Xulosa.
Bitiruv malakaviy ishimning I bobi 2 ta bo'limdan iborat:
1– bo'limda “masofaviy o’qitish tizimi haqida dastlabki tushunchalar” haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari masofaviy ta'limni oddiy ta'limdan farqi, afzalliklari va kamchiliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
2– bo'limda “LMS moodle tizimining imkonyatlari” masofadan o'qitish tizimining texnik asoslari qanday bo'lishi, qanday texnik jihozlar kerakligi, texnika vositalaridan foydalanish tartibi tushuntirilgan.
II-bob.«Multimedia tizimlari va texnologiyalari» fani moduli. 2.1.« Multimedia tizimlari va texnologiyalari» fanining ishchi o'quv dasturi tahlili.
Mazkur fan dasturi bakalavriat yo'nalishi: 5111000 - Kasb ta’limi (5330200 - Informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalaning o‘zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlari va unga qo‘yiladigan talablar asosida tuzilgan bo‘lib, bolajak fan o‘qituvchisi egallashi kerak bo’lgan quyidagi bilimlar va ko’nikmalar majmuini o‘z ichiga oladi:
Multimedia texnologiyalari, multimedia-axborot turlari, multimedianing texnik ta’minoti, multimediali axborotlarni almashishni tashkil etish, multimediali ilovalarni yaratish texnologiyasi, ovozli va video ma’lumotlarni taqdim etuvchi fayl formatlar va asosiy tamoyillar, ma’lumotlarni multimediali namoyish etish, namoyishni hosil qilish va tahrirlashda foydalaniladigan dasturlar, metodik qo’llanmalarni namoyish dasturlari asosida yaratish, multimedia va internet.
|