|
Mustaqil yechish uchun masalalar. Sifatga doir masalalar
|
bet | 24/31 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 2,69 Mb. | | #14026 |
Mustaqil yechish uchun masalalar. Sifatga doir masalalar
1. Nima uchun teploxoddan qirg`oqqa sakrab tushish juda oson-u yengil, qayiqdan sakrash qiyin?
2. Quyruq qismi qirg`oqqa qaragan qayiqdagi odam qayiq quyrug`idan tumshug`iga keldi. Bunda odam bilan qirg`oq orasidagi masofa o`zgaradimi?
3. Kosmonavt Yerning sun’iy yo`ldoshi orbitasida harakatlanayotgan kosmik kemadan chiqishdan oldin shlyuz kamerasining ichki lyukini ochdi va kameraga kema kabinasidan havo kira boshladi. Bunda kosmik kema qo`shimcha tezlanish oladimi?
4. Silliq stol ustida porsheni siqilgan prujina bilan harakatlanishi mumkin bo`lgan silindr turibdi. Porshen o`z harakati bilan bir to`g`ri chiziqda joylashgan bir xil 1 va 2 teshiklardan suvni siqib chiqaradi. Bunda silindr harakatlanadimi?
5. Agar chiqayotgan gazlarning raketaga nisbatan tezligi raketaning Yerga nisbatan tezligidan kichik bo`lsa, u holda raketa soplosidan chiqayotgan gazlar uning orqasidan uchadi. Bu holda raketaning tezligi ortadimi?
6. Quyidagi rasmdakometaning Quyosh atrofidagi harakat trayektoriyasi tasvirlangan. Agar kometaning massasi 0,1 Quyosh massasiga teng bo`lsa, Quyoshning harakat trayektoriyasi qanday bo`lar edi?
|
| |