Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy
axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanning o’qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish ko’zda tutiladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan mustahkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun dasturda amaliy-laboratoriya ishlariga katta e’tibor qaratilgan.
Talabalarning “Multimedia tizimlari va texnologiyalari” o’quv fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Fanni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashda ta’lim jarayonini optimallashtirish uchun omil bo’ladigan pedagogik texnologiyalardan “Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig’ich” texnologiyasi va boshqalardan foydalaniladi.
Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, elektron materiallar, tarqatma materiallar, virtual kartochkalar foydalaniladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan mustaxkamlashi kerak. Amaliy- laboratoriya ishlari kompyuter yordamida o’tkaziladi.
|