtirish darajasi yuqori bo’ladi. 
    Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
    Mirziyoyev aytganlaridek, bolalar tarbiyasi jarayoniga o’z ishini puxta 
    biladigan, malakali va har bir bolaga individual yondasha oladigan 
    pedagog kadrlarni jalb qilgan holda, ularni go’dakligidan ongi va 
    tafakkurini to’g’ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya, 
    bilim va ma’naviyatga ega bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin 
    bo’ladi. (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 


    115 
    raisligida 14 fevral 2018 yil maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish 
    va rivojlantirish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi 
    tahliliga bag’ishlangan videoselektordan ). 
    Koreyada davlat tasarrufidagi boshlang‘ich maktablardan 
    tashqari qator xususiy maktablar ham mavjud. Bu maktablarning 
    o‘quv dasturlari davlat maktablari o‘quv dasturlariga birmuncha mos 
    keladi, lekin o‘qitish yuqori darajada amalga oshiriladi. Masalan, kam 
    sonli o‘quvchilarga ko‘p o‘qituvchilarning jalb etilishi, qo‘shimcha 
    fanlarning kiritilishi, umuman ta’limning yuqori standartlarga egaligi 
    va h.k. Shu bois ko‘pchilik ota-onalar o‘z farzandlarini xususiy 
    maktabga berishga intiladilar. Lekin bunday maktablarda o‘qish 
    narxining balandligi ota-onalarni o‘ylantirib qo‘yadi. Boshlang‘ich 
    maktabni bitirgan o‘quvchilar keyingi bosqichlarga imtixonsiz 
    o‘tadilar .Kanadaliklarning eng muhim yutuqlaridan biri - bu ularning 
    ta’lim tizimidir. Ilg‘or universitet va kollejlardagi ta’lim sifati juda 
    yuqori va Kanada diplomlari butun dunyoda tan olinadi. Xalqaro 
    reytingda Kanada ta’limi AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
    Rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimini oladigan bo‘lsak 
    Angliyada bolalarning maktab yoshi o‘rtasa 5-6 yosh bo‘lib, bolalar 
    sinfda 
    o‘ynaydilar, 
    mashg‘ulotlar 
    bilan 
    shug‘ullanadilar, 
    ovqatlanadilar. Hamma mashg‘ulotni birta murabbiy olib boradi. 
    Bolalar ko‘proq ochiq havoda sayr qilishadi.
    Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va 
    adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografn, 
    aholishunoslik, tabiiy fanlar, texnologiya fani, jismoniy va estetik 
    tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi. 
    Xuddi shunday Shvetsariyada ham texnologiya fanini o`qitishda 
    o`quvchilar ijodkorligini oshirish maqsadida sinf xonlarini uy 
    ko`rinishida bezab qo`yishadi. Bunday jihozlanishda o`quvchilar 
    o`larini uylaridagiday his qilib mustaqil fikrlashlari uchun zamin 
    yaratiladi. 

    Download 7,65 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog’i, yaxshi

    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish