• 5.2.Maqsadi
  • 5.3.Vazifalari
  • Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti




    Download 0.67 Mb.
    bet10/60
    Sana22.03.2021
    Hajmi0.67 Mb.
    #13381
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
    5. O‘quv fanining tavsifi:

    5.1.O‘quv fanining yo‘naltirilganligi.

    Yuridik psixologiya fani ijtimoiy fanlar orasida o‘zining munosabatlar ko‘lamining kengligi, predmeti, tartibga solish usulining o‘ziga xosligi, manbalarining rang-barangligi, davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishga qodir, davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri anglaydigan, yuksak ma’naviyatli, vatanparvar, xalqparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan, xorijiy tillar va axborot texnologiyalarini egallagan, ezgu insoniy fazilatlarga ega, irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdonan uyg‘oq yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash uchun o‘ziga xos metodologiya vazifasini o‘tashga yo‘naltirilgan.



    5.2.Maqsadi:

    Fanning asosiy maqsadi jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarga huquqiy bilimlar berish asosida fanni rivojlantirishdir. Agar har bir fuqaro o‘z haq-huquqini bilsa, dunyoqarashi keng bo‘lsa, tarbiyalangan bo‘lsagina jinoyatchilik kamayadi hamda uning oldi olinadi. Qolaversa, talabalarda yuridik psixologiya fani haqida tasavvurlarni shakllantirish, ularning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari borasidagi bilimlarini kengaytirish hamda bo‘lg‘usi kasb egalari (ekspert psixologlar)ni sud psixologik ekspertiza o‘tkazishga va oqilona xulosa chiqarishga o‘rgatish kasbiy shakllanishning zarur jabhasi bo‘lib hisoblanadi. Bo‘lg‘usi psixologlarni mavzu bo‘yicha tushunchalarni to‘g‘ri sharhlash va qo‘llay olish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir. Shuningdek, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabab va motivlarini, ijtimoiy-psixologik, shaxs va individual psixologik, yosh, hududiy, statistik va jinsiy xususiyatlarini o‘rganish hamda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olishga qaratilgan profilaktik, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil qilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samaradorligini oshirishga xizmat qilishi darajasini yanada takomillashtirishga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish, ularning samaradorlik darajasini ilmiy, psixologik, pedagogik jihatdan asoslash fanning maqsadi hisoblanadi.

    5.3.Vazifalari:

    Fanning tadqiqot predmeti va metodlari, bilish jarayonlari, shaxsning ichki regulyatsiyasi, shaxs individual psixologik xususiyatlari, muomala va shaxslararo munosabatlar ongning tavsifi singari kategoriyalar to‘g‘risida ma’lumot berish, bakalavr doirasida psixolog mutaxassislar uchun huquqiy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, shu orqali psixologiya va huquq sohasidagi bilimlarni tizimga solish va amaliyotga qo‘llashga, psixolog mutaxassislarni tayyorlash rejasining tarkibiy qismiga talabalarni amaliy, kasbiy ko‘nikmalar bilan qurollantirish kiradi.





    Download 0.67 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti

    Download 0.67 Mb.