|
Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
|
bet | 17/50 | Sana | 25.03.2021 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #13525 |
Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
«Multimedia tizimlari va texnologiyalari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Multimedia texnologiyalari haqida tushunchalar: multimedia - axborot turlari. Multimedianing texnik ta’minoti, multimediali axborotlarni almashishni tashkil etishni, multimediali ilovalarni yaratish texnologiyasini bilishi kerak;
grafik ma’lumotlar: videotizimlar va ularni sozlash, grafik ma’lumotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosiy fayl formatlari, fayl formatlarini o’zgartirish, grafik ma’lumotlarni hosil qilish, namoyish etish va tahrirlash dasturlaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o’z predmet sohasida qo’llay olish, ovozli va video ma’lumotlarni taqdim etuvchi fayl formatlar va asosiy tamoyillar; ovoz kartasini va video ma’lumotlarni hosil qiluvchi texnik vositalarni o’rnatish hamda ularni sozlash; ovozli va video ma’lumotlarni hosil qilish, tahrirlash va ijro etish malakalariga ega bo’lish kerak.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi;uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
Multimedia tizimlari va texnologiyalari fani asosiy kasbiy fanlaridan biri hisoblanib, 3-4-5-6 - semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasidagi rejalashtirilgan nazariy informatika, algoritmlash va dasturlash tillari, ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimlari fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
|
| |