Buxoro davlat universiteti




Download 8.23 Mb.
bet14/26
Sana15.03.2021
Hajmi8.23 Mb.
#13220
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Foydalanuvchi interfeysi

Moodle tizimining interfeysi saytning tashqi ko‘rinishini belgilash uchun adminstrator tomonidan tanlangan shablon asosida shakllantirilib, xususan, quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

• Saytning to‘liq nomi

Til tanlovi

Kurslar toifasi blogi

• Blok: sayt yangiliklari

• Blok: Navigatsiya

• Blok: Kirish

Bosh sahifaning interfeysi adminstrator tomonidan maqsad va vazifalardan kelib chiqib o‘zgartirilishi mumkin. Odatda, uning yuqori qismida saytning to‘liq nomi yoziladi. Har bir foydalanuvchiga interfeys tilini tanlashga imkoniyat beriladi. Kurs toifalari blogida kurslarning mavjud toifalar bo‘yicha ro‘yxati beriladi. Kurslarning toifalanishi tizim adminstratori tomonidan bajariladi. Universitetdagi barcha kurslarni kafedralar bo‘yicha toifalash maqsadga muvofiq. Toifalash kurslar ro‘yxatini taqdim etish shaklini kerakli kurs osongina topiladigan qilib tanlashga imkoniyat beradi. Tinglovchi o‘ziga kerakli kursni qidirish satridan foydalanib topishi ham mumkin.

Navigatsiya blogi saytning muhim qismlarini tez topish va ularga tez o‘tish vazifasiga xizmat qiladi. Sayt yangiliklari blogi turli xabarlarni birdaniga barcha foydalanuvchilarga yuborish uchun xizmat qiladi. Yangiliklarni saytga joylashtirish huquqi faqat adminstratorga, ko‘rib chiqish huquqi esa barcha foydalanuvchilarga berilgan. Bosh sahifada bittadan o‘ntagacha yangilik joylashtirish mumkin.




Download 8.23 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Download 8.23 Mb.