Lazer qutblagich nefelometriyasi




Download 8,54 Mb.
bet21/28
Sana06.05.2021
Hajmi8,54 Mb.
#14339
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
2.2 Lazer qutblagich nefelometriyasi

Yorug`likni sochuvchi va yutuvchi muhitda tarqalishi dasta quvvatining kamayishiga va yorug`lik sochilishining ro`y berishi bilan xarakterlanadi . Bu hodisalar miqdoriy ravishda yutilish koeffisiyenti , sochilish kesimi va sochilish indikatritsiyasi I() bilan xarakterlanadi. Ammo bu sistema to`liq hisoblanmaydi. Unda sochilishi paytidagi qutblanish holatining o`zgarishi hisobga olinmaydi. Alohida zarrachalar yoki ansambllarda yorug`likning to`la elastik sochilishi yorug`likning sochilish matrissalarida Myuller matrissalari yordamida aniqlanadi. Myuller matrissalaridagi 16 elementlarning har biri zarracha to`lqin uzunligi, shakli va tarkibining funksiyasidir.

To`la yorug`likning sochilish matrissalari o`zida ancha informatsiyani saqlasada undagi elementlarning xossalari hozirgacha to`liq aniqlanmagan. Sochilgan yorug`likning qutblanish xarakteristikalari va ularning diagnostika maqsadlarida qo`llanilishida to`xtalamiz. Ma`lumki , biologik ob`yektlar bir muncha murakkab tuzilishiga ega. Shuning uchun ularning xususiyatlarini ko`pgina parametrlarini o`lchash lozim . Shu bilan birga o`lchashlar juda tez o`tkazilishi lozim , chunki biologik ob`yektlarda qaytmas jarayonlar yuz bera boshlaydi. Shu sababli hozirgi zamon ellipsometriyasida qo`llaniladigan burchak va qutblanish xarakteristikalarini o`rganadigan qurilmalar asosida tez ta`sir etuvchi metodlar va materiallar zarurdir.



To`la yorug`likning sochilish matrissalarini o`lchash bir muncha qiyinchiliklar bilan bog`liq. Yorug`likning sochilish matrissalari barcha elementlarini o`lchashning oddiy usuli sochuvchi muhitdan oldin va undan keyin optik elementlarini qo`llashdan iboratdir. Optik elementlar sifatida chiziqli qutblagichlar va fazaviy plastinkalar qo`llaniladi. Nefelometr optik elementlarini ma`lum holatlarda qo`yib yorug`lik intensivligini o`lchash yorug`likning sochilish matrissalarining barcha 16 elementini hisoblash imkoniyatini yaratadi. Yorug`likning sochilish matrissalarining o`lchash metodining asosiy kamchiligi kichik intensivliklarda nisbiy xatoliklar hosil bo`lishining ehtimolligi oshadi.

Hozirgi vaqtda qutblagich nefelometriyalarning bir necha tipi ishlab chiqilgan bo`lib, ularda asosiy element qutblagich optik modulyator. Biologik to`qimalarning tekshirishda ishlatiladigan qutblagichda nefelometriyani ko`rib chiqamiz. Uning asosiy prinsipi bo`lib qutblagich elementlarining nur o`qi atrofidagi aylanishi natijasida yorug`lik dastasini modulyatsiyalab , keyinchalik qurilma qutblagich P va anamuator A, 2 ta aylanuvchi fazaviy plastinkalardan iborat bo`lib bu plastinkalar tekshirilayotgan ob`yektdan oldin va keyin joylashtiriladi, poliarizator va signalizator bir-biriga oriyentrlangan bo`lib ularning o`tkazish tekisligi sochilish tekisligiga perpendikulyar. fazaviy plastinkalarning tez o`qlari sochilish tekisligi bilan burchaklarni tashkil etadi, ular tomonidan hosil qilinadigan fazalar farqi o`z navbatida teng agar sitemaga kirishdagi Stoksning vektor parametrik chiqishdagi Stoksning vektor parametri unda bu vektorlarni o`zaro bog`lovchi matrissa tenglamasi quyidagi ko`rinishga ega:
(2.2.1)
plastinkalarning aylanish tezliklari nisbati 1:5 qilib taxlangan, ya`ni .




Download 8,54 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Download 8,54 Mb.