15. 3200 N, 0,0025 s.
16.
17..
18. Sharlarning kinetik energiyasi avtomobilning energiyasi hisobiga ortadi.
19.
20.
21.
22.
23.
24.
25.
26.
27.
28.
29.
30.
31.
Xulosa
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizikadan masalalar yechish o’zlarining mazmuni bilan ham, yechish metodlarining “go’zalligi” bilan ham o’quvchilarni o’ziga jalb qiladi, bunday yechishlar tabiat hodisalari yoki jismlar xossalarini avvaldan ko’rishga yoki kashf etishga imkon beradi.
Mustaqil topshiriqlar mazmuni o'quv maqsadiga qaratilishi lozim. Shuning uchun nisbatan yaqin maqsadni amalga oshirmay turib, umumiy maqsadga erishib bo'lmaydi. Har bir mustaqil topshiriq ma'lum bir o'quv maqsadning ro'yobga chiqishini ta'minlashi zarur.
Mustaqil topshiriqlarning matni cho'zilib ketmasligi lozim. Murakkab ko'lami o'quv savolini o'zlashtirishni aniqlash zarur bo'lgan hollarda,uni bir qancha ixcham test topshiriqlariga bo'lib tuzilgani ma'qul. O'ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan topshiriq savollari bo'lmasligi lozim.
Eksperimental va grafik masalalarning mazmuni fizika o’qitishining maqsad va vazifalaridan kelib chiqishi, DТS talabalariga mosligi, masalaning qo’yilishi aniq va real bo’lishi, o’quvchi esa aniq ilmiy bilimga va amaliy ko’nikmaga ega bo’lishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning mazkur bobida tavsiya etilgan ba’zi fizik formulalarni va masalalar yechishdagi tayyor formulalarni keltirib chiqarish yo’llari – o’qituvchi va o’quvchilarning o’z ustida ishlash malaka va ko’nikmasini oshiradi, hamda formulalarning keltirib chiqarish yo’llarini o’rganib boradi. Shuningdek, o’qituvchi va o’quvchilarda o’z bilimini kengaytirishga qiziqish uyg’otadi.
XOTIMA.
1. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’qituvchisifizikadan masalalar yechish darsida rejalashtirilgan maqsadga erishishi uchun,fanda bo’layotgan o’zgarish va yangilanishlardan doimo xabardor bo’lib turishi va uni to’g’ri baholay olishi, o’zi o’zlashtirgan bilimlar ko’lamini unutmasligi, aksincha, uni kengaytirib borishi va ijro malakasini oshirib borishi uchun to’xtovsiz o’z ustida ishlash kerakligi aniqlandi.
2.O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi fizika faniga oid masalalar ularning mazmuniga, qanday maqsadda berilganiga, biror masalani qanday darajada tadbiq qilinishiga, yechish usullariga, shartlarining berilish usullariga, qiyinlik darajasiga va boshqa belgilariga ko’ra klassifikasiyalash mumkin.
3.Fizika darsi jarayonida turli xildagi fizik masalalarni yechish metodikasi, ya’ni sifatga oid masalalar, eksperimental masalalar, hisoblash masalalari, grafik masalalar yechish metodikasi tahlil qilindi.
4. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida foydalanish uchun fizikadan namunaviy test masalalari, eksperimental va grafik masalalar tuzildi.
5. DTS talablari darajasida fizikadan masalalar yechish va dars jarayonida fanlararo bog’liqlik prinsiplaridan foydalanib, dars samaradorligini oshirish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi.
|