Buxoro davlat universiteti




Download 7,05 Mb.
bet60/84
Sana03.04.2021
Hajmi7,05 Mb.
#14025
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
Moodle tizimi asosan mudulli ob’ektga mo’ljallangan dinamik ta’lim muhitini boshqarish tizimi bo’lib hisoblanadi. Moodle tizimining asoschisi Avstraliyaning Curtin universiteti “Kompyuter ilmi va ta’lim” yo’nalishi o’qituvchisi Martin Dougiamas bo’lib, u Universitetni Computer Science va Education mutaxassisligi kursni tugatgandan keyin, u "The use of Open Source software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning within Internet-based communities of reflective inquiry" mavzusidagi dissertasiyasini himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo’llash orqali ta’limni qo’llab – quvvatlash platformasini yaratish g’oyasi unda 1999 yilda Curtin University (Avstraliya) universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib chiqdi. Moodle keng tarqalgan WebCT va BlackBoard tijorat e-learning platformalarining o’rnini bosish uchun emas, balki o’qitish imkoniyatlarini kengaytirish vositasi sifatida yaratilishi kerak edi.2002-yilda Moodle1.0 tizimini yaratdi. Ammo, Moodle arxitekturasi va bu platformaga qo’yilgan prinsiplar shunchalar omadli bo’ldiki, uni jahon hamjamiyati tan oldi.

Moodle – masofaviy ta’limni boshqarish tizimining bugungi kunda jahonning 200 ga yaqin mamlakatlarida 70 tilga mo’ljallangan 46 mingta ta’lim portallari bo’lib, unga 2mlnga yaqin foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tkazilgan va ular 300 dan ortiq ishlab chiqaruvchi dasturchilarni o’zida mujassamlashtirgan.

Ochiq dasturiy kodli Moodle ga o’zgartirishlar kiritish, yaxshilash, modifikasiyalash uchun http://www.moodle.org manzil bo’yicha kirish mumkin.

Moodle ni ishlatish strategiyasi, filosofiyasi bo’yicha qo’shimcha axborotlarni http://thinkingdistance.org/ manzil bo’yicha olish mumkin.

“Moodle” so’zi – bu “Modular Object - Oriented Dynamic Learning Environment” so’zining abbreviaturasidir.

Rus tilida “Мудл” va “Моодус” (Модулная объектно-ориентированная динамическая управляющая среда) nomlari ham qo’llaniladi.

Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware operasion tizimlarida va PHP ishlatilishi mumkin bo’lgan ixtiyoriy boshqa tizimlarda ham modifikasiyalarsiz qo’lanilishi mumkin. Ma’lumotlar MySQL va PostgreSQL ma’lumotlar bazasida saqlanadi, ammo ma’lumotlar bazasini boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin.

Moodle oson vositalar yaratish imkoniyatiga ega. Yangi versiyaga o’tishda qiyinchilik va yangilanishlar kelib chiqmaydi.

Moodle MTT ning yangi versiyalarini http://www.moodle.org dan olish mumkin.




Download 7,05 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Download 7,05 Mb.