|
Meteor jism atmosferada Yer sirtiga yetmasdan yonib ketdi. Bunda uning impulsi va energiyasi qayoqqa yo`qoladi?
8
|
bet | 25/31 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 2,69 Mb. | | #14026 |
7. Meteor jism atmosferada Yer sirtiga yetmasdan yonib ketdi. Bunda uning impulsi va energiyasi qayoqqa yo`qoladi?
8. Yerning sun’iy yo`ldoshi Yer atrofida ellepsik orbita bo`yicha harakatlanadi. Yo`ldoshning orbitadagi ikki vaziyatidagi (eng uzoqlashgan va eng yaqinlashgan) impulsi, impuls momenti, kinetik va potensial energiyalari kattaliklarini taqqoslaning.
9. tezlik bilan uchayotgan samolyotga qarshisidan xuddi shunday tezlik bilan harakatlanayotgan o`q tekkan. Plastik zarb natijasida o`q samolyotga qadalib qolgan va samolyot bilan birga amalda shunday tezlik bilan, ammo faqat qarama-qarshi yo`nalishda harakatini davom ettirgan.zarb natijasida o`qning kinetik energiyasi o`zgarmagan. Qanday energiya hisobiga samolyot qoplamasi materialining yemirilish ishi bajarilgan va o`q zarb vaqtida qizigan?
10. M massali yo`ldosh Yer atrofida doiraviy orbita bo`ylab o`zgarmas chiziqli tezlik bilan aylanmoqda. Yer bilan bog`liq bo`lgan sanoq sistemasida bunday yo`ldoshning kinetik energiyasi o`zgarma sva quyidagiga teng bo`ladi:
Yo`ldoshning aylanish tekisligida tezlikda uchayotgan raketa bilan bog`liq bo`lgan sanoq sistemasida uning kinetik energiyasi 0 dan 2 gacha o`zgaradi. Bu natija energiyaning saqlanish qonuniga mos keladimi?
11. Yerning sun’iy yo`ldoshi havoning qarshiligiga uchrab o`zining uchish tezligini kamaytirishi kerak edi. Haqiqatda esa Yer atmosferasidagi tormozlanish yo`ldoshning uchishini tezlashtiradi. Tormozlanish vaqtida yo`ldoshning chiziqli va burchak tezligi, demak kinetik energiyasi ham ortadi. “Yo`ldosh parodoksi” deb ataluvchi bu qiziq hodisaning mexanizmini tushuntiring. Yoldoshning kinetik energiyasi nimaning hisobiga ortadi?
12. Ish energiyasining o`zgarish o`lchami demakdir. Jismlar Yerga tushayotganda og`irlik kuchi ish bajaradi.
Biroq jismnng to`la energiyasi saqlanadi, faqat potensial energiya kinetik energiyaga aylanadi. Bunda ziddiyat yo`qmi?
13. Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq jism o`zgarmas F kuch ta’siri ostida ga teng bo`lgan tezlanish oladi. Demak, t vaqt ichida jism quyidagi tezlikka erishadi:
Massasi m=200 kg bo`lgan mototsikl 1000 N tortish kuchiga erishishi mumkin. Agar havoning qarshiligi hisobga olinmasa, u holda mototsiklning bir soatdan keyingi tezligi quyidagicha bo`ladi:
Bu esa ikkinchi kosmik tezlikdan oshadi. Kosmonavtlarni kosmosga mototsikllarda chiqarish uchun maxsus tramplin tayyorlash mumkinmi?
14. Kranli ingichka truba bilan o`zaro birikkan tutash idishlarning chap qismiga H balandlikkacha suyuqlik quyilgan.
Suyuqlikning idish turgan stol sirtiga nisbatan potensial energiyasining kattaligi quyidagiga teng:
bunda suyuqlik massasi. Kran ochilgandan so`ng suyuqlik ikkala idishda bir xil sathda bo`lgan potensial energiyaning kattaligi o`zgaradi va quyidagiga teng bo`ladi:
Bu xulosa energiyaning saqlanish qonuniga zid bo`ladimi?
|
| |