Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/114
Sana21.06.2024
Hajmi7,65 Mb.
#264904
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114
Bog'liq
bosh

Kasb guruhlari
. Nihoyat, piramidaning oxiridan oldingi qavati 
—mehnat sharoitlari boyicha kasblar klassifikatsiyasiga to’xtalib 
o’tamiz. Kasblar to’rtta guruhga bo’linadi: 
1. Odatdagi («maishiy») mikroiqlim sharoitidagi mehnat (Mt). 
Hisobchi, iqtisodchi, chizmachi, o’qituvchi va boshqalarni mana shu 
kasb gruppasiga kiritish mumkin. 
2. Harorat, namlik keskin o’zgarib turuvchi ochiq havoda ishlash 
bilan bog’liq bo’lgan mehnat (O). Quyidagi kasblar bunga misol bo’la 
oladi: quruvchi, o’t o’chiruvchi, sug’oruvchi va boshqalar. 


83 
3. Odatdan tashqari mehnat: yer ostida, suv ostida, balandlikda, 
havoda, qaynoq tsexlarda, sog’liq uchun muqarrar zararli ta`siri 
bo’lgan tsexlarda ishlash (G`). Bunday kasbga misollar: uchuvchi, 
shaxtyor, g’avvos va hokazo. 
4. Odamlarning sog’ligi, hayoti uchun, katta-katta jamoat 
boyliklari, moddiy ne`matlar uchun oshirilgan ma`naviy mas`uliyat 
bilan bog’liq bo’lgan mehnat (M). O’qituvchi, shifokor, militsiya 
noziri, texnika xavfsizligi muxandisi va boshqa kasblarni mana shu 
mehnat guruhiga kiritish mumkin.
Kasb tanlash formulasi. Piramidaning to’rtta-qavati to’ldirilgan 
Beshinchisi hozircha bo’sh qoldirilgan. Bu yerga siz o’zingiz tanlagan 
kasbning bir necha harfdan iborat bo’lgan formulasi shartli belgisini 
yozib qoyishingiz kerak. Bu harflar siz yoqtirgan kasbning tipiga, 
turkumiga, bo’limiga, guruhiga muvofiq keladi. 
Masalan, siz o’simliklar bilan ish olib borishni xohlaysiz, deylik. 
Siz qo’l mehnatini engillashtiradigan ish qurollaridan foydalanib faol 
ravishda o’zgartiruvchilik faoliyati bilan mashg’ul bo’lasiz. Lekin 
bunda o’z mehnatingiz kundalik, oddiy, maishiy sharoitlarga yaqin 
bo’lgan bir vaziyatda kechishini istaysiz. Bunday vaqtda siz tanlagan 
kasbning formulasi shunday bo’ladi: PPRB («Odam-tabiat» tipidagi 
kasb, o’zgartiruvchi kasblar guruhidan, qo’l mehnati ishlatiladigan 
kasblardan, mehnat sharoiti — maishiy). Mana shu yo’nalishda olib 
borilgan aniq maqsadni ko’zlovchi izlanishlar mashg’ulotning konkret 
turini topishga yordam beradi: masalan, ushbu formulaga tevarak-
atrofdagi iqlimdan himoya qilingan tuproq sharoitida (teplitsa 
xo’jaligida) ishlovchi meva-sabzavotchi (gulchi) kasbi to’g’ri keladi. 
Siz endi yaxshi bilasizki, har qanday kasbni muayyan 
klassifikatsiya to’riga faqat shartli ravishdagina kiritish mumkin. 
Amalda esa bir kasbning o’sha klassifikatsiyaning bir necha turiga 
tegishli ekanligini ko’rsatuvchi misollar juda ko’p. Axir, bir tipga 
mansub bo’lgan har qanday kasbda albatta, boshqa kasbga xos bo’lgan 
belgilar ham uchraydi. Hamma gap shundaki, mana shu o’xshash 
jihatlarning qaysilari asosiy belgilar - u, qaysi biri ikkinchi rejaga 
olinishini, lekin baribir muhim belgi bo’lib qolishini aniqlab olish 
kerak. Shularning hammasini formulada hisobga olish mumkin. 
Buning uchun unga qo’shimcha harfli indekslar kiritish lozim. 
Masalan, siz o’zingiz xohlagan bo’lg’usi kasbingizda Tab. va B.o. 


84 
tipiga xos belgilar bo’lishini istaysiz, deylik (buni biz Tab., B.o. deb 
belgilaymiz). Bunda sizga yoqadigan kasblarning biri gulchilik-
dekoratorlik bo’lib chiqadi. 
Shunday ham bo’lishi mumkinki, hosil qilingan formulaga 
hozircha hech bir kasb to’g’ri kelmaydi, ya`ni hali hayotda bunday 
kasbning o’zi yo’q. U holda formulani boshqatdan tuzishga to’g’ri 
keladi, uni real hayotga yaqinlashtiriladi. Bunday qilinayotgan vaqtda 
kasb tanlashga: «kerak, qo’limdan keladi, xohlayman» degan shior 
asos qilib olinmog’i kerak.Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan 
edi: «Hayotda Siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlab va Siz bir 
umr ishga bormaysiz». Agar kishi o’z sevgan kasbida ishlayotgan 
bo’lsa u hech qachon har ertalab o’zini ishga ketayapman, deb 
hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq, 
xursandchilik, shijoat, rag’bat hamda ma’naviy ozuqa beradi. O’zi 
yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o’tib ketganligini 
sezmay 
qoladi, 

hech 
qachon 
bajarayotgan 
ishidan 
charchamaydi.Bugun dunyo bo’ylab qanchadan-qancha kishi zavod-
fabrikalarda, idoralarda, avtomobillarda, ish maydonlarida ish 
vaqtining tezroq tugashini intizorlik bilan kutib, tushlik vaqtining 
tezroq kelishi ilinjida soatga ma’yus termulib o’tirishadi. Bu toifadagi 
kishilar, o’z haddi-harakatlaridan ma’lumki, o’zlari yoqtirgan 
mashg’ulotni o’z kasblari sifatida tanlashmagan. Ya’ni, ular o’zlariga 
yoqmaydigan kasb bilan shug’ullanuvchi kishilardir.Ba’zilar «Kishi 
bajarayotgan ishidan katta daromad olsa bo’ldi-da, kasb kishiga katta 
pul keltirsa bo’lgani, uning qilayotgan ishi o’ziga yoqishi ikkinchi 
darajali», deb hisoblashadi. Ammo hech bir kishi kasbidan zavqlana 
olmas ekan, o’z bajarayotgan faoliyati orqali katta daromadga erisha 
olmaydi. Balki biror kishi shug’ullanayotgan kasb katta foyda 
keltiradigan ishdir, balki kimlardir shu kasb ortidan katta daromadga 
erishayotgandir, ammo bu kasbning egasida o’z ishiga nisbatan 
qiziqish va zavqlanish bo’lmasa, u hech qachon o’z kasbidan barakat 
topa olmaydi.Shundan kelib chiqqan holda bugun haqiqiy hayotda 
kasbidan 
zavqlana 
olganlarning 
muvaffaqiyatli 
faoliyat 
yuritayotganini, o’z kasbini yomon ko’rganlarning esa kunni zerikarli 
bekorchilik bilan o’tkazishayotganligini ko’rishimiz mumkin. Bunday 
sharoitda o’z kasbini sevgan, qilayotgan ishidan zavqlana olgan oddiy 
poyafzal ta’mirlovchisi bugungi kunda milliardlab foyda ko’rish 


85 
mumkin bo’lgan ilg’or tashkilotda yetuk mutaxassis sifatida ishlovchi, 
ammo o’z kasbini yomon ko’radigan, qilayotgan ishidan zavq topa 
olmaydigan kishidan ancha ko’proq foyda ko’rishi mumkin.Ishoning, 
kasb – bu faqat pul topish usuli emas, balki hayotingizning katta 
qismini mazmunli o’tkazish vositasi sifatida ham katta ahamiyatga ega 
hisoblanadi. 
Agar Siz hozirgi yoshingizda kelajakda shug’ullanishingiz uchun 
kasb tanlayotgan bo’lsangiz, faqatgina bu kasbdan Sizga keladigan 
moddiy daromadni emas, balki undan olishingiz kerak bo’lgan 
ma’naviy ozuqani ham hisobga oling. Bordi-yu Siz allaqachon biror 
kasbga ega bo’lsangiz, ammo bu kasb Sizning sevimli kasbingiz 
bo’lmasa, qilayotgan ishingizdan zavqlana olmasangiz, o’z 
bajarayotgan ishingizda xursandchilik, ma’no topishga intiling. 
Bajarayotgan ishingizdan zavqlanishni o’rganing. Agar buning iloji 
bo’lmasa, kasbingizni imkon qadar o’zingiz zavqlanib ishlaydigan 
faoliyat turiga o’zgartirishga harakat qiling. 
Unutmang, Siz kasbingizda jon saqlashingiz emas, balki 
yashashingiz kerak. Shundagina qilayotgan ishingiz Sizning haqiqiy 
sevimli kasbingiz hisoblanadi!O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish 
o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va 
jismoniy hara kat jarayonlaridan iborat bo‘lib, buning natijasida ular 
meh nat predmetlari, vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarni ham da 
ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnati va kasbga yo‘naltirish 
amaliy ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb 
tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat 
faoliyatiga tezda qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlari 
hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar.Yangi iqtisodiy munosabatlar 
kasb-hunarga yo‘naltirishning yangicha munosabati sharoitida mehnat 
ko‘nikmalari va malakalarini maqsadli shakllantirishdan iborat bo‘lib, 
ongli va har tomonlama rivojlangan fuqoroni tarbiyalashning tarkibiy 
qismi hisoblanadi.O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash ishlari 
maqsadli texnologiya fanining maqsad va vazifalari bilan uyg‘unlikda 
namoyon bo‘ladi.Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib 
kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga 
tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy 
faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning 
bozor 
iqtisodiyoti 
munosabatlariga 
moslashib 
borishiga 


86 
ko‘maklashadi. Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan 
asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak 
onglilikni tar biya lash,umum insoniy qadriyatni shakllantirish, yosh 
avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli 
ravishda tanlashga tayyorlash mehnat ta’lim va tarbiyasining 
vazifalaridir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida 
maktab o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhimligi 
ancha oshdi. O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish 
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash 
insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega.Har 
bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtayi 
nazaridan tanlaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda
“Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha 
ta’riflar berilgan.
• Kasb bu – insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat 
turidir. 
• Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
• Kasb – tiriklik va tirikchilik manbayi.
O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh 
bosqich-
la ri mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi – I bosqich;
2. Boshlang‘ich kichik yoshdagi (1–4 sinflar) – II bosqich;
3. O‘rta yoshdagi (5–7 sinflar) –III bosqich;
4. Katta yoshdagi (8–9 sinflar) – IV bosqich.
O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, ko‘rsat 
kich va o‘lchovlari.
Birinchi bosqich – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda 
ularning mashg‘ulotlarida qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari 
bo‘yicha dastlabki mehnat ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy ta’sirchan 
shakllantirish: 
Ikkinchi bosqich – kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni 
bilishga oid va o‘yin ko‘rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini 
amal ga tadbiq qilish orqali mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, 


87 
yo‘nalishlari bilan tanishtirib borishini hamda ommaviy kasblarga 
bo‘lgan qiziqishini shakllantirish.
Uchinchi bosqich – o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmuni 
ulardagi qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o‘z 
o‘rnini topishdagi hamda ma’naviy-moddiy qadriyatning izlanuvchan-
sinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish.
To‘rtinchi bosqich – o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni 
shakllan tirish davri, ya’ni o‘quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning 
shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi 
burchini,javobgarlik xislatlarini shakllantirish.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni quyidagi mezonlar asosida 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1. O‘quvchilarni kasb-hunar turlari bilan tanishtirish.
2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlarni o‘qishni 
tavsiya etish.
3. Har bir kasb haqida maxsus darslar o‘tish.
4. Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat, 
san’at muassasalariga sayohatlar tashkil etish.
5. Mehnat ilg‘orlari bilan ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar 
o‘tkazish.
6. Texnologiya fani yo‘nalishi bo‘yicha – multimedialar 
ko‘rsatish.
7. O‘quvchilarni turli xil to‘garaklarga jalb etish.
8. Kasblar haqida o‘yinlar tashkil etish.
9. Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab 
chiqarish texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib borish.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagoglarning 
oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar:

o‘quvchilarni 
kasbga 
bo‘lgan 
qiziqishlarini 
yanada 
takomillashtirish;
- uni kasb tanlash darajasiga yetkazish;
-ko‘p qirrali qiziqishga ega bo‘lgan o‘quvchilarda o‘ziga ko‘proq 
yoqqan sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish;
- o‘quvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat 
xislatlarini tarbiyalab borish;
- o‘quvchilarning o‘ziga xos qiziqishlarini e’tiborga olgan holda
ularni asta-sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;


88 
- kasblar to‘g‘risida ma’lumotlarni yetarlicha berib borish;
- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklarni har 
tomonlama tejash xislatlarni tarbiyalash;
- o‘quvchilarning o‘zi qiziqadigan kasb yo‘nalishiga jalb qilish va 
egallangan bilimlarni amalda qo‘llashlariga erishish;
- o‘quvchilarda mehnat va kasb tanlashga qiziqish uyg‘otish. Bu 
jarayon to‘g‘ri tashkil etilganda shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat 
subeykti sifatida shakllanishini ta’minlaydi.
Kasbga yo‘naltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar asosida va 
milliy xalq hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi. Ayrim turdagi kasblarga yo‘naltirish bilan cheklanib 
qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga 
bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarni sanoat, qishloq 
xo‘jaligining 
boshqa 
tarmoqlaridagi 
kasblar 
va 
milliy 
hunarmandchilik kasblariga umumta’lim maktablarining texnologiya 
fani darslarida yo‘naltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jumladan, 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini texnologiya fani va tarbiyasi 
jarayonida o‘qitiladigan «Loy va plastillin bilan ishlash» ish turiga 
oid, haykaltaroshlik, kulolchilik, rassomchilik, «Gazlama va ip turlari 
bilan ishlash” ish turiga oid tikuvchilik, kashtachilik, do‘ppido‘zlik, 
ipakchilik, to‘quvchilik, dizaynerlik, “Turli va tabiiy materiallar bilan 
ishlash” ish turiga oid dehqonchilik, gulchilik, bog‘bonchilik, 
tadbirkorlik kasb-hunarlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish, darslarni 
xalq milliy qadriyatlari asosida o‘qitishni tashkil qilish lozim bo‘ladi.
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og'zaki va yozma 
ijodiyot, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan iymon-e'tiqod sirlarining 
nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni 
qurollantirish lozim. 
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning asosiy maqsadi har bir 
o‘quvchiga individual ravishda kasb yoki mehnat faoli yati sohasini 
asosan va to‘g‘ri tanlashda yordamlashishdir. O‘quv chilarni kasbga 
yo‘naltirish umumta’lim maktabi ishining tar kibiy qismidir. 
Ma’lumki, agar kasb to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, in son uchun mehnat 
quvonch, ijodiy ilhom manbayiga aylanadi. Kasb tanlashga yo‘llash 
butun pedagoglar jamoasi tomonidan hal etila digan umum maktab 
vazifasi hisoblanadi.Shu bilan birga, bu ishda texnologiya fani alohida 
o‘rinni egallaydi.O‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-


89 
ona, muhit va ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi 
o‘quvchilarni politexnik mehnat va malakalari bilan qurollantirishdan, 
ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni ongli ravishda 
tanlashga, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok 
etishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabda kasb tanlash ishlari 
quyidagi maqsadlardan iborat:
1. O‘quvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xo‘jaligining turli 
tarmoqlari bilan tanishtirib borish.
2. O‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tani 
shtirib,ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari o‘tkaziladigan 
tadbirlarni amalga oshirish.
3. Kasb tanlashga yo‘llash ishlarini olib borishda o‘quvchilarni 
asosan maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining 
ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga yo‘llash.
Kasbni ongli ravishda tanlash mohiyatini ochib berarkan, 
akademik G.S.Kostyuk uning quyidagi qismlarini qayd etadi: 
a) jamiyat manfaatlari yo'lida mehnatga ijobiy munosabat, 
mehnatsevarlik, mehnat har bir insonning burchi ekanligini to'g'ri 
anglash; b)muayyan kasb-hunarlar haqidagi bilimlarga ega bo'lish; v) 
o'z-o'ziga to'g'ri baho bera olish. 
Kasbga yo'naltirish ishlarining tarixan shakllangan bosqichlari 
asosida 3 tizimga bo'lish mumkin. 
1. Tashkiliy - texnik 
2. Tibbiy - psixologik 
3. Pedagogik - psixologik 
Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib, ko‘pincha o‘quvchilar 
uni mustaqil hal qila olmaydilar. O‘qituvchilarning ish tajribasi 
o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashning farq va metodlarini belgilab 
beradi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Darslarda kasb tanlashga yo‘llash. Masalan, o‘qituvchi 
o‘quvchi larni mehnat mashg‘ulotlarida bajaradigan ish bilan bog‘ liq 
kasblar bilan tanishtiradi. Chunonchi, yog‘och kesuvchi, rom 
yasovchi, duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasb lar 
haqida bilim oladilar va tanishadilar.
2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo‘llash. Odatda, eks 
kursiyalarda o‘quvchilarni o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi material 


90 
bilan tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan 
o‘quv chilarni kasb tanlashga yo‘llash uchun foydalanish mumkin.
3. To‘garak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yo‘llash. To‘garak 
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga 
ko‘proq imkoniyatlar vujudga keladi.
4. Har xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish. Odatda, 
umumta’lim maktablarni bitirgandan keyin ishlab chiqarish sanoati 
muassasalarida ishlayotgan kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda 
katta taassurot qoldiradi. Texnologiya fani jarayonida o‘quvchilar turli 
kasb egalari bilan tanishadilar.
5. Har xil madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish. Kasb tanlashga 
yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har 
xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning ish tajribasidan 
ma’lum.
Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlash da shaxsiy va jamoat 
fikri”mavzusida munozaralar uyushtirish, kinofilmlarni muhokama
qilish shular jumlasidandir.
6. Kasblar mazmunini chuqur o‘rganish. O‘qituvchi muayyan 
kasblar to‘g‘risida tasavvur berish uchun bir yo‘la barcha o‘quvchilar 
bilan ish olib borishdan tashqari bu kasb bilan yax shilab tanishish 
istagi bo‘lgan o‘quvchilar bilan jiddiyroq ish olib boradi. 
O‘quvchilarni qiziqishlariga qarab guruh yoki mik ro guruhlarga 
birlashtiradi. Bunda ishning turli-tuman tash kiliy formalari 
qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘z kuchi bilan referat yozadilar, 
ekskursiyalar o‘tkazadilar.
7. Fakultativ mashg‘ulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ 
mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlarning ma’lum qismidan kasb 
tanlashga yo‘llash ishi uchun foydalaniladi.
Kasb to‘g‘ri tanlanganda ular o‘z qobiliyatlarini va qiziqishlarini 
yaxshiroq ro‘yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq foyda 
keltirishi mumkin.Kasbga yo‘llash, qiziqtirish hamda malaka va 
ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quv jarayonidagi ta’lim-tarbiya 
ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin texnologiya fani fanlari 
bo‘yi cha tarbiyaviy ishlar ning o‘ziga xos xususiyatlari, 
maqsadi,vazifal arining beqiyos ahamiyati mavjud.


91 
Tarbiya jarayonida o'quvchining qobiliyatlari, bu qobiliyatlarning 
rivojlanish bosqichlari u, yoki bu kasb haqida muayyan ma'lumotlarga 
ega bo'lish, bolalar psixologiyasini hisobga olish talab etiladi. 

Download 7,65 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114




Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o

Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish