Buxoro davlat universiteti




Download 2.61 Mb.
bet17/18
Sana04.05.2021
Hajmi2.61 Mb.
#14332
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Adronlar multiplеti - massalari bir-biriga yaqin, kuchli o’zaro ta'sirlari bilan o’xshash, bir xil spinga va ishoraga ega adronlar yig’indisi. Multiplеtlar borligining sababi kuchli o’zaro ta'sir simmеtriyasi bilan bеlgilangan. Birinchi adron multiplеti - nuklonlar dublеti nеytron ochilgandan so’ng Gеyzеnbеrg tomonidan XX asrning 30- yillarida fizikaga kiritildi. Proton va nеytron bir-biridan o’zlarining elеktromagnit xususiyatlari (zaryadlari, magnit momеntlari, zaryad taqsimlanishlari va zarracha ichidagi toklari) bilan farq qiladi. Bu zarrachalarning boshqa barcha xususiyatlari bir-biriga juda o’xshash: ularning spinlari bir xil, massalari juda yaqin (farq 0,1% tartibida), bir xil kuchli o’zaro ta'sirlarda ishtirok etadi. Nuklonlar o’zaro ta'sirini o’rganiyotib, birinchi yaqinlashishda ular o’rtasidagi farqni e'tiborga olmaslik mumkin. Ya'ni, proton va nеytronni bitta zarracha nuklonning 2 ta aynigan holi sifatida qarash mumkin.

Xulosa

BMIning ikkinchi bobida kuchli o’zaro ta’sirlarda ishtirok etuvchi zarrachalar xarakteristikalari o’rganilgan. Xususan, adronlar, rezonanslar, mezonlarning o’ziga xos xususiyatlari, ta’sir chegaralari o’rganilgan. Shu bilan bir qatorda SU-simmetriya va adronlarning kvarklardan tuzilish masalasi tahlil etilgan bo’lib, Xiggs bozonlari to’g’risidagi zamonaviy fikrlar bayoni keltirilgan. BMI ning ikkinchi bobida quyidagi xulosalarga kelingan:

1. Materiyaning fundamental zarrachalari oltita lepton va oltita kvarkdan iborat.

2. Fundamental fermionlar orasida elektromagnit, zaif va kuchli o’zaro ta’sirlar mavjud.

3. Standart model vositasida neytrino massasi va qora tuynuklarni tushuntirib bo’lmaydi.


XOTIMA

Elementar zarralarning kvant tabiati o’rganilgan bo’lib, zarralarning qanday o’zaro ta’sirlarida ishtirok etishiga qarab klasifikatsiyalanishi o’rganilgan.I bobda norelyativistik va relyativistik zarrachalarning xususiyatlari tahlil etilgan. Kvant sonlarining zarrachalar xususiyatlarini belgilashi o’rganilgan. Elementar zarrachalarning ikki xil o’zaro ta’sirlarda, ya’ni elektromagnit,va kuchli o’zaro ta’sirlarda ishtirok etishi, ularning ishtirok chegarasi yoritilgan.

Kuchli o’zaro ta’sirlarda ishtirok etuvchi zarrachalar xarakteristikalari o’rganilgan. Xususan, adronlar, rezonanslar, mezonlarning o’ziga xos xususiyatlari, ta’sir chegaralari o’rganilgan. Shu bilan bir qatorda SU-simmetriya va adronlarning kvarklardan tuzilish masalasi tahlil etilgan bo’lib, Xiggs bozonlari to’g’risidagi zamonaviy fikrlar bayoni keltirilgan.

Quyidagi xulosalarga kelingan:

1. Materiyaning fundamental zarrachalari oltita lepton va oltita kvarkdan iborat.

2. Fundamental fermionlar orasida elektromagnit, zaif va kuchli o’zaro ta’sirlar mavjud.

3. Standart model vositasida neytrino massasi va qora tuynuklarni tushuntirib bo’lmaydi.



Download 2.61 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 2.61 Mb.