Yuqoridagi 2.3.1 a.b - chizmada
normal ko`z gavhari sochilish indikatorikasi
katarakta kasalligiga chalingan ko`z gavhari
Ma`lumki, turli muhitlarning indikatrisalari bir-biridan kam farq qiladi. Ammo shuni e`tiborga olish lozimki,ulardan har biri sochilish burchagi 90ga teng bo`lganda birga normallashning elementiga qarab , keltirilgan indikatrisalar berilgan yo`nalishda sochilgan yorug`lik intensivligining qiymatlarini solishtirish imkoniyatlarini bermaydi va bu egri chiziqlar sochilgan nurlanishning nisbiy burchak taqsimotini xarakterlaydi. Misol sifatida aytish mumkinki, 90burchak ostida shaffof va xira gavharlaridan sochilgan yorug`lik intensivliklari 1:5 nisbatda bo`ladi. Yana shuni qayd etish kerakki, shaffof ko`z gavhari uchun 30(gradus )dan kichik sochilish sohalarida nazariy hisoblashlardan ekspremental qiymatlar farqi kuzatiladi. Bu farq sochuvchi zarrachalarning yuqori konsentratsiyasi ular joylashuvidan , tartibli bo`lish natijasida interferensiya hodisasining yuz berish natijasida yuzaga keladi. Hisob-kitob natijalariga ko`ra sochuvchi zarrachalarning yuqori konsentratsiyasiga ega muhitda sochilgan yorug`lik interferensiyasi sochilgan nurlanish to`la energiyasini kamayishiga olib keladi, aynan bu normal ko`z gavhari uchun xos bo`lib ,uning yuqori shaffofligini belgilaydi.
Ko`z gavhari xiralashuvining rivojlanishi, o`lchamlari keng chegaralarda o`zgaradigan sochuvchi zarrachalarning hosil bo`lishi bilan belgilanadi. Shuning uchun hatto ularning zich joylashuviga ham qaramasdan xira ko`z gavharida sochuvchi zarrachalarning tartibli joylashuvi mumkin emas.
Bu xira ko`z gavhari sochilish indikatrissasida osselyatsiyalarning yo`qligi bilan tasdiqlanadi va shaffof ko`z gavharidan farqlanadi. Xira ko`z gavharidagi sochuvchi zarrachalarning tartibsiz joylashuvi sochilgan nurlanish energiyasining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari xira ko`z gavharidagi sochuvchi zarrachalar kattaroq o`lchamlarga ega, bu esa sochilish indikatrissasida assimetriyasini oshiradi, ya`ni 90 gradusdan kichik burchak ostida sochilgan nurlanish intensivligi qiymati oshadi.
Shishasimon tana indikatrissasining muloyim xarakteri (2.3.1-chizmaning b sxemasi) bu muhitda ko`rsatilgan interferensiyasi effektlarining yo`qligidan darak beradi. Ehtimolki, bu ko`z gavharidagi sochuvchi zarrachalar zichligidan shishasimon tanadagi asosiy sochuvchi zarrachalarning zichligi ancha kichikligiga bog`liqdir. Bu holda sochuvchi markazlar orasidagi masofa ularni diametridan ancha katta bo`lib, shu sabab ularning joylashuvida tartib saqlanmaydi.
Sferik zarrachalardan iborat gavhar moddasini ko`ramiz va uning asosida ob`yekt tuzilishi haqida qanday axborotni olish mumkinligini analiz qilishga harakat qilamiz.
Tasavvur qilamizki,gavhar hajmi parallel yorug`lik dastasi bilan yoritiladi. Bundan ko`p karrali sochilish yo`q deb qaraymiz. Ko`z gavhari barcha biologik to`qimalar kabi murakkab tuzilishga ega. Shu sababli unda ko`p sondagi o`lchamlari va optik doimiyliklari bir-biridan farqlanuvchi ko`p sondagi yoruug`likni sochuvchi zarralar to`plami mavjud. Polidispers zarrachalar sistemasi yorug`likning sochilish matrissalari elementlari qiymatlari mos yig`indilar bilan aniqlanadi, unda har bir yig`uvchi aniq ko`paytuvchiga ega bo`lib, ular har qaysi o`lchamlar diopazonida va optik doimiyliklarda zarrachalar konsentratsiyasiga bog`liq. Ko`rinuvchi nurlar diopazonida (380-760nm) ko`z gavhari to`qimalari yutilishining maksimal qiymatlariga ega bo`lmaydi. Shuning uchun ko`z gavharining sochuvchi zarrachalari optik xarakteristikalari asosan nisbiy sindirish ko`rsatkichining haqiqiy qismi bilan aniqlanadi.
Yorug`likning sochilish matrissalari elementlarining qiymatlari quyidagi tenglama bilan aniqlanadi;
(2.3.1)
(2.3.1) tenglama 1- tartibli Fred`golm chiziqli integral tenglamasi hisoblanadi.
f(a,m) – sindirish ko`rsatkichi m,birlik hajmdagi a radiusli zarrachalar konsentratsiyasi funksiyasi.
- sochuvchi zarrachalarning chegaraviy radiusi.
- nisbiy sindirish ko`rsatkichining chegaraviy qiymatlari.
Bu tenglamaning yadrosi hissoblangan a radiusli alohida zarracha uchun yorug`likning sochilish matrissalari elementi hisoblanadi.
Tekshirilayotgan ko`z to`qimalari o’lchamlari ko`rinuvchi diopazondagi to`lqin uzunliklar tartibida , shuning uchun alohida zarrachada sochilishini hisoblashda turli soddalashtiruvchi taxminlarni ishlatish katta xatoliklarga olib keladi. Aniq yechim Mi nazariyasi chegarasida olib borilishi lozim. Tekshirilayotgan to`qimaning parametrlari diagnostika vazifasi f (a,m) funksiyani aniqlashdan iboratdir. Masalaning bunday qo`yilishida (2.3.1) tenglamadan foydalanish birmuncha qiyin kechadi. Boshqa tekshirish metodlari asosida qo`shimcha shartlarni qo`llash teskari masala yechimini soddalshtirishga imkon yaratadi.
Bunday qo`shimcha shartlar sifatida elektron mikroskop yordamida olingan zarrachalar o`lchamlarini baholashda ishlatish mumkin. Biokimyoviy tekshirishlar natijalari ko`rsatadiki, oqsillarning nisbiy sindirish ko`rsatkichi o`zgarishi diopazoni ancha tor. Masalani soddalashtirish maqsadida f(a,m) funksiyaning ko`rinishini m ning har bir qayd qilingan qiymatlarida o`lchamlari barcha gamma-taqsimot bilan qaraymiz:
(2.3.2)
Bu yerda , - zarrachaning ehtimolligi katta radiusi,
parametr munosabatdan topiladi.
- f(a,m) ning yarim kengligi.
Taqsimotnning bu ko`rinishi organik kelib chiqishiga ega bo`lgan sochuvchi zarrachalarning xususiyatlarini o`rganishda ishlatiladi. Shaffof ko`z gavhari zarrachalari o`lchamlari bo`yicha juda tor taqsimotga ega bo`lgani uchun normal taqsimot bilan modellashtirilishi maqsadga muvofiq.
Miqdoriy hisoblashlar Mi nazariyasi chegaralarida o`tkazilgan miqdoriy hisoblashlar ko`rsatadiki, shaffof ko`z gavhari eksperimental indikatrissalari sochuvchi zarrachalar normal taqsimotida aniqlangan fazoviy egri chiziqlarga mos keladi:
(2.3.3)
Bunda , m=1.03 , =250nm va =20nm bu qiymatlarining taxminiy deb olish zarur va bundan tashqari ular tasdiqlangan o`lchashlar bo`yicha taqsimot katta bo`lmagan kenglikka ega. Shuning uchun birinchi yaqinlashishda shaffof ko`z gavharining sochuvchi zarrachalarini o`lchamlari bo`yicha bir jinsli deyish mumkin.
Xira ko`z gavhari uchun nazariy va eksperimental f(a,m) funksiya (2.3.2) tenglama bilan ifodalansagina bu grafiklar bir –biriga mos keladi. Bu tenglama quyidagi parametrlar bilan ifodalanadi:
. (2.3.4)
Berilgan nisbiy sindirish ko`rsatkichi 1.07 ga teng . Aytib o`tish lozimki, xiralashish kattaroq bo`lganda f(a,m) grafigi bir cho`qqili bo`ladi, chunki sochilgan nurlanish intensivligida o`lchamlari 600nm bo`lgan zarralardan ko`ra o`lchamlari nisbatan kattaroq zarralarning hissasi ko`proq bo`ladi. Hisoblashlarda ishlatiladigan ikki cho`qqili grafik faqat umumiy shaffoflik yo`qotilish 20% dan oshmagan hollarda qo`llaniladi.
Yuqorida ko`rsatilgan sochuvchi zarrachalarning parametrlari ikkita chegaraviy holga mos:
1.Shaffof ko`z gavhari uchun;
2. Xiralashgan ko`z gavhari uchun;
Xiralashishning boshlang`ich stadiyalarida eksperimental xarakteristikalar doimiy nisbiy sindirish ko`rsatkichli sferik zarrachalar sistemalari bilan qoniqarli modellashadi.
Berilagan holda o`lchashlar barcha taqsimot funksiyasi ikki cho`qqili grafikni beradi. Bu holda 1- cho`qqi vaziyati o`zgarmas bo`lib , 250nm ga mos,2- cho`qqi vaziyati esa 700-1300nm gacha shaffoflik kamayishi bo`ylab ko`chadi. Xiralashuvning so`nggi bosqichlarida olingan eksperimental natijalarni o`rganayotganda albatta, nisbiy sindirish ko`rsatkichini sekin-asta 1,03-1,07 gacha oshib borishini hisobga olish zarur. (2.3.2 –chizmada) boshlang`ich (1), (2) va o`rta (3) stadiyalarda quyonlarda o`tkazilgan tajribalardan ko`z gavharlarining xiralashuvi jarayoni ko’rsatilgan.
|